Mavzu: Respublikamizda faoliyat ko'rsatoyotgan va ilg'or texnika va texnologiyalar qo'llaniladigan konchilik sanoati korxonalarini o'rganish. Reja



Download 34,46 Kb.
bet1/3
Sana07.07.2022
Hajmi34,46 Kb.
#755896
  1   2   3

Mavzu: Respublikamizda faoliyat ko'rsatoyotgan va ilg'or texnika va texnologiyalar qo'llaniladigan konchilik sanoati korxonalarini o'rganish.
Reja:
1. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati.
2. Naoiy kon-metallurgiya kombinati.
3. Davlat geologiya qo’mitasi

1. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega davlatdir. Mamlakatimiz katta zahirali yer osti boyliklariga ega. Zaminimiz tabiiy gaz, qo’ng’ir va tosh ko’mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.
Xususan, Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan zamin hisoblanadi. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari hamma joyda qayd etilgan. Bu esa Olmaliqda qadimda mis, qoʻroshin, rux, oltin, kumush, temir, ametist, feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligidan darak beradi. Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari o’z vaqtida o’sha qadimgi konlar izlari bo’yicha ochilgan.
Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Xususan, 36 ming nafardan ortiq konchi-metallurgni birlashtirgan, O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari bo’lgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. O’zining 70 yillik tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan «Olmaliq KMK» AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.
Ona-zaminimiz bag’ridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan ushbu kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma’danlar tarkibida Mendeleev davriy jadvalidagi elementlarning deyarli barchasi mavjud.
Oltita kon, beshta boyitish majmualari, uchta metallurgiya zavodi, quvur mahsulotlari asosan eksportga yo’naltirilgan mis quvurlari hamda sement ishlab chiqaruvchi Jizzax va Sherobod sement zavodlariga ega bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida eng zamonaviy avtomobil transporti bilan jihozlangan, 7ta avtobazaga ega bo’lgan Avtomobil transporti boshqarmasi, 3ta temiryo’l sexini o’zida birlashtirgan Temiryo’l transporti boshqarmasi, shuningdek 40ga yaqin yordamchi zavodlar, sexlar va bo’limlar bor. Ular – kombinatdagi mahalliylashtirish dasturi ijrochisi Markazyi ta’mirlash mexanika zavodi, korxonalarimizni ohak xom-ashyosi bilan ta’minlab kelayotgan Ohak zavodi, konchilar ishini yengillashtirayotgan Portlatish materiallari zavodi, shuningdek, Issiqlik energiya markazi, Sanoat suv ta’minoti sexi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, kapital qurilish boshqurmasi, kombinat va shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining boshida turgan “Olmaliq metallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi va boshqalardir.
Bundan tashqari “Olmaliq KMK” AJ “KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS”, OOO “AWP”, OOO“HPC SYSTEMS” kabi qo’shma korxonalar bilan hamkorlikda, jahon standarti talablarida eksportbop mis kuparosi, san-texnika vositalari, armatura va kabel mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar birjasining sifat belgisiga, ya’ni “Yaxshi yetkazib beruvchi” maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan.
Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo’lib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish ko’zda tutilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun taxminan 300 million dollardan ortiq mablag’ yo’naltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 140 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar - 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.
Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi.
Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion so’mga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion so’mdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion so’mni tashkil qiladi.
Yangi konlarni, jumladan, «Yoshlik 1» (23 million tonna mis-molibden) va «Yoshlik 2» (2 million tonna mis-molibden) konlarini o’zlashtirish va rivojlantirish yo’lida ayni paytda yettita istiqbolli investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to markaziy apparat xodimlarigacha bo’lgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qo’llab-quvvatlashdek vazifalarni o’z oldiga qo’ygan.

Download 34,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish