Tekshirish nazoratning tarkibiy qismi bolib, uning asosiy didaktik vazifasi oqituvchi va oquvchilar ortasida aks aloqani taminlash, pedagog tomonidan oquv materialini ozlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni oz vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat oquvchining bilim darajasi, sifati, balki uning oquv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Oquvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida korsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bogin talim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u oquv yili boshida oquvchilar tomonidan avvalgi oquv yilida ozlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida otkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, oquv yilining ortasida yangi bolim (kurs)ni organishga kirishilganda ham otkazilishi mumkin va orinli boladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bogini har bir mavzuni ozlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish talim oluvchilar tomonidan oquv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni ozlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi orgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bolib, ular oquv materiali mazmuni, murakkabligi, oquvchilarning yoshi va tayyorgarligi, talim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bogliq boladi.
Takroriy tekshirish bilim, konikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bogini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bolishi mumkin. YAngi mavzuni organish bilan birga oquvchilar avval organilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga komaklashadi, biroq oquv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarni ozlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qollanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning tortinchi bogini oquvchilarning bilim, konikma va malakalarini yaxlit bolim yoki kursning alohida mavzusi boyicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi kursning turli qismlarida organilgan oquv materialining strukturaviy elementlari ortasidagi ozaro aloqalarni ozlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bogin talim oluvchilarning, talim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, konikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. Ozlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va oquv yili oxirida otkaziladi. U olingan baholarni qoshib, ortacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bolmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi talim olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat oz ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |