Mavzu: Respublika talim tizimida Matematika va Informatika fanlarini o’qitishning uzluksizligi Reja



Download 96,5 Kb.
bet1/4
Sana20.04.2022
Hajmi96,5 Kb.
#567703
  1   2   3   4
Bog'liq
Respublika talim tizimida Matematika va Informatika fanlarini o’qitishning uzluksizligi


Mavzu: Respublika talim tizimida Matematika va Informatika fanlarini o’qitishning uzluksizligi
Reja:

  1. Kirish

  2. Matematika va informatika fan sifatida

  3. Matematika va informatika o’qitish uslubiyati

  4. Matematika va informatika fanlarini o’qitishning uzluksizligi


1.Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 iyul kuni “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori
Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek singari ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan matematika fani ilm-fan va texnikaning zamonaviy tarmoqlari jadal rivojlanishi munosabati bilan hozirgi kunda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, biologiya, raqamli iqtisodiyot sohasida va boshqa ko‘plab sohalarda uning roli ayniqsa ortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) o‘z faoliyati davrida matematika fanini rivojlantirishga, respublika uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga sezilarli hissa qo‘shdi va matematik tadqiqotlarning jahon darajasida e’tirof etilgan markazlaridan biriga aylandi. Institutda funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra bo‘yicha ilmiy maktablar shakllandi va muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Xodimlarning ilmiy tadqiqotlari besh marta O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi, 12 nafar taniqli olim O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga va nufuzli Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS)ga saylangan.
Bonn, Kembrij, Parij, Seul, Santyago de Kompastela universitetlari va boshqa ilmiy markazlarning olimlari bilan birgalikda qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Institutda davlat universitetlari, maktablar va akademik litseylarda ma’ruzalar o‘qish va maxsus kurslar o‘tish, shuningdek, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish amaliyoti keng joriy etilgan. Bugungi kunda ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi 47 yoshni, ilmiy darajali ilmiy xodimlar ulushi esa 87,0 foizni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, har tomonlama tahlillar bir qancha tizimli vazifalarni aniqladi. Ularning amalga oshirilishi Institutning ilmiy loyihalarni xatlovdan o‘tkazish, mavjud ilmiy salohiyatdan yuqori darajada foydalanish va uni rivojlantirishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishni, tadqiqotlarni joriy etish samaradorligining amaliy indikatorlari va maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilishini O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan yanada aniq muvofiqlashtirishni, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini talab etadi.
Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirish, fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining faoliyati va ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligini ta’minlash, ilm-fan, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning integratsiyasini mustahkamlash, jahonning yetakchi ilmiy markazlari va universitetlari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Institut jamoasining matematika fanini rivojlantirishga, ilm-fan va ta’limning integratsiyasini mustahkamlashga, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga va Vatanimiz matematika maktablarining yutuqlarini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan faoliyati qo‘llab-quvvatlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika fanini rivojlantirish va Institut faoliyatini takomillashtirishning quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi maqsadli dasturini (keyingi o‘rinlarda – Maqsadli dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
• ilm-fanning turdosh sohalarida va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanish, shuningdek, Institutning muayyan ilmiy yo‘nalishlarini fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish.
• Matematika sohasida jahon ilmiy markazlari, shu jumladan, MDH, Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlarining yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil etish.
2.Matematika va informatika fan sifatida
Moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni to’la va chuqur o’rganish, targib etishni talab etadi; o’rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bogliq qat’iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi, fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning boshlangich asosi bo’lib hisoblanadi.

  1. Matematika va informatika o’qitish uslubiyati fani "matematika va informatika pedagogikasi" sifatida ta’limning umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganadi. Matematika va informatika o’qitish uslubiyati fani avvalo o’zaro bir-biriga boglik to’rtta savolga javob berishi lozim.


Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish