Mavzu rejasi: Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchalari. Pedagogik fanlarning tuzilishi. Pedagogik fanlar tizimi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga tavsif. Pedagoglik kasbining jamiyatdagi o‘rni


-MAVZU: ENG QADIMGI DAVRLARDAN IX ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR



Download 2,78 Mb.
bet109/141
Sana11.07.2022
Hajmi2,78 Mb.
#777317
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141
Bog'liq
pedagogika javob

8-MAVZU: ENG QADIMGI DAVRLARDAN IX ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR


Mashg‘ulot mavzusi:

  1. Pedagogika tarixi fani haqida ma’lumot. Fanning maqsadi va vazifalari.

  2. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim -tarbiya masalalari.

  3. Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim -tarbiyaga ta’siri.

  4. Musulmon maktablari va unda ta’lim -tarbiya mazmuni.

  5. Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai. Hadis ilmining paydo bo‘lishi.

“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o‘rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko‘p asrlik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko‘plab g‘oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:

  1. milliy o‘z-o‘zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog‘liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;

  2. pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;

  3. pedagogik g‘oyalarni tahlil etish asosida ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.

Pedagoka tarixini o‘rganish manbalari:

  1. arxeologik yodgorliklar;

  2. qo‘lyozmalar;

  3. xalq og‘zaki ijodi;

  4. adabiy yodgorliklar;

  5. hujjatlar;

  6. badiiy adabiyot;

  7. memuarlar;

  8. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining asarlari

Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim -tarbiya masalalarining yoritilishi
“Avesto”dagi ta’lim iy-axloqiy g‘oyalar. “Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o‘zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag‘rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan.
Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug‘ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi choragida yashagan.
Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko‘rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg‘u beriladi.
Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va’zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matnlarni yod bilganlar va ibodat paytida o‘qiganlar. Zardusht vafotidan bir necha asr o‘tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so‘zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi.
Zardusht diniga ko‘ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o‘rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong‘ulik, hayot bilan o‘lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o‘rtasida.
Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so‘z, olijanob o‘y-fikrdan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo‘lmog‘i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alaba qilishini ko‘zlab yashash kerak: yolg‘on gapirmaslik, so‘zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq.
Zardusht dini bo‘yicha har bir inson hayot yo‘lini o‘zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o‘zi hal qiladi.
Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ularni yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim.

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish