Sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarni qo`llashni samarasi: a) ishlov beriladigan zagatovka ulchamlarining aniqligi va bir xildaligida va shaklida bilinadi; bu aniq shakldor sirtga va ko`p sondagi ulchamlarni saklagan xolda konstruktiv jixatdan murakkab bo`lgan zagatovkalarga ishlov berishda muxim axamyatga ega;
b) qo`l bilan boshqariladigan dastgoxlarda yordamchi vaqt unumini 70-80% dan 40-50 % gacha kamaytirish xisobiga ishlov berish unumdorligini oshiradi (ishlov beradigan markazlardan foydalanilganda 20-30% gacha yordamchi vaqt unumini kamaytiradi), ayrim xollarda esa kesish rejimini intensifikatsiyalash orqali ishlov berish unumdorligini oshiriladi; sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarga ishlov berishni utkazilganda urta xisobda unumdorlik oshadi: tokarlik dostgoxlari uchun ikki-uch marta, frezalash dastgoxlari uchun uch-to`rt marta va ishlov beradigan markazlash uchun besh-olti marta;
c) unumdorlikni oshirishga, dastgoxda ishlovchining malakasiga bo`lgan talabning kamayishi xisobiga ishlov berish tannarxini kamayishiga;
d) avtomatik ishlaydigan va sozlangan sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarda tayyorlanishi murakkab bo`lgan va aniq zagatovkalarga ishlov berishni soddalashtirish xisobiga yukori malakali dastgoxda ishlovchilarga bo`lgan talabni kamayishida ko`rinadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan tizimining konstruksiyasi bo`yicha sikl bilan va son bilan boshqariladigan dastgohlarga bulinadi. Sikl dasturli tizim bilan boshqarish dastgox xarakatlanadigan organlarining xarakatlanish ketma-ketligini va tezligini dasturlashga imkon beradi. Bunday dastur boshqarish poneli orqali yoki shtekkerli barabanda kommutirlaydigan elementlar (shtekkerlar) ma’lum turkumi bilan topshiriladi.
Bunda xaraktlanadigan organlar xarakatlanish qiymati bevosita dastur tartibiga kirmaydi, balki qayta sozlanadigan elektr tayanchlar orqali belgilanadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarning tubdan farq qilishi xususiyati ularning barcha dasturi teshiklar kombinatsiyasi kurinishidagi, raqamlar, xarflar va boshqa belgilar bilan tavsiflangan dastur uzatuvchilarga (perfotasma, magnitli tasma, magnitli disk) yozilishi xisoblanadi. Bunday dastur tarkibiga xarakatlanadigan organlarning xarakatlanishining sonli qiymati xam kiradi, bu sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxining sikl dasturi bilan boshqariladigan dastgohlardan prinsipial fark qilishini tashkil qiladi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarini qayta sozlash, dasturni almashtirish bilan birga oz vaqt talab qiladi, shuning uchun bunday dastgohlar seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun yaroqli bo`lib hisoblanadi.
Pozitsiyali boshqarish deganda dastgohni sonli dastur bilan tushuniladi, bunda dastgohning ishchi organlarining xarakatlanishi belgilangan nuqtada amalga oshadi, biroq xarakatlanish trayektoriyasi
topshirilmaydi. Dastur bilan boshqarishning pozitsiyali tizimining vazifasi ko`pgina xollarda asbob yoki tayyorlamini ishchi pozitsiyaga aniq o`rnatishni ta’minlash bo`lib xisoblanadi, bunda bir pozitsiyadan navbatdagi pozitsiyaga xarakatlanishi dastgoh koordinatalari orasida funksional aloqasiz amalga oshadi.