Mavzu: RDB tizimlarni ijrochi mexanizmlarini xarakteristikalarini tadqiqoti.
Raqamli dastur bilan boshqarishning tsikloviy (DBTS) tizimi deb Raqamli dastur
bilan boshqarishning
shunday tizimiga aytiladiki, unda dastgoh ish tsiklining ishlov
berish rejimlari va asboblarni almashtirish to’liq yoki qisman dasturlanib, ishcha
organlarning harakat miqdorlari oldindan sozlab qo’yiladigan tirgaklar yordamida
beriladi. Dastgohni ish tsikli – bu ma`lum bir ketma-ketlikda
bajariladigan va
ishlanmaga ishlov berish uchun kerak bo’ladigan hamma harakatlarning majmuidir.
Ayrim tsikloviy Raqamli dastur bilan boshqariladigan(TSDB) dastgohlarda kesish
rejimlari dasturlanmaydi, qo’lda o’zgartiriladi, asboblarni avtomatik avtomatik
almashtirish esa umuman bo’lmasligi mumkin.
DBTS tizimlari oddiy va arzon bo’lib, malakali xizmat ko’rsatish xodimlarini
talab etmaydi, ammo kulochoklarni o’lchamlarga sozlash
yetarlicha uzoq vaqtni
egallaydi. Shuning uchun DBTS tizimlarini nisbatan kamdan-kam qayta sozlash ishlari
bajariladigan o’rta seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda qo’llash maqsadga
muvofiq bo’lib, sezilarli iqtisodiy samaradorlikni beradi. Keyingi vaqtlarda TSDB
dastgohlar ommaviy ishlab chiqarishda ham ishlatila boshlandi. DTSB tizimlari bilan
tokarlik - revol ver, lobotokar, tokarlik-nusxa ko’chirish,
vertikal frezalash va kopir-
frezalash, vertikal parmalash,olmosli teshik yo’nish va boshqa turdagi dastgohlarga
joriy etgan.
Agregat dastgohlariga DBTS tizimini joriy etish natijasida ularni qayta sozlash
imkoniyati kengaydi, ular
endi maxsus dastgohlar emas, balki maxsuslashtirilgan
dastgohlar toifasiga mansub bo’lib, bir turdagi ishlanmalarga ishlov berish uchun ayrim
agregatlarni va moslamalarni almashtirish yo’li bilan qayta sozlanishi mumkin, ishlov
berishning ish tsikli va siljishlarning miqdorlari tirgshaklar yordami bilan sozlanadi.
EHMdan foydalanish orqali ish tsiklini boshqarish uchun avtomatik liniyalarda ham
DBTS tizimlari qo’llanilmoqda. Sanoat robotlarini DBTS tizimida boshqarish yo’lga
qo’yilgan.
DBTS tizimining funktsional sxemasi 2- rasmda keltirilgan. Sxema tarkibiga
tsikllar dasturlagichi, avtomatika sxemasi, bajaruvchi qurilma va qayta aloqa qurilmasi
kiradi. DBTS qurilmasi tsikllar dasturlagichini va avtomatika sxemasini o’z
ichiga
oladi.
SDB qurilmasi
Dastgoh
5
Sikl
dastur
lagichi
Avtoma
tika
sxemasi
1
2
6
7
Bajaruvchi qurilma
3
4
Sikllar dasturlagichi dasturni berish bloki 1dan va dasturni bosqichma-
bosqich kiritish bloki 7dan iborat. Dastur bosqichi - bu to’liq dasturning qismi bo’lib,
bir vaqtni o’zida Raqamli dastur bilan boshqarish(DB) tizimiga kiritiladi. Dasturni
berish bloki 1dan axborotlar dastgohni ish tsiklini boshqaradigan sxema 2 va nazorat
signallarini qayta ishlovchi sxema 6 dan tashkil topgan avtomatika sxemasiga kelib
tushadi. Avtomatika sxemasi tsikl dasturlagichi harakatini
dastgohning bajaruvchi
elementlari va qayta aloqa datchigi bilan kelishtiradi, buyruqlarni ko’paytiradi va
kuchaytiradi, bir qator mantiqiy funktsiyalarni bajaradi, misol uchun standart tsikllarni
bajarilishini ta`minlash. DTSB tizimida avtomatika sxemasi ko’pincha elektromagnit
relelardan tuziladi. Dasturdan berilgan buyruqni ishlab berishni ta`minlaydigan
bajaruvchi qurilmaga signallar blok 2 dan keladi.
Bajaruvchi qurilma bajaruvchi elementlar 3 va dastgohning ishchi organi 4 dan
iborat. Bajaruvchi
elementlarga elektrik, gidravlik yoki boshqa turdagi yuritmalarni,
elektromagnitlarni, muftalarni va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Supportlar, revolver
kallaklar, stollar va boshqalar ishchi organ tarkibiga kiradi. Ishchi organlar dastur
bosqichi bo’yicha
ish bajaradi
.
Bu jarayonni datchik 5 nazorat qilinadi, ish bajarish
tugagandan so’ng blok 6 orqali dasturning navbatdagi bosqichiga o’tish uchun blok 7 ga
buyruq
beradi.
Dastur
bosqichini
tugashini
ko’pincha
yo’l
qayta
ulagichlari(pereklyuchatel) bilan nazorat qilinadi. Ayrim hollarda bu maqsadlar uchun
vaqt saqlagich relelaridan foydalaniladi, ammo buni dastur
bosqichini otrabotka qilish
vaqtini o’zgarib turishi uncha katta bo’lmagan holda ishlatish mumkin. Agar ishchi
organ gidrotsilindr bilan harakatga keltirilsa nazorat bosim relesi yordamida amalga
oshiriladi.