Ajiniyoz nomidagi NDPI Tabiiy fanlar fakultetining 4 B BOM guruhining amaliyotchisi Ayitova Xusniyaning 7 "a" sinf o'quvchilariga ochiq dars uchun tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi. Sana : 5.03.21.
Mavzu: Qushlarning ko`payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi.
I. Darsning ta’limiy maqsadi : O’quvchilarga qushlarning uya qurishi, ularning juft tanlashi,tuxum qo’yishi, qushlar tuxumlarining tuzilishi, embrionning rivojlanishi qushlarning nasli uchun g’amxo’lik qilishi hamda kelib chiqishi haqida ma’lumotlar berish; o’quvchida qushlarni tanish, ularning o’ziga xosliklarni anglash,o’sish, rivojlanish, ko’payish,hayotiy jarayonlarning boshqarilish mohiyatiniyorita olish qiyoslash, umumiy va farqli jihatlarini aniqlay olish layoqatlarini shakllantirish.
II.Darsning tarbiyaviy maqsadi: Mavzu orqali o`quvchilarni yetuk, mustaqil, komil insonlar tarzida tarbiyalash.O`quvchilarni Vatanga muhabbat, sadoqat, vatan ravnaqi yo`lida jasoratli bo`lish, milliy qadriyatlarni e’zozlash, asrash, ajdodlardan faxrlanish, insoniylik fazilatlarini qaror toptirish orqali , yuksak ma’naviyatli, jismonan va aqlan barkamol komil insonni tarbiyalash;
III. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Rivojlantiruvchi: O’quvchilаrni mustaqil fiikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini oshirish,o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish.
Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu davomida o`quvchilar bilan “Aqliy hujum “ usulida ishlanadi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga reja asosida savollar berib boradi, guruhlardagi o`quvchilar esa navbat bilan javob berishadi. Javoblari o`qituvchi tomonidan rag`batlantirib boriladi. Qushlarning ko`payish davri. Qishki sovuq kunlar o`tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko`payishga tayyorgarlik ko`ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o`rtalarida ko`payishga kirishadi. Qushlarning ko`payish davri tuxumdan chiqadigan jo`jalar uchun o`ziqning mo`l-ko`l bo`lishiga bog`liq.
“Tezkor savol javob” metodi.
1. Qushlarning ovqat hazm qilish organlariga nimalar kiradi?
2.Jig’ildon qanday vazifani bajaradi?
3. Qushlar oshqozoni qanday bo’limlardan iborat?
4. Qushlar qanday nafas oladi?
5.Havo xaltachalari qayerlarda joylashgan?
6. Qon aylanish sistemasi ga nimalar kiradi?
7. Yurakning qaysi qismida arteriya , qaysi qismida vena qoni bo’ladi?
8. Moddalar almashinuvi qanday kechadi?
9. Bosh miyasida qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan?
10.Qushlar hayotida qanday shartli reflekslar hosil bo’ladi?
Yakuniy qism:
Dars yakunida faol qatnashgan o’quvchilarni o’qituvchi tomonidan rag’batlantirish va yig’ilgan ballarni hisoblash . O’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: o’tilgan mavzuni o’qib kelish; 44-§ ni o`qish 87-rasmni chizish.
Amaliyotchi: Ayitova X.
Fan o'qituvchisi: Ro'zumboyeva I.
Sinf rahbari: Abduqodirova R.
Do'stlaringiz bilan baham: |