Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Fan-teхnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni aхborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psiхologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish konikmasiga ega bolish va ijodkor bolishlarini talab qiladi.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad oqituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa oquvchilarga talim -tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Talim -tarbiya ishlarining murakkablashib borishi oqituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. Shunga kora, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini ragbatlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas, umumiy orta talim muassasalarining rahbarlari ham хabardor bo‘lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllari quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: ta’lim muassasasi doirasida malaka oshirish va ta’lim muassasasidan tashqarida malaka oshirish.
Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash. Yosh o‘qituvchilarning har tomonlama etuk mutaхassis bo‘lib etishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o‘qituvchi ta’lim muassasasiga ishga keldi deylik: uni o‘quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?
To‘g‘ri, oliy o‘quv yurtida u yaхshi nazariy bilimlarga ega bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o‘tib keladi. Biroq u oliy o‘quv yurtini tamomlashi bilan o‘qituvchi degan nomga ega bo‘ladi. Tabiiyki, unda o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi yetarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o‘qituvchiga хarakteri turlicha bo‘lgan o‘quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o‘z o‘quvchilarining qobiliyat darajasi, o‘zlashtirishdan ortda qolayotgan o‘quvchilar shaхsini o‘rganishda ularning har biri o‘ziga хos хotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo‘lishlarini hisobga olmaganligi sababli o‘quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga solish imkoniyatini qo‘ldan boy beradi. Yosh o‘qituvchining eng katta хatosi, u o‘zini bilimi sayoz o‘quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada o‘zlashtirishi past o‘quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi talim jarayonida tartibsiz kechadi.
Yosh oqituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bogin bu ular bilan bevosita ishlashni yolga qoyishdir. Ularga maruzalar oqish, nazariy mashgulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy talim muassasasida yetarli malumotlarni oladilar. Yosh oqituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin: barcha yosh oqituvchilarni jalb etish orqali; ogohlantirish orqali har bir oqituvchining darsini kuzatish yoli bilan; yosh oqituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.
Talim menejment (yoki talimniboshqarish) bu: 1) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhgatasiretish, ular bilan hamkorlik qilish jarayoni degan manoni anglatadi; 2) (fan sifatida) talim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va oqilona boshqarish masalalarini tadqiq qiladi.
Talim menejmenti ozida quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi:
- talim menejmenti maqsadga muvofiqlik sozi bilan aniqlanadigan manaviy olchovga ega;
- talim menejmenti fan va sanat uygunligi sanaladi (chunki bunda insonlar ortasidagi ozaro munosabatlar katta rol oynaydi);
- menejment mazmunida oz aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining ozaro dialektik birligi aks etadi;
- talimniboshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi taminlanadi.
Talim muassasasi pedagogik faoliyatini boshqarish talim muassasasining faoliyat xususiyatiga kora pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, ragbatlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir.
Talim muassasasining faoliyatini boshqarishda davlat-jamoatchilik boshqaruviga erishish talim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, oqituvchilar, oquvchilar, ota-onalarga talim dasturlarini, ularning turlarini, talim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirish deganidir.
Talim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish deganda oqituvchilar, oquvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy orta talim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yonaltirilgan faoliyati tushuniladi
Talim muassasasining faoliyatini boshqarishda Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim , Xalq talim i, Oliy va orta maxsus talim vazirliklar bevosita ishtirok etadi.
Talim muassasasini boshqarish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- pedagogik tizimni boshqarishni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish;
- boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;
- boshqarishda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarning ratsional uygunligi;
- yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi;
- talim tizimini boshqarishda axborotlarning obektivligi va toliqligi.
Tamoyilning afzalligi talim muassasasini boshqarishda yakka hokimlikka yol qoymaslik bilan belgilanadi. Boshqarish faoliyatida oquvchilarning tajribalari, bilimlariga tayangan holda turli qarashlarni taqqoslash, oqilona xulosalar chiqarish muhim sanaladi. Vazifalarni jamoa yordamida hal qilish har bir azoning javobgarligini yoqqa chiqarmaydi. Shu bilan birga boshqaruvda yakkahokimlikning namoyon bolishi ham malum afzalliklarga ega. Yani yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni taminlaydi. Shu sababli qarorni qabul qilishda kollegial (lotinchadan collegialis birlashgan, birgalikdagi; malum ishni bir qancha kishi bilan birgalashib, kengashib amalga oshirish) yondashuv maqul sanalsa, qarorning ijrosini taminlashda yakkahokimlikka boysunish zarurdir. Talim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri bu tamoyilni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitni yaratadi.
Talim tizimini boshqarish samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va toliqligiga ham bogliq. Agar axborotlar aniq bolib, toliq yigilsa-da, biroq ular haddan ziyod kop bolsa ham qaror qabul qilishda yanglishishga olib keladi. Kop holatlarda talim muassasalarida oquvchilarning ozlashtirishlari togrisidagi malumotlar yigiladi. Biroq, ularning qiziqishlari, xulq-atvorlari, shaxs sifatida shakllanayotganliklarga etibor berilmaydi. Xuddi shu sababli tarbiya jarayonida oquvchilar xulqida koplab ogishlar kuzatiladi.
Pedaggik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:
1) kundalik tahlil;
2) tizimli tahlil;
3) yakuniy tahlil.
Kundalik tahlil oquv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni malumot yigib, yol qoyilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga ozgartirishlar, tuzatishlar kiritiladi. Bu turdagi tahlilning predmetiga oquvchilarning har kungi ozlashtirishlari, intizomlari darajasi, talim muassasasi rahbarlarining darsga va sinfdan tashqari darslarga qatnashishlari, maktabning tozalik holati, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.
Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashgulotlar tizimini organishga qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni talim metodlarini togri uygunlashtirish, oquvchilar tomonidan bilimlarning puxta ozlashtirilishiga erishish, oqituvchilarning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik madaniyatlarini oshirish, talim muassasasida innovatsion muhitni tashkil qilishda pedagogik jamoaning hissasini taminlash kabilardan iborat.
Yakuniy tahlil oquv choragi, yarim yillik va oquv yili yakunida amalga oshirilib, asosiy natijalarga erishish yollarini organishga qaratiladi. Yakuniy tahlil uchun malumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy hamda oraliq nazorat yakunlari, fan oqituvchilarining, sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.
Oquvchilarni sinfdan sinf (kursdan kurs)ga otkazish togrisidagi qaror bosqichli nazorat natijalariga kora belgilangan reyting korsatkichlariga asosan qabul qilinadi.
Talim muassasasini boshqarishni rejalashtirishning quyidagi shakllari mavjud:
1) muddatli (perspektiv) rejalashtirish;
2) yillik rejalashtirish;
3) yakuniy rejalashtirish.
Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq songgi yillarda talim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga moljallab qabul qilinadi.
Muddatli rejada quyidagi masalalar aks etadi:
1. Rejalashtirilgan muddatda talim muassasasi oldiga qoyilgan vazifalar.
2. Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, oquvchilarning yillik ozlashtirish darajasi muddatlari.
3. Talim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.
4. Talim muassasasini pedagogik kadrlariga qoyilgan talablar.
5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.
6. Talim muassasasini tashkiliy-texnik va oquv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, korgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) kolamini rivojlantirish.
7. Oqituvchi va oquvchilarni ijtimoiy himoya qilish.
Yillik rejalashtirish butun oquv yili hamda yozgi tatilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish oquv yili davomida talim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni oz ichiga olgan holda amalga oshiriladi.
Yakuniy rejalashtirish bir yillik rejaning aniqlangan korinishi bolib, u oquv choraklari uchun tuziladi. Rejalashtirishning bunday aniqlangan korinishi oqituvchilar, oquvchilar, ota-onalar qomitasi faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bunday rejalashtirish oqituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi.
Bosqichli nazorat oquv yili tamom bolgandan keyin imtihonlar, test sinovlari va boshqa shakldagi sinovlar shaklida amalga oshiriladigan nazorat turi.
Talim muassasasining ichki nazorati quyidagi yonalishlarda tashkil etiladi:
1. Pedagogik tashkilotchilikka doir savollarning qoyilishi.
2. Talim dasturlari, DTSning bajarilish sifati.
3. Oquvchilar bilim, konikma, malakalarining sifati.
4. Oquvchilarning tarbiyalanganlik darajasi.
5. Oqitishning talim iy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarining bajarilish holati.
6. Darsdan tashqari tarbiya ishlarni tashkil etish holati va sifati.
7. Pedagogik kadrlar bilan ishlash.
8. Talim muassasasi faoliyatining oziga xos samaradorligi.
9. Qabul qilingan qarorlar va meyoriy-huquqiy hujjatlarda korsatilgan talablarning bajarilishi.
Talim muassasasining ichki nazorati quyidagi turlarga ajratiladi:
I. Asosiy ichki nazorat:
1) mavzuli (aniq bir masalani organishga yonaltirilgan) ichki nazorat;
2) frontal (oraliq) ichki nazorat.
II. Qoshimcha ichki nazorat:
1) alohida ichki nazorat;
2) sinf-muloqotga asoslanadigan ichki nazorat;
3) predmetli (oquv predmetlaridan birining oqitilishi yuzasidan tashkil etiladigan) ichki nazorat;
4) mavzuli (aniq bir masalani organishga yonaltirilgan) ichki nazorat;
5) majmuaviy (kompleks) ichki nazorat.
Mavzuli nazoratni tashkil etishda talim muassasasi jamoasi, oqituvchilar guruhi yoki alohida oqituvchining pedagogik faoliyati tizimi, talim muassasasidagi talim darajasi, oquvchilarning ekologik va estetik tarbiyasi tizimining mohiyatini organishga etibor qaratiladi.
Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida oqituvchi faoliyatini organishga yonaltiriladi.
Alohida nazorat alohida oqituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tekshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazoratini tashkil etishda sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonda shakllanishigatasiretuvchi oziga xos omillar etiborga olinadi.
Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larning talim muassasasida muayyan predmet boyicha talim olinganlik darajasini aniqlashda qollaniladi
Qoshimcha ichki nazoratni tashkil etishning mavzuli turining maqsadi turli fan oqituvchilari va sinflarning alohida oquv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini organishdan iborat.
Majmuaviy (kompleks) nazorat bir necha oquv fanlari bir yoki bir necha sinf (guruh)larda turli oquvchilarning ishlarini organishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Talim muassasasining ichki boshqaruvi quyidagi vazifalarni hal qilishga yonaltiriladi:
1. Talim -tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
2. Maqsad qoyish va rejalashtirish.
3. Tashkil etish.
4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
5. Tartibga solish.
Talim muassasasini boshqarish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- pedagogik tizimni boshqarishni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish;
- boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;
- boshqarishda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarning ratsional uygunligi;
- yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi;
- talim tizimini boshqarishda axborotlarning obektivligi va toliqligi.
Pedagogik tizimni boshqarishni demokratlashtirish kadrlarni tanlov, shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama etish, axborotlarning barcha uchun ochiq, tushunarli bolishiga erishish, talim muassasasi jamoatchiligi oldida mamuriyatning muntazam hisobot berishi, oqituvchi va oquvchilarga talim muassasasi hayotiga oid oz fikrlarini bildirishlariga imkon berish, talim muassasasida demokratik goyalarning ustuvor orin tutishini anglatadi.
Talim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bolish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda subektning subektga munosabati darajasiga erishish, oquvchi va oqituvchining huquq, manfaatlarini himoya qilish, oqituvchilar va oquvchilarning oz istedodlari, kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish esa pedagogik tizimni boshqarishning insonparvarlik tamoyiliga asoslanganligi bildiradi.
Rahbar talim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida talim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida kora oladi, uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega boladi. Tizimning birinchi belgisi uning yagonaligi hamda bolaklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligi; ikkinchi belgisi tizim ichki tuzilishining mavjudligi; uchinchi belgisi tizimning integratsiyalanishi sanaladi (yagona tizimning har bir tarkibiy qismi oziga xos sifatga ega bolishi bilan birga ozaro harakat orqali qaytadan integratsiyalanishi bilan yangi sifat hosil boladi); tortinchi belgisi esa talim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bogliqligidir (talim muassasalari tashqi muhitga moslashib, talim jarayonini qayta quradi va belgilangan maqsadlarga erishish uchun tashqi muhitni oziga boysundiradi). Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa ortasidagi ozaro harakat va aloqani taminlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bolganda, albatta, mamuriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat oqituvchilar va oquvchilarning ehtiyojlari, talab-istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va oqituvchilarning keraksiz mehnat, vaqt sarflashlariga olib keladi. Shuningdek, birga boshqarishni markazlashtirilmaslik ham pedagogik tizim faoliyatini susaytiradi. Shu bois boshqarishni markazlashtirish va markazlashtirmaslik ortasida ozaro uygunlikka erishish zarur. Talim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uygunlashtirish mamuriy hamda jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratib, kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish ularning kasbiy mahoratlarining osishini ragbatlantirish, talim -tarbiyada ilgor pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni amaliyotda qollash, manaviy-marifiy yonalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki davogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, talim muassasalarida talim -tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va talim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq talim i Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- pedagog kadrlar oz mutaxassisligi hamda meyoriy-huquqiy va manaviy-marifiy yonalishlar boyicha test sinovidan, suhbatdan otkaziladilar;
- pedagog kadrlar tomonidan oqitayotgan fan boyicha oquvchilarning bilim va ozlashtirish darajalari organiladi;
- oquvchilar ortasida sotsiologik sorovlar otkaziladi.
Attestatsiya jarayonida pedagogning kasbiy sifatlari darajasi test, suhbat natijalari, oquvchilarning bilim darajalari, ilmiy, oquv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan organilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar korsatkichlari asosida belgilanadi.
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari talim muassasalari, madaniyat, sport, sanat sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari oz mutaxassisliklari boyicha alohida suhbatdan otkaziladilar.
Pedagoglarni attestatsiyadan otkazish uchun moljallangan test savollari toplami Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Talim togrisidagi Qonuni davlat talim standartlari, milliy istiqlol goyasi va manaviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalarni qamrab oladi.
Talim muassasalarining pedagog kadrlar tarkibi professor-oqituvchilar, oqituvchilar, metodistlar, tarbiyachilar, psixologlar, defektologlar, logopedlar, sport instruktorlari, musiqa va togarak rahbarlaridan tashkil topadi.
Mutaxassislik toifasiga ega pedagog attestatsiyadan otmadi deb etirof etilganda yoki tayanch malumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan otmagan bolsalar tegishli talim muassasasi rahbari pedagogga oz mutaxassisligiga kora attestatsiyadan otishni, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida malaka oshirishni taklif qiladi.
Mazkur takliflarga rozi bolmagan oqituvchilarning mehnat shartnomasi amaldagi qonunchilik asosida bekor qilinadi.
Attestatsiyadan otmadi deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan song qayta attestatsiyadan otkaziladilar.
Talim muassasalarida yosh oqituvchilarga quyidagi shakllarda metodik yordam korsatiladi:
1) barcha yosh oqituvchilarni jalb etish orqali;
2) ogohlantirish orqali har bir oqituvchining darsini kuzatish yoli bilan;
3) yosh oqituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.
Talim muassasalarini boshqarishda talim muassasasining kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor orinbosarlarining majlislari, tezkor yigilishlar, metodik seminarlarning ishtiroki kuzatiladi.
Pedagogik Kengash talim muassasasining boshqaruv organi sanaladi.
Pedagogik kengash faoliyatining maqsadi talim muassasalarida oquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bogliq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, oqituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahoratlari, ijodkorlik darajalarini oshirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtirishdan iborat.
Pedagogik kengash quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- talim muassasasi (umumiy orta talim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji) faoliyatiga oid muhim hujjatlarni muhokamadan otkazadi, tasdiqlaydi va ularda belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;
- talim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yonalishlarini belgilaydi;
- talim muassasasida oquv, tarbiya jarayonini tashkil etish, talim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi;
- talim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish boyicha yol-yoriqlarni ishlab chiqadi;
- pedagogik jamoaning malum yonalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;
- talim muassasasi pedagogik jamoasi uchun oz vakolati doirasida meyoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogik kengash quyidagi huquqlarga ega:
- talim muassasasini rivojlantirish yonalishlarini istiqbol rejasini belgilash;
- talim muassasasi jamoasi oldiga qoyilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;
- oquv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;
- oquv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish;
- talim muassasasi talim jarayoniga oid barcha masalalarni oz vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;
- pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish boyicha oz takliflarini berish;
- oquvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat boyicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni otkazish shakli va vaqtini belgilash;
- talim oluvchilarni sinfdan-sinfga (kursdan-kursga kochirish), bituvchilarni yakuniy attestatsiyaga qoyish boyicha qaror qabul qilish;
- talim jarayonini tashkil qilish, talim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar boyicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;
- talim maqsadiga muvofiq holda oquvchilarni ragbatlantirish va jazolash boyicha masalalarni hal etish;
- chorak, yarim yillik semestr, yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;
- pedagogik Kengash azolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish;
- talim -tarbiya jarayonida alohida xizmat korsatgan talim muassasasi xodimlarini ragbatlantirishga tavsiya qilish;
- yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli otgan oquvchilarga ornatilgan tartibda hujjatlar berish togrisida qaror qabul qilish.
Pedagogik kengash faoliyati quyidagi hujjatlarda yoritiladi:
1. Ish rejasi.
2. Kengash bayonnomasi yoziladigan muhrlangan daftar.
3. Kengash materiallari.
4. Hisobot.
Pedagogik kengash faoliyatiga talim muassasasining direktori (oliy oquv yurtlarida rektor) rahbarlik qiladi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bolmagan talim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
Talim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:
- davlat va jamoat tashkilotlari oldida talim muassasasining manfaatlarini ifodalash;
- oquv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini tamin etish;
- oquv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, talim -tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, talim muassasasidan tashqarida manaviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qoyish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustaxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat korsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda boshatish;
- talim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan otkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;
- talim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, talim -tarbiyaning ilgor shakl va usullarini qollashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; - talim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablaglar, sarf-xarajat hisobini yuritish;
- talim muassasasi meyoriy hujjatlarining togri yuritilishini taminlash;
- talim muassasasi Pedagogik kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida oz faoliyati togrisida hisob berib turish.
Talim muassasasi direktorining oquv-tarbiya ishlari boyicha orinbosari tomonidan quyidagi vazifalar bajariladi:
- oquv haftasi va oquv mashgulotlarining davomiyligini taminlash;
- dars jadvalini tuzib chiqish, jadvalga binoan darslarning oz vaqtida samarali otkazilishini taminlash;
- har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va talim muassasasi Pedagogik kengashi azolariga oquv jarayonining borishi xususidagi axborot va malumotlarni berib borish;
- yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam korsatish;
- sinf va guruh jurnallarini togri yuritish va saqlanishiga javob berish;
- oquvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;
- oquvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini taminlash va nazorat qilish.
Manaviyat va marifat ishlari boyicha direktor orinbosari quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- talim muassasasida oquvchilarning oz-ozini boshqarish, jamoat tashkilotlari, mahalla, ota-onalar bilan aloqani taminlash;
- talim muassasasi va undan yuqori miqyosda otkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish hamda amalga oshirish;
- talim muassasasi oquvchilarining sinf, guruh yoki talim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashgulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;
- talim muassasasidagi Yoshlar etakchisining ishini nazorat qilish va unga yol-yoriq korsatish.
Metodik kengash talim muassasasida talim jarayonining sifatini taminlash, oqituvchilarning goyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borilishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organ sanaladi.
Metodik kengash faoliyati Umumiy orta talim maktabi Metodik kengashi togrisidagi Nizomda oz aksini topadi.
Metodik kengash quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- talim jarayonining metodik taminot holatini organadi, talim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
- talim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;
- yonalish va fanlar boyicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
- talim ga doir meyoriy va metodik hujjatlarni organadi, ularni oquv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
- talim muassasasi oquv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;
- oqituvchilarning goyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;
- oqituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bolimlari mazmuni boyicha tavsiyalar beradi;
- talim jarayonida qollash uchun ilgor pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqib, ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;
- oqituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
- davlat talim standartlari talablari, oquv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi, tegishli tadbirlarni belgilaydi;
- tashqi va ichki nazorat natijalariga davlat talim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
- oquv jarayoniga oqitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida oquv seminarlarini tashkil qilish;
- talim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir korsatmalar berib borish;
- oquvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir korsatmalar berish;
- yonalish va fanlar boyicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
- oqituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda manaviy va moddiy ragbatlantirishga tavsiya qilish;
- pedagogik xodimlarning attestatsiyadan otkazish boyicha materiallarni tayyorlash;
- talim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar boyicha darsdan tashqari (fakultativ, togarak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, korik-tanlovlarning otkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.
Metodik kengash faoliyati quyidagi hujjatlarda yoritiladi:
1. Ish rejasi.
2. Kengash yigilishi bayonnomasi.
3. Kengash tomonidan tahlil qilingan materiallar.
4. Ekspert qilingan materiallar va ishlab chiqilgan metodik ishlar.
Metodik kengash faoliyatiga pedagogik kengash qaroriga asosan ijodkor, tajribali oqituvchilardan talim muassasasi direktorining buyrugi bilan tayinlangan boshliq rahbarlik qiladi.
Metodika birlashmalari oqituvchilarga talim jarayonini tashkil etishni yaxshilashda yordam korsatish, pedagogik tajribalar toplash va ularni talim jarayoniga tatbiq etish, oqituvchilarning pedagogik malakasi va nazariy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida talim muassasalarida fanlar yoki bir-biriga yaqin bolgan fanlar turkumlari boyicha tashkil etilgan uyushmalar sanaladi.
Metodika birlashmalari faoliyati Umumiy orta talim maktabi fan metodik birlashmalari togrisidagi Nizomda yoritiladi.
Metodika birlashmalari ozida metodik kengashning vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
- fanlar boyicha taqvimiy mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;
- oraliq va yakuniy nazoratlar uchun oqituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;
- ilgor oqituvchilarning ish tajribalarini organishni tashkil qilish va ommalashtirish;
- tegishli yonalish yoki fan boyicha talim muassasasida metodik taminotga bolgan ehtiyojni aniqlash;
- darslarni ozaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;
- talim metodlarini organish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilgor pedagogik tajribalarga doir takliflarni organish, umumlashtirish va ommalashtirish;
- yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;
- korgazma va korsatmali vositalardan foydalanish boyicha metodik tavsiyalarni berish;
- fan xonalarining meyoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.
Umumiy orta talim maktablarida metodik birlashmalari boshlangich talim yonalishi boyicha bitta, V-XI sinflarda esa oquv rejasidagi alohida fanlar boyicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan boyicha oqituvchilar soni uch nafardan kam bolsa, u holda fan oqituvchilari shu turkumdagi fan oqituvchilari bilan birgalikda bitta metodik birlashmasiga birlashadilar.
Fanlar boyicha Metodika birlashmalari tashkil etiladi.
Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlarda yoritiladi:
1. Ish rejasi.
2. Birlashma azolari haqidagi malumotlar.
3. Birlashma faoliyatiga aloqador bolgan oquv-metodik hujjatlar nusxasi.
4. Birlashma yigilishi bayonnomalari.
5. Hisobotlar.
Metodik birlashmalar faoliyatiga pedagogik kengash qaroriga asosan ijodkor, tajribali oqituvchilardan talim muassasasi direktorining buyrugi bilan tayinlangan boshliq rahbarlik qiladi.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan oqituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish orqali oquvchilarga talim -tarbiya sifatini keskin yaxshilash maqsadi kozlanadi.
Pedagoglarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) talim muassasasi doirasi;
2) talim muassasasidan tashqarida.
Talim muassasasi doirasida malaka oshirish quyidagi shakllarda olib boriladi:
- fanlar boyicha tuzilgan metodbirlashmalar;
- Pedagogik kengash;
- doimiy harakatdagi seminar oqishlar;
- maqsadli ochiq darslar;
- konferentsiya va pedagogik oqishlar.
Talim muassasasidan tashqarida malaka oshirish quyidagi shakllarda olib boriladi:
- pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari (fakultetlari, markazlari);
- maktabgacha talim muassasalari xodimlarining malakasini oshirish Respublika kursi;
- tuman metodika kabineti.
Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari (fakultetlari, markazlari)da quyidagi kurslar tashkil etiladi:
- ishlab chiqarishdan ajralgan holda markaz, viloyat va tumanda otkaziladigan kurslar;
- murabbiylik asosidagi kurslar;
- eksternat korinishdagi kurslar;
- qisqa muddatli kurslar;
- erkin tinglovchilar kurslari;
- sirtqi, qatnab talim olinadigan kurslar;
- shaxsiy reja asosida tashkil etiladigan kurslar;
- muammoli (maqsadli) kurslar;
- mualliflik kurslari;
- doimiy harakatdagi kurslar.
Tuman metodika kabinetida pedagoglar malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- ilmiy-metodik, pedagogik yoki amaliy konferentsiya, seminar, seminar-kengashlar;
- muayyan muammo yoki mavzu asosida tashkil etilgan doimiy harakatdagi seminarlar;
- tuman fan oqituvchilarining metodika uyushmalari;
- tayanch va ilgor tajriba muassasasi ishlari;
- talim muassasalari rahbarlarining Metodik uyushmalari;
- pedagogik oqishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |