Burg‘ilash usullarining tasnifl
Tasnif alomati
|
Tasnif guruhi
|
1. Burg‘ilanayotgan quduq tubining shakli bo‘yicha.
|
Tekis tubli (kernsiz burg‘ilash).
Halqasimon tubli (kolonkali burg‘ilash).
|
2. Tog‘ jinsiga ta’sir qilish usuli bo‘yicha.
|
Zarbli. Aylanma.
Tebranma (zarbli-tebranma). Siqish-aralash (zarbli-ay- lanma, zarbli-burilish, tebranma-aylanma va boshq.).
|
3. Tog‘ jinslarini parchalaydigan asbob bo‘yicha.
|
Qattiq qotishmali. Olmosli.
Mustahkam po‘latli. Sharoshkali.
|
4. Tog‘ jinslarini parchalay- digan asbobni almash- t irish usuli bo‘yicha.
|
Snaryadni ko‘targandan keyin asbobni almashtirish. Snaryadni ko‘tarmasdan asbobni almashtirish.
|
5. Tog‘ jinslarini parcha- lash jarayonini jadallashtirish uchun qo‘llaniladigan asosiy yoki qo‘shimcha mexanizm turi bo‘yicha.
|
Gidrozarbali. Pnevmozarbali.
Balanssiz tebranish mexanizmlari.
Elektromagnit tebranish qo‘zg‘atuvchilar.
Magnitostriktorlar.
Induksion-dinamik ta’sir qiluvchi mexanizmlar.
|
6. Qo‘llaniladigan uzatma bo‘yicha.
|
Elektrik.
Gidravlik.
Pnevmatik.
|
7. Quduq tubidan parcha- langan mahsulotlarni chiqarish usuli bo‘yicha.
|
Parchalangan mahsulotlarni majbur etib chiqar- masdan (ularni devorlarga siqib chiqarish bilan).
Parchalangan mahsulotlarni mexanik usul bilan chiqarish (masalan, shnekli, transportyor bilan, jelonkalar bilan).
Parchalangan mahsulotlarni suyuqlik bilan chiqarish.
Parchalangan mahsulotlarni gaz bilan chiqarish.
|
8. Quduq devorlarini mus- tahkamlash usuli bo‘- yicha.
|
Quduq devorlarini mustahkamlamasdan.
Quduq devorlarini maxsus eritmalar bilan mustah- kamlash.
Quduq devorlarini mustahkamlovchi quvurlar – po‘latli, yog‘ochli, polimerli, shisha plastikli va boshqalar bilan aralashtirib mustahkamlash (chuqurlashtirish jarayonini to‘xtatgan holda).
Quduqlarni bir paytda yoki oldindan mustah- kamlovchi quvurlar bilan mustahkamlash. Devorlarni vaqt-vaqti bilan muzlatish, quduq tubini uzluksiz muzlatish yo‘li bilan mustahkamlash.
|
So‘ngra har bir xususiyat oralig‘ida uning usullari turlarining va xilma-xilligining tasnifiy guruhlari ko‘rsatilgan. Bu sxemadagi shartli ravishdagi «burg‘ilash usuli» tushunchasi keng ma’noni bildiradi. Unga nafaqat burg‘ilash usulining o‘zi, ya’ni jinslarni parchalash usuligina emas, balki jinslarni parchalashda ishlatiladigan asbob, uzatma xususiyatlari, parchalangan mahsulotlarni chiqarishi, olingan namunalarning tafsiloti, ularni yuqoriga transportirovka qilish va boshqa ba’zi xususiyatlari ham kiradi. Mana shu yuqorida sanab o‘tilgan amallarning elementlari «burg‘ilash» atamasi bilan ifodalanadi.
Burg‘ilash yer qa’rida neft yoki gaz uyumi bor-yo‘qmi, degan savolga aniq javob beruvchi yagona usuldir. Burg‘ilash izlash usuli sifatida ancha ilgaridan beri qo‘llab kelinadi. Xitoyda bizning eramizgacha burg‘ilangan quduqlar ma’lum. Ularning chuqurliklari bir necha yuz metrlar bo‘lgan, burg‘ilash uchun esa bambuk daraxtlarining kovak tanasidan foydalanilgan.
XIX asrning 20-yillarida Fransiyada (Artua provinsiyasida) dast- labki quduqlar suv uchun burg‘ilangan. 1845-yilda farangistonlik muhandis A. Fovel quduq tubidan yuqoriga parchalangan jinslarni olib chiqish uchun quduq tubini yuvishni tavsiya etdi, bu esa burg‘ilash jarayoni texnologiyasini birmuncha mukammallashtirdi. Neft va gaz sanoatini 1859-yilda polkovnik Dreyk neft qudug‘ini burg‘ilagandan keyin boshlangan, deb hisoblanadi. Bu paytda quduqni burg‘ilash kovlash usuli bilan bajarilar edi, shuning uchun quduqni burg‘ilash emas, balki kovlash desa to‘g‘ri bo‘lar edi. Kovlab o‘tish tezligi juda kam – kuniga 1 m dan oshmas, chuqurlik esa kamdan-kam hollarda 500 m dan oshar edi. XX asrning boshlarida kovlab burg‘ilash o‘rniga aylanma yoki rotorli burg‘ilash usuli keldi. Bu usulning dastlabki ixtirochilari Bokulik neft ishlab chiqaruvchilar bo‘ldi, ular bu usulni 1911-yilda qo‘llashgan edi. Burg‘i aylanganda quduq tubida jinslar maydalanib va yeyilib ketar edi. Burg‘ilash tezligi kuniga 400–500 m ga yetdi, quduq chuqurligi 3–4 km dan oshib ketdi. Biroq burg‘ilash asbobining juda katta bo‘lganligi rotorli burg‘ilashning rivojlanishini to‘xtatib turdi. Haqiqatan, 3,5–4 km chuqurlikdagi burg‘ilash quvurlari birikmasining og‘irligi 200 t dan ortiqdir. Shuning uchun energiyaning asosiy qismi quduqni chuqurroq qazishga emas, quvurlar birikmasini aylantirishga sarflanar edi.
Quduq tubida ishlaydigan dvigatel barpo qilib, burg‘ilash jarayonini quduq tubiga tushirish mumkin emasmikan, degan savol olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi. 1922-yilda rus muhandisi M.A. Kapelyushnikov quduqlarni burg‘ilashning yangi ajoyib usulini – turbinali burg‘ilash usulini taklif etdi. Keyinchalik bu g‘oya L.P. Shumilov, R.A. Ionesyan, E.L. Tagiyev, M.G. Gusman va boshqa olimlar tomonidan takomillashtirildi.
Har qaysi quduq kerni likvidatsiyasi maxsus aktlar bilan tuziladi va u geologik hujjatlar jurnaliga qo‘shib qo‘yiladi.
Kon geologiyasi bilan chambarchas neft va gaz quduqlarini qurish asoslari, burg‘ilash texnika va texnologiyasi, burg‘ilash eritmalari, tamponaj kompozitsiyalar va quduqlarni tugallash haqidagi ma’lumotlar maxsus adabiyotlarda berilganligi uchun bu to‘g‘risida to‘xtalmaymiz.
Ammo, geologlar tog‘ jinslari tarkibining xususiyatlarini quduqning butun tanasi bo‘ylab bilishlari zarur. Bunda geologlarga turli asboblar bilan jihozlangan kon geofiziklari yordamga keladi. Kon geofiziklarining tadqiqotlari quduqning butun uzunligi bo‘yicha jinslarning litologik tarkibini, qalinligini aniqlash, mahsuldor gorizont larning yotish oraliqlarini ko‘rsatish, tog‘ jinslarining kollektorlik xossalarini aniqlash imkonini beradi. Bu ma’lumotlardan turli geologik kartalarni: litologik, qalinlik, tuzilma, g‘ovaklik, o‘tkazuvchanlik, suvlanganlik va boshqalarni tuzishda foydalaniladi. Bu kartalarsiz ilmiy asoslangan qidiruvni va neftgaz konlarini ishlatishni amalga oshirish mumkin emas. Kon geofiziklarining tadqiqotlarini farangistonlik mutaxassislar karotaj deb atadilar. Hozir karotajning 40 dan ortiq turi bor. Elektrik, radioaktiv, termik, akustik, induksion uning eng ko‘p tarqalgan usullaridir.
Zamonaviy turbinali burg‘i – uzunligi 10 m gacha bo‘lgan ko‘p pog‘onali quduq tubi dvigatelidir. Uning har bir pog‘onasida (ular hammasi bo‘lib 100 dan ortiq) profillashtirilgan kurakli ikkita disk bor. Disklardan biri – stator, burg‘i asosiga qo‘zg‘almaydigan qilib mahkamlangan, ikkinchisi – rotor, aylanadi. Quduq tubini yuvish uchun yuborilgan loyli burg‘ilash eritmasi rotorga tomon yo‘nalib, uning qayrilgan kuraklaridan aylanib o‘tib, ularni aylantiradi. Har bir rotor nisbatan uncha katta bo‘lmagan aylanma kuch beradi, ammo jami kuch burg‘ini aylantirishga yetarlidir.
Elektr dvigatellar ham ishlab chiqilgan. Bunda burg‘ilash quvur- larining pastki uchiga kichik diametrli elektr motor o‘rnatiladi. Burg‘ilash quvurida joylashgan rezinali quvurcha ichidagi uchta simli kabel orqali elektr, elektr energiyasi motorga yuboriladi. Elektr motorning aylanadigan qismiga burg‘i ulangan. Shu bilan burg‘ilash jarayoni avtomatlashtiriladi va u osongina boshqariladi.
Quduqlarni burg‘ilash jarayoni bir necha amallardan iborat. Avval turli asbob-uskunalar o‘rnatish uchun maydon tayyorlanadi. Burg‘ilash minorasi yig‘iladi, uning oldiga loyli eritmalarni tayyorlab beruvchi kichkinagina «zavod» quriladi, suv keltiriladi, eritmani quduqqa haydaydigan kuchli nasoslar o‘rnatiladi. Shu yerning o‘zida elektr sexi quriladi, unga yuqori voltli uzatgichlardan elektr yuboriladi. Burg‘ilash asboblarini ko‘tarish va tushirish uchun quvvatli chig‘irlar o‘rnatiladi. Quduqqa birmuncha yaqin joyda turarjoylar, kern ombori (quduqdan ko‘tarilgan jinslar namunalari saqlanadigan joy), idora, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi xonalar quriladi. Ko‘rib turibmizki, quduq oldida butun bir aholi yashaydigan punkt barpo etiladi.
Jihozlashning murakkablashishi, asosan, chuqur izlov quduqlari bilan bog‘liq, chunki bu quduqlar, odatda, turarjoy obyektlaridan ancha uzoqlikda burg‘ilanadi.
Kon geofiziklari tadqiqotlarining muhim usuli – radioaktiv usuldir. Ularning turlari ko‘p: bu gamma usul (GU), gamma-gamma-usul (GGU), neytron-gamma-usul (NGU) va boshqalar. Ularning ham- masida tog‘ jinslaridagi tabiiy yoki keyin paydo qilingan radiatsiyasi o‘rganiladi. Olingan natijalar egri chiziq ko‘rinishida tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |