- R e j a: 1.O`quv Dasturida Husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari 2.1-sinfda Husnixat darslari 3.2-4-sinflarda Husnixat darslari 4.Husnixat darslarini kunlik va yillik rejalashtirish
O`quv Dasturida: - Husnixatga o`rgatishning vazifasi harf, so`z, gap va matnni to`g`ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o`rganish jarayonida o`quvchi tovushning belgisi bo`lgan harfni, so`z va gapni kitobdan va doskadan to`g`ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko`chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo`l qo`ygan kamchilik hamda xatolarni o`qituvchi rahbarligida yoki o`zi tuzata olishi kerak.
1-sinfda o`quv yilining yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasini husnixat mashqlariga ajratish tavsiya etiladi. 1-sinfda husnixat yuzasidan o`quvchilarda quyidagi malakalarni shakllantirish nazarda tutiladi: - yozuv jarayonida partada to`g`ri o`tirish; - daftarni 65 gradus qiyalikda qo`yish; - ruchkani to`g`ri ushlash; - so`zlar orasidagi masofaning bir xil tenglikda saqlanishi. 2-sinfda qo`l muskullari harakatini va ko`z bilan chamalashni rivojlantirish uchun ayrim harflar, harf birikmalari, harflar guruhini yozishni murakkablashib borishiga qarab husnixat mashqlari o`tkazib boriladi. O`quvchilar harflardan tashqari so`zlarni, gaplarni, ko`chirib yozishni, eshitib yozishni mashq qiladilar. 3-4-sinflarda grafik mashqlar hisobiga yozilishi murakkab bo`lgan harflar va ularni boshqa harflarga bog`lab yozish mashqlaridan keng foydalaniladi, matn ko`chirib, eshitib va mustaqil yozishni o`rganadilar. Mavzu: Kimlar?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar (mustahkamlash) - Sinf: 2-”A” Fan: Ona tili
Husnixat bilan ishlash - Uyga vazifani mustahkamlash
- Anor qayerda pishadi?
- Bog’da
- O’rik qayerda pishadi?
- Bog’da
- Qovun qayerda pishadi?
- Polizda
TARMOQLASH 178-mashq - Kim?
- Otam, onam, opam, ukam
DAM OLISH DAQIQASI - HUNARMANDLAR
- Yurtimizda juda ko’p hunarmandlar bor. Gilamdo’zlar go’zal gilamlar to’qiydilar. Kulollar chiroyli idishlar yaratadilar. Zargarlar nafis taqinchoqlar yasaydilar. Ularning mehnati qadrlanadi.
- Kimlar so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni toping.
- HUNARMANDLAR
- GILAMDO’ZLAR
- KULOLLAR
- ZARGARLAR
Mustahkamlash - “Davom ettir” o’yini
- Kim? O’qituvchi, quruvchi, duradgor, …
- Uyga vazifa:
- 180-mashq. So’roq o’rniga
- mazmunga mos
- so’zlarni qo’yib,gaplarni
- ko’chiring
- Shaxsni bildirgan so’zlarning tagiga
- chizing. Kim paxta teradi? - Paxtakor
9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI Bu kun umumxalq bayramidir. Shonli kunga bag`ishlab maktabimizda kecha o`tkazamiz. O`tgan kishilarning tabarruk nomlarini xotirlaymiz. Kechaga mehnat faxriylarini ham chaqiramiz. Insonlarni hayot chog`larida e`zozlash kerakligini o`rganamiz. Berilgan matnni ham bosma, ham yozma shakllarda yozing - BARAKALLA!
- Darsga faol qatnashdingiz!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |