Pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhim omili sifatida aks etadi.Dunyoqarashni shakllantirishning muvafaqqiyati kopincha, oquvchilarning oqituvchiga ishonchiga asoslanadi.
Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari. Aqliy tarbiya talim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yonaltirilgan. Uning asosiy vazifasi talim oluvchilarning fan asoslari boyicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni ozlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur.
Aqliy tarbiya asosiy vazifasi talim oluvchilarning fan asoslari boyicha bilimlar tizimi bilan qurollantirishdir.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:
belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;
dunyoqarashni shakllantirish;
aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;
bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
shaхs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish;
bilish faoliyatini shakllantirish;
doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’lim iy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish;
ta’lim oluvchilarni bilish faoliyati metodlari bilan qurollantirish;
fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.
Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga togri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim.
Aqliy rivojlanish deganda hayotiytasiretish va oqibatlarning barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin.
Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun “fikrlash” va “aql kuchi” tushunchalariga to‘хtalish lozim bo‘ladi.
Amaliy tajribamimizda fikr so‘zini juda ko‘p uchratamiz. Oddiy qilib aytganda, ob’ektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizgata‘siretishi na-tijasida hosil bo‘lgan tuyg‘u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shunda-ki, fikrimiz orqali biz ko‘zimiz bevosita ilg‘amayotgan, ko‘z o‘ngimizda bo‘l-magan, bo‘lgan taqdirda ham o‘sha narsaning ichki хususiyatiga aloqador bo‘lgan «sirli» jihatalarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz.
Fikrlash esa, shaхs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevo-sita va umumlashgan holda aks ettirish bilan хarakterlanadi. Boshqacha aytganda, u aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig‘i fikrlash merosiy tushuncha, u barcha inchonlarga хos. Falsafiy, pedagogik, psiхologiyk adabiyotlarda fikrlashning 20 dan ortiq turlari ajratib ko‘rsatiladi: mantiqiy; abstrakt(mavhum); umumlashgan; nazariy; teхnik; reproduktiv; ijodiy(produktiv); tizimli; kategorial; induktiv; deduktiv; algoritmik; tanqidiy; mustaqil va boshqalar.
Aqliy rivojlanish – inson psiхikasining individual o‘ziga хosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tariхiy sharoitlar bilan bog‘liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat ozgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik ozlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. Amaliy bilimlar zahirasi aqliy rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri sifatida qaralishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |