Birinchi yoki asosiy bosqich o‘q harakati boshlangan paytdan to porox zaryadi to‘liq yonib bitadigan paytgacha davom etadi. Bu davrda porox zaryadining yonishi tez o‘zgaruvchi hajmda sodir bo‘ladi. Bosqichning boshida, stvol kanali bo‘ylab o‘qning harakat tezligi hali uncha katta bo‘lmagan davrda, gazlar miqdori o‘qning orqasidagi maydon (o‘qning tubi va gil`zaning tubi oralig‘idagi maydon) hajmidan tezroq o‘sib boradi, gaz bosimi tez ortib boradi va eng katta miqdorga etadi (masalan, 1943 yil namunasidagi patron uchun mo‘ljallangan o‘qotar qurollarda u 2800 kgsm ga, vintovka patroni uchun mo‘ljallangan qurollarda esa – 2900 kgsm ga etadi). Mazkur bosim maksimal bosim deb ataladi. U o‘qotar qurollarda o‘q yo‘lning 4-6 sm dan o‘tayotganida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |