Mavzu: Respublikamizda faoliyat ko'rsatoyotgan va ilg'or texnika va texnologiyalar qo'llaniladigan konchilik sanoati korxonalarini o'rganish. Reja


Navoiy kon-metallurgiya kombinati



Download 34,46 Kb.
bet2/3
Sana07.07.2022
Hajmi34,46 Kb.
#755896
1   2   3
2. Navoiy kon-metallurgiya kombinati
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati ("NKMK" AJ) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar o‘ntaligiga kirib, yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirgan, O‘zbekiston konchilik sanoatining eng yirik korxonasi hisoblanadi. Kombinatning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida NKMK rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Amaldagi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini qurish natijasida kombinat mahsulot ishlab chiqarishda salmoqli yutuqlarga erishdi.
"NKMK" AJning asosiy bo‘linmalari:
- Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri);
- Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri);
- Janubiy kon boshqarmasi (Nurobod shahri);
- “1-GMZ” kon boshqarmasi (Navoiy shahri);
- Navoiy mashinasozlik zavodi.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida kombinat tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi:
3-gidrometallurgiya zavodi (3-GMZ)
4-gidrometallurgiya zavodi (4-GMZ)
5-gidrometallurgiya zavodi (5-GMZ)
7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ)
"NKMK" AJ respublikamizning eng yirik sanoat korxonasi bo‘lib, zamonaviy konchilik asbob-uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlangan, malakali muhandis, mutaxassis kadrlarga ega.
Kombinat zamonaviy sanoat klasteri bo‘lib, unda ilm-fan va texnologiyalar integratsiyasining yangi shakllarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratilgan. Kombinatning Innovatsiya markazi va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida maʼdanni qazib olish va qayta ishlashning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati.
Kombinat o‘zining shonli tarixi davomida dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi xorijiy hamkorlari tomonidan eʼtirof etilib, zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalarni joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish, yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasiga ega.
Hozirgi globallashuv jarayonlarida raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirish maqsadida, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida boshqaruvning aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tildi. Korxonada kombinat faoliyatini takomillashtirish, uni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasiga va xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, xalqaro standartlar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2021 yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi oldidan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasida 7-gidrometallurgiya zavodi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda taʼkidlanganidek, mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda O‘zbekistonda barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugun Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning natijalarini Navoiy kon-metallurgiya kombinati misolida ham ko‘rish mumkin. So‘nggi yillarda kombinat yangi korxonalar barpo etish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash hisobiga qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmi va sifati bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan kombinatni 2026 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida korxonada ulkan ishlar olib borilmoqda. Ushbu dastur doirasidagi katta investitsion loyihalardan biri – yiliga 15 mln tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi 7-gidrometallurgiya zavodidir.
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 7-GMZda murakkab jarayonlar orqali qayta ishlangan (texnogen) maʼdanlardan mahsulot olish yo‘lga qo‘yildi. Zavodning kombinatning boshqa gidrometallurgiya zavodlaridan farqi shundaki, bu yerda qo‘llanilayotgan texnologiyalar evaziga qayta ishlangan maʼdanni yana qayta ishlab, mahsulot olish imkoniyati mavjud. Korxonada texnogen chiqindilardan mahsulot olinishi ekologik jihatdan barcha talablarga to‘la javob beradi. Eng muhimi, qayta ishlash jarayonida faqatgina mahalliy kimyoviy mahsulotlar ishlatiladi. Bu esa ichki bozorning o‘sishiga olib keladi, mahsulot tannarxini arzonlashtiradi.
O‘tgan davr mobaynida kombinat mutaxassislari tomonidan ushbu zavodni qurishga, loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichida maʼdanni qayta ishlashga ixtisoslashgan to‘rtta tegirmon bloklarini ishga tushirishga, eng muhimi, loyihani muddatidan oldin bajarishga erishildi. 2020 yildan boshlab zavod mahsulot bera boshladi. Asosiysi, hozirgi kunga qadar mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, ularga to‘liq yosh kadrlar, asosan Navoiy davlat konchilik institutini tugatgan mutaxassislar ishga qabul qilindi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, zavod qurilishida qo‘llanilgan asosiy texnologik uskunalar chet eldan sotib olinmasdan, Navoiy mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilishi evaziga 56 mln dollarga yaqin mablag‘ tejaldi.


Download 34,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish