Shtekerli panelning har bir gorizontal qatorida ikki bo’lakdan iborat bo’lgan o’nta
uyachalar 3 mavjud. Uyachalarning chap bo’laklari 1 o’tkazgichlar 2ga
birlashtirilgan
bo’lib, har biri o’zining relesi (R1-R10)ga ulangan. Rele o’ramining ikkinchi uchi
o’tkazgich 5ga ulangan. Uyachaning o’ng bo’lagi 3 o’tkazgich 6ga ulangan bo’lib,
qadamli axtargichning kontaktlari A1, A2, A3, ….,A
p
ga ulangan(qadamli axtargich
rasm - 3dagi blok 7 ga, shteker uyachasi, rele va boshqalar- blok 1ga mos keladi).
Qadamli axtargichning shetkasi 7 A kontaktlaridan biriga tekkanda uyachaning
o’ng yarim qismi 3 o’tkazgich orqali 9 o’tkazgich bilan va o’z navbatida kuchlanish 24
volt bo’lgan ta`minot manbaiga ulanadi, tarmoq tok bilan ta`minlanadi. Ammo barcha
relelar kuchlanish ostida bo’lmaydi, shteker 4 lar qo’yilgan uyalarga bog’langan
relelargina kuchlanish ostida bo’ladi. Shetka 7 ni sxemada ko’rsatilgan holatida rele R4
va R8 lar ulangan. Relelar elektromagnit muftalarni yoki
bajaruvchi elementlarni
ulashga buyruq beradi(3 rasmdagi blok 3) va ular dastgohni ishchi organlarini harakatga
keltiradi (3 rasmdagi blok 4). Ishchi organlar kerakli miqdorga siljiydi, va tirgak yo’l
o’chirgichi PV1ni bosadi. Bu vaqtda rele R4 va R8 ni ta`minlash zanjiri uziladi va
elektromagnit 11 zanjiri ulanadi; elektormagnit 11 yakor 10 ni tortadi, kuchukcha 12
orqali xrapovik 8 ni buraydi va qadamli axtargich shetkasi 7 A2 kontaktga o’tadi.
Natijada shteker uyachalarining navbatdagi gorizontal qatori kuchlanish ostida bo’ladi
va navbatdagi kompleks buyruqlar bajariladi. Bu vaqtda qadamli axtargich o’zi
siljimaydi, shuning uchun shteker paneli statik turdagi qurilmalarga mansubdir.
Shteker paneliga dastur qo’lda tez va nihoyatda sodda beriladi, ammo dastgoh bu
vaqtda bekor turib qoladi. Undan tashqari shtekerlar bevosita tsex ichida o’rnatiladi,
shuning uchun o’rnatishda xatolikka yo’l qo’yilishi mumkin.
Dasturni tez va xavfsiz
terish uchun qog’oz qoplama shablandan foydalanish mumkin. Shablon shteker paneli
ustiga qo’yiladi, shtekerlarni dasturga mos holda shablonda hosil etilgan teshiklar orqali
uyaga kiritiladi. Mana shunday qilinganda kelajakda foydalanish uchun dasturni saqlab
qolish mumkin.
Mexanik
turdagi
dasturlagichlardan
keng
tarqalgani
bu
kulachokli
komandoapparatlar va perfo tasmali dasturlagichlardir.
Kulachokli komandoapparatlar
– bu dasturni kinematik usulda kiritishli mexanik
turdagi dasturlagichlardir.
Komandoapparatning barabani 2 ning uyachalariga shariklar yoki shtiftlar
1 qo’yiladi, baraban buralganda ular elektr kontaktlariga yoki o’chirgich 3 larga ta`sir
etadi, mos bo’lgan ishchi organ zanjirini ulaydi. Barabanni xrap mexanizmi yoki
qadamlovchi dvigatel vositasida aylantiriladi. Baraban aylanasi bo’ylab joylashgan
uyachalar(rasm-4,a) soni dasturni mumkin bo’lgan bosqichlari sonini aniqlaydi,
barabanni yasovchisi bo’yicha joylashgan uyachalvr dasturlanadigan
parametrlarning
mumkin bo’lgan maksimal sonini ko’rsatadi. Shteker panelidagi shariklar va
shtekerlarni uyachaga asli yoki kodlashtirilgan shaklda qo’yish mumkin. Dasturni asliy
holda kiritish qulay, ammo kiritiladigan parametrlarni soni katta bo’lganda
kodlashtirilgan holda kiritishni qo’llashga to’g’ri keladi.
Kulachokli komandoapparat: a- umumiy ko’rinishi; b- harakat printsipi.
Perfotasmali yoki perfokartali dasturlagichlar axborotlar hajmi katta bo’lganda
qo’llanadi. Bunday dastur eltuvchilarni saqlash va ulardan qayta foydalanish mumkin.
Dasturni o’qish yo elektromexanik usulda yoki fotoelektrik yo’l bilan amalga oshiriladi.
DBTS tizimlarining tanarxi kichik va elementlari maksimal darajada unifikatsiya
qilingan bo’lishi lozim. Shu bilan birga ishlov beriladigan detalning murakkabligiga
qarab avtomatik boshqarish bo’yicha ham oddiy va ham murakkab harakatlarni amalga
oshirishi kerak. Shu nuqtai nazardan mikroelektronikadan foydalanib qurilgan
DBTSning universal tizimlari eng qulaydir. Dasturlanadigan kontrolerlar(yoki
dasturlanadigan komanda apparatlar) bunday tizimlarga ta`lluqlidir.
Dasturlanadigan kontrollerlar – bu jihozni tsiklli Raqamli dastur bilan boshqarish
va
hisoblash texnikasi, kontaktsiz rele avtomatikasi bazasida yaratilgan ketma-ket
ishlaydigan mantiqiy boshqaruv mashinasidir. Ular uzoq vaqt ishlaydi va ishonchlidir,
uncha katta bo’lmagan o’lchamga ega, dasturni tez o’zgartirish imkoniyatini
ta`minlaydi, aniq ishlov berishga bog’liq holda oson ixtisoslashadi.
Dasturlanadigan kontroller
quyidagilardan tashkil topgan(5-rasm): 1-
prtsessor(boshqaruv qurilmasi); 2- doimiy xotiraga olish qurilmasi; 3-kirish va 4-chiqish
qurilmalari; 5- skanator(impul s beruvchi generator). Kontrollerga dekadli o’chirgichlari
va klavshlari bo’lgan dasturiy panel 6(dastur yuklagich)ni ulash mumkin.
Mantiqiy
elementlari belgilangan klavishlarni bosish orqali dasturni ketma-ket kiritiladi. Yozish
rejimida dastur qurilma 2 da yozib olinadi va unda xotiraga olinadi. Ish rejimida
skanator
5
navbatma-navbat
kirish
va
chiqish qurilmalarini so’rovdan
o’tkazadi(protsessor 1ga ulaydi).
Dasturlanadigan kontrollerning tarkibiy sxemasi
Protsessor 1da dasturga muvofiq kirish xolatlarini chiqish holatlariga
aylantiruvchi berilgan mantiqiy operatsiya bo’lib o’tadi. Agar navbatdagi so’rashda
kirishdagi holat o’zgargan bo’lsa, protsessor dasturga muvofiq chiqishning holatini
o’zgartiradi. Kontrollerga magnit kassetali to’plagichni,
pechat
qilish
qurilmasini,
jihozlarni holatini, asosiy va yordamchi vaqtlarni ,
avariya
holatini
ro’yxatga
oluvchilarni, displeylarni ulash mumkin.
Tirgaklar paneli
DBTSli dastgohlarni o’lchamga sozlash qurilmasi ishchi organni talab etilgan
miqdorga siljishini ta`minlaydi. Bu maqsad uchun ko’pincha guruhli yo’l o’chirgichlari
ishlatiladi. Ular o’chirgichlar bloki va tirgaklar blokidan tashkil topgan. Tirgaklar
bloki tirqishli(paz) baraban yoki paneldan iborat bo’lib,
ishlov beriladigan detal
chizmasiga binoan tirqishga tirgaklar joylashtiriladi va ular o’chirgichlarga ta`sir etadi.
O’chirgichlar yagona konstruktorlik blokiga birlashtirilgan. Bir blokni dastgohni
qo’zg’olmas qismiga mahkamlanadi, ikkinchisini esa qo’zg’aluvchiga. Dastgohni
qo’zg’aluvchi qismi siljiganda hamma tirqishlarga joylashtirilgan kulochoklar o’zlarini
o’chirgichlarini bosadilar, ammo talab etilgan buyruq avtomatika sxemasi bilan tanlab
olinadi. Ayrim holarda tirgaklar paneli olib qo’yiladigan qilinadi,
unda sozlash ishi
dastgohdan tashqarida, dastgohni sozlash bo’yicha navbatdagi aniqlashtirishlar asosilda
bajariladi. Tirgaklar panelining biriga sozlanadigan va sozlanmaydigan kulochoklar
joylashtiriladi. Sozlanadigan tirgak mikrometrik vintga ega bo’lib, aniq o’rnatishni
ta`minlaydi. Mexanik tirgaklar o’rniga magnitli «tirgaklar» (latunli barabanda magnit
risklar
) qo’llanishi mumkin. Magnit kallagi baraban bo’ylab siljiganda shunday
magnitli risklarni uchratadi va mazkur bosqichni tugaganligi haqida signal beradi.
5
2
1
3
4
6
CHIQISH
KIRISH