II.3 Musiqa madaniyati darslarida o‟quvchilarni qo‟shiq kuylash malakalarini
shakllantirish.
Yosh avlodni komolot sari yetaklashda tarbiyaning ko‟plab omillari qatorida
musiqa alohida o‟rin tutadi. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari qo‟shiq kuylashga
o‟rgatish uchun, ta‟lim maktablarining amalgam oshirishi mumkin bo‟lgan muxim
masalalardan biridir. Ko‟p ovozda qo‟shiq kuylash usuli, musiqiy qobiliyatning
rivojlanishida vocal xor malakalarining shakllanishida katta axamiyat kasb etadi.
Qo‟shiq kuylash o‟quvchilarga estetik zavq berish bilan birga eshitish qobiliyatini
rivojlanishiga yordam beradi. Qo‟shiq kuylash xar bir bolani o‟ziga jalb qiluvchi
ish. Bolalar cholg‟u asboblarida ritmik tur bo‟lish orqali o‟quvchilarni musiqa
hayotidagi dunyoqarashlarini kengaytirish. Natijada o‟quvchilarda kuylash
malakalari shakllanib musiqaxaqida muloxaza qilish asoslari vujudga keladi.
Kuylash malakalarini mukammal o‟zlashtirishi musiqiy asarni tushunib xis qilish
malakasini shakllantiradi. Kuylash malakalarini boshlang‟ich sinfda quyidagi 2
bosqichda amalga oshirish mumkin.
1. Oddiy bir ovozli qo‟shiqlarni o‟rgatish.
2. Xosil bo‟lgan ko‟nikma va malakalardan qo‟shiq kuylash jarayonida
foydalanish.
I. Bosqichni amalgam oshoroshda o‟qituvchi qo‟shiqlar iloji boricha sof
intanatsiyada ifodalash kuylashga o‟rgatish. Bunda og‟iz va jag‟larni to‟g‟ri
harakatga keltirishni nazorat qiladi. Unli tovushlarni cho‟zib undan jarangdor
ovozlarni ( r,d,m,n ) burro – burro kuylab jarangsiz tovushlarni ( sh – s,z,k ) mayin
kulashga o‟rgatadi. Shunindek, o‟quvchilar charchab qolmasliklari uchun kuyash
faolitini tinglash faoliyati bilab tez tez almashtirib turadi.
II. bosqichida asosiy kuylash malakalari : nafas, sof intanatsiya, talaffuz, sozlanish
malakalari bir muncha yaqinlanadi. Shunindek, kuylash va eshitish qobiliyati
rivojlanadi. Vakal – xor ishlarida artikullatsiya organlaridan ( lab, til, jag‟ ) faol
harakatdagi hamjiyatligi muhim ahamiyatga ega. Kuylarni jornavozlik va jorsiz
kuylash ham kuylash malakalarini rivojlantirishda yordam beradi. Sof insonda
kuylash ko‟p ovozda kuylashning asosidir.
Undan keyin mashqlarni turli bo‟g‟inlarda mayin yengil tovush hosil etib
kuylanadi.
Ikki va ko‟p ovozli qo‟shiqlarni boshlang‟ich sinf o‟quvchilariga o‟rgatishdan
maqsad, sof ohangdorlikka erish, o‟quvchilarni musiqiy o;‟quvini tinglash
qobiliyatini o‟stirish, ikki va ko‟p ovozda kuylash orqali madaniy saviyasini,
dunyo qarashini rivojlantirish. Ikki ovozli qo‟shiqlarni o‟rgatishdan oldin
tayyorgarlik olib boriladi. Bu davrda ikki ovozli qo‟shiq aytishga zamin yaratiladi.
Ikki ovozda kuylash malakalari quyidagilardan
1. Musiqani zexn qo‟yib tinglay bilish va his etish.
2. Bir ovozda sof unisonda qo‟shiq kuylash.
3. Bir ovoz bilan ishlaganda ikkinchi ovoz diqqat bilan tinglab o‟z ovoz partiyasini
hotirasida nazorat qilib takrorlab turish.
O‟quvchi yoshlarga dars jarayonida folklor san‟ati namunalaridan
foydalanish orqali o‟qituvchilar quyidagi sifatlarini shakllantira oladilar.
-
Ezgu niyat bo‟lish;
-
Yaxshilik qilish;
-
Kiyinish madaniyati;
-
Muomila madaniyati;
-
Manaviyat dunyo qarashlari keng bo‟lishiga erishish;
-
Odob – axloq qonun qoidalariga ega bo‟lish ( va xokazo)
Ko‟plab o‟quvchi yoshlar musiqa darsiga qiziqib ishtirok etadilar. Xech
bo‟lmasa sozni chalishni bilmasada bir marta qo‟lga ushlab ko‟radilar. Ana shu
vaqtda o‟qituvchilar xushyor bo‟lishlari kerak, sababi shu davrda o‟qituvchilrning
iqtidori bor yo‟qligi seziladi. Iqtidorli bola o‟sha sozni avaylab, mexr bilan ushlab
chalishga intiladi. O‟yno qi bola esa aksi bo‟ladi. Aynan shu narsani folklor
sanatini o‟rgatish jarayonida ham qo‟llash mumkin. Ma‟lumki folklorda qadimda
momolarimiz qo‟shiq , tarelka, angishvona, qayroq toshlar orqali kuy - qo‟shiqqa
hamohang bolishgan. Dars jarayonida ham o‟rganilayotgan qo‟shiqqa yuqoridagi
jixozlar orqali foydalanish o‟quvchilarga qiziqarli bo‟ladi. Bolaning sozni to‟liq
chalishni bilmasligi tabiiy, shunga pedagok oddiy chapaklar orqali surxon vohasiga
oid folklor qo‟shiqlaridan foydalaish mumkin. Shuning uchun har bir musiqa
o‟qituvchisi etibor va mexr bilan o‟z darslarini tashkil etishlari, kasbiy
maxoratlarini ishga solishlari zarur. Musiqa fani va madaniyatining nozik
sirlaridan yosh avlodni voqif etishda bizning azaliy kuy – qo‟shiqlarimizdan
foydalanib dars tashkil etish yaxshi samara beradi.
Manaviyhayotimizda erishgan dastlabki, eng birinchi va asosiy yutug‟imiz
shu bo‟ldiki , vatanimizda insoniy qadr- qimmat yuksak maqom kasb etdi,
xalqimiz sarchashmalariga ega bo‟ldik. Azaldan ota-bobolarimiz ma‟rifatni,
madaniyatni , sanatni insoniyat taraqiyotning muhum omili sifatida ulug‟lanib, bu
sohalar bilan mumtazam shug‟illanib kelganligidan darak beradi. Ilmu-fanga
homiylik buyuk sohibqiron Amir Temur va uning o‟gitlari yosh avlod uchun
muqaddas hisoblanib, an‟ana tusini olgan. Demak, musiqa madaniyati darslarida
bolaga nafaqat qo‟shiq o‟rgatish, balki uni tarbiyalab boorish ham zarur. Bunda
albatta buyuk ajodlarimizning obob-axloq qoidalariga undovchi pand-
nasihatlaridan foydalanish lozim. Negaki bola tarbiyasiga qa‟tiy turmaslik salbiy
xatolar keltirib chiqishi mumkin. Shuning uchun bolalar tarbiyasini eng avvalo
oiladan, maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlash lozim. Negaki bola
tarbiyasiga qat‟iy turmasak salbiy xatolar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun
bolalar tarbiyasini eng avvalo oiladan maktabgacha tarbiya muassasalridan
boshlash lozim. O‟zbek xalqi qadimdan o‟zining odobi, xulqi , madaniyati bilan
boshqa xalqlardan ajralib turgan. Shuning uchun bizning xalqimiz yoshlariga
odobsizlik, dangasalik, xoinlik hislatlari yarashmaydi.Butun jamoatchilikning
maqsadi xozirda o‟sib kelayotgan yosh avlod tarbiysiga kuchli etibor berishdan
iborat. Shunday ekan, makablarda, kollejlarda musiqa madaniyati o‟qituvchilari
ham ko‟p qovushtirib o‟tirmay, bor imkoniyatlarini ishga solib, ushbu jarayonga
o‟z hissalarini qo‟shmoqlari zarur. Haftasiga berilgan bir soatli musiqa madaniyati
dars orqali bolani tarbiyalash biroz mushkul kechadi. Shuning uchun biz sinfdan
tashqari mashg‟ulotlarni, tadbirlarni kuchaytirsak samar
Li boladi. Kelayotgan sanalarga bag‟ishlab yoki bolalar bilimini, tarbiyasini
kuchaytirish uchun mavzular tanlab, tadbirga tayyorgarlik ko‟rish va uni ko‟ngilli
o‟tgazish mumkin. Bola oilada, maktabda ota – onalar bilan munosabatta, jamoat
joylarida kata yoshdagilar, o‟rtoqlari bilan muloqatta tajriba ortirib boradi.
Bolaning qandayligi u tarbiya olayotgan oilaning namunasi, ularning
mexnatsevarligi, oilaiy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, o‟g‟il bolalarga nisbatan
ustozlik, raxnamolik ishlari asosiy o‟rin egallaydi. Bunday bolalar bilan ijodiy
hamkorlik qilish, turli qo‟shiqlar o‟rgatish , qo‟shimcha mashg‟ulotlar o‟tish,
tadbirlarda ishtirok etishni taminlash zarur. Men joylarda o‟tgazayotgan bazi bir
sinfdan
tashqari
tarbiyav
tadbirlarning musiqaviy jarayoniga to‟xtalib
o‟tmoqchiman. Bazi o‟qituvchilar qo‟shiq, kuy o‟rgatib otirish o‟rniga bolaning
o‟ziga qo‟yadi, u bola esa mavzuga tushsa tushmasa o‟z bilganicha tayyorgarlik
ko‟rib keladi. Bosh mavzu “ Mavsum – marosimi “ qo‟shiqlari bo‟lsada, u bola
sevgi haqidagi bemaza qo‟shiqni fanagramma qiladi yoki klip tayyorlaydi. Qani,
bu yerda mavzu bilan mutanosiblik?
Shuning uchun hafta, kerak bolsa oy davomida bola bilan shug‟illanish ,
mavzuga doir mos keladigan kuy, qo‟shiq, harakatlarni o‟rgatish kerak. Eng
avvaloo o‟zbek xalqining mavsumiy marasimlari, ananalari, urf – odatlari haqida
to‟liq tushuncha berib songra qo‟shiqni o‟rgatish maqsadga muvofiqdir.
Yangi barkamol inson tarbiyasi huddi shu manoda har qachongidn ham
ahamiyatliroqdir. Sharq mutaffakkirlari xalqimiz manaviyatini , joylarda yoshlar
tarbiyasining yaratuvchilik rolini chuqur his qilgn holda o‟zlarining firlarini
asaralari orqali qoldirganlar. Unday asarlarda foydalanish musiqa madaniyati
o‟qituvchilarining zukkoligiga bog‟liq. “ Ta‟lim tog‟risida” gi Qonun, “ Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” hamda Davlat ta‟lim sanatining talabalaridan ham ta‟lim
tarbiya, yo‟nalishlari oqilona ko‟rsatib qo‟yilgan.
Vokal – xor texnikasiga, asosan , nafas, tovush hosil qilish, uni cho‟zish,
dinamika, intonatsiya va diktsiya malakalari kiradi. Xor ijrochilari yaxshi vakal
texnikaga ega bo‟lmasa u xorning irosida na uyg‟unlik( ansanbil ) na tiniq soz , na
aniq talaffuz va badiiy ifoda bo‟ladi. Shuning uchun xorda har doim vakal – xor
texnikasini rivojlantirish va ularni takommilashtirib boorish zaur. Chunki xorda
yaxshi ansanbilda , sozga, dinamik mustaxkamlikka , diktsiyaga va tembr
boyoqlariga erishishi vakal “ Fundament “ mustaxkam bo‟lishi kerak.
Xorda so‟z vmusiqa bir – biri bilan bog‟liq ekan, har ikkalasi ustida
jiddiy ish olib boriladi. So‟zning aniq va to‟liq talaffuzi ovozning intonatsiyaga,
sifatiga ijobiy tasir ko‟rsatadi. Mashxur F.I. Shayakin “ Yaxshi aytilgan so‟z –
uning yaxshi kuylanganidir” , degan edi.
Xor ijrosining asosiy badiiy – ifoda vositalariga – asarning g‟oyaviy
mazmunini ochib berish xisoblanadi. Agar xor ijrochilari yaxshi intonatsiga va
sozga, ansanbilga va so‟z talaffusiga, vakal – xor texnikasuga ega bo‟lsayu – uning
ijrosi badiiy texnikaga ega bo‟lmasa unda ijro qilinadigan asarning g‟oyaviy –
badiiy mazmuno tnglovchilarga yetib boradi. Ijro badiiy ifoda tinglovchilar qalbini
hayajonga solidi, ma‟naviy oziq beradi hamda asar muommolarini tasavvur etishga
ko‟maklashadi.
Xorda yaxshi sozga, yaxshi intonatsiyaga va ansanbilga erishishdan qatiy
nazar, unda insonlar, dinamika va jumlashash kabi ijro vositalari yetishmasa uning
ijrosi jonli , imotsional,qiziqarli bolmaydi. Xorda olib boriladigan barcha ishlar
badiiy – ifodaliy ijro bilan chambarchas bo‟lishi zarur.
III – bob.
Qo‟shiq kuylash jarayonida o‟quvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning
o‟ziga hos hususiyatlari mavzusida tajriba – sinov ishlarini o‟tkazish.
III.1.
Ozbekiston
kompozitorlarini
bolalar
qo‟shiqchilik
san‟atini
rivojlantirishga qo‟shgan hissasi.
Hozirgi kunda jamiyatimizni eng muhim vazifalaridan barkamol shaxsni
tarbiyalshdan iboratdir. Prizentimiz takidlaganidek “ biz halqimizning dunyoda
hech kimdan kam bo‟lmasligi, farzandlarimizni bizdan ko‟ra kuchli, bilimli , don
ova albatta baxtli bo‟lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar
etayotgan ekanmiz, bu borada ma‟naviy tarbiya masalasi, hech shubxasiz beqiyos
ahamiyat kasb etadi”. ( I. A. Karimov “ Yuksak ma‟naviyat yengilmas kuch” T.
Ma‟naviyat 2008 yil 4 bob ) O‟sib kelayotgan yosh avlodni ma‟naviy ongini
yuksaltirishda istedodni har tomonlama komol toptirishda kompozitorlar yaratgan
bolalar uchun musiqalarini axamiyati katta. Musiqa yosh avlod tarbiyasida
salmoqli ahamiyatga ega bo‟lib, u sexrli kuy va ohanglar ajib tuyg‟ular hissiy
kechilmalar olamini yaratadi. Prizidentimiz 2008-yil 7-yanvardagi “ Bolalar
musiqa va san‟at maktablarini moddiy texnika bazasini mustaxkamlash va ular
faoliyatini yanada yaxshilash bo‟yicha 2009- 2014 yillarga moljallangan”. Davlat
dasturlarini tayyorlash chora tadbirlarito‟g‟risidagi 2908 sonli farmoishi “
Barkamol avlod yili Davlat dasturi ham O‟zbekiston Respublikasi Davlat
maslahatchisi hizmati va vazirlar maxkamasi ta‟limidir. Sog‟liqni sqlash ijtimoiy
muhovaza axborot tizimlari va telekamunikatsiyalar kampleksining 2010 – yil 17 –
martida qo‟shma yeg‟ilish bayonida ( I. A. Karimov “ Yuksak ma‟naviyat
yengilmas kuch “ T. Ma‟naviyat 2008 – yil 4 – bob ).
Belgilangan vazifalar asosida fan yo‟nalishlari qatorida musiqa madaniyati
fanidan uzviylashtirilgan o‟quv dasturlarini amalda joriy etilishi o‟quvci
yoshlarimizni musiqiy istedodi va salohiyatini yanada o‟stirishga keng
imkoniyatlar ochib berdi. Ushbu oily maqsadlarni hayotga joriy etish uchun
Respublikamizda turli tuman tadbirlar, tanlovlar o‟tkazildi. “O‟zbekiston Vatanim
manim” qo‟shiqlar bayrami to‟g‟risida 1996 – yil. “ Yagonasan muqaddas Vatan “
2009 –yil ko‟rik tanlovi SamarqandSharq taronalari halqaro musiqiy festivali 1997
– yildan boshlab “ Alpomish “ dostoning 1000 yilligi ( Navroz ) qo‟shiq tanlovi,
Amir Temur, Mirzo Ulug‟bek , Imom Al Buxoriy, Al Farg‟oniy kabi buyuk
ajdodlarimizni tavalludlariga bag‟ishlangan shonli sanalar keng nishonlanadi. “
Ofaring “ ,“ Ona zamin yulduzlari “ , “ Nixol “ kabi o‟zbek milliy Estrada san‟ati
tanlovlari o‟quvchilar uchun, “ Yangi avlod”, “ Kelajak ovozi” kabi tadbirlar
fikrimiz dalilidir. Musiqa madaniyati darslari uchun katta axamiyatga ega . Musiqa
ma‟daniyati darslari ixtidorli o‟quvchilarni tanglashning asosi hisoblanadi. Dars
jarayonida o‟qituvchilar ovozini kuzatib, iqtidorli, ovozi jarandor bolalarni
to‟garaklarga jalb etadi. Darsdan keyin ular bilan ishlab ovoz apparatini
shakllantiradi. D.T.S dasturi asosida berilgan qo‟shiqlar ularni ma‟naviy va xloqiy
tarbiyasini har tomolama komol toptirib musiqaga bo‟lgan qiziqishini yanada
oshiradi. Kompozitorlarimiz tomonidan yaratilgan mustaqillik davridagi kuy va
qo‟shiqlar, dastur, darslik, oo‟quv qollanmalar, qo‟shiqlar toplamidagi asarlar,
bollar ovoz diapozoni, yoshi, bayramlar, tabiyat, ona vatan haqidagi qo‟shiqlar va
tinglash uchun asarlar, o‟quvchilarni dunyo qarashini boyitib, “ Musiqa “faniga
qiziqishini yanada oshiradi. Musiqa ta‟limining dastlab shakllanishiga hissa
qo‟shgan kompozitorlarimiz : Fattax Nazarov, Mutal Burxonov, Komil Kenjayev,
Karim Abdullaev, Muxtor Ashrafiy, Sobir Boboev, To‟lqin Toshmatov, Ikrom
Akbarov, Ilyos Akbarov, Doni Zokirov, Shermat Yormatov, Salamon Yudakov,
To‟xtasin Jalilovlar, Soniya Abramova bolalar musiqasini shakkillantrishga asos
solganlar. Mustaqillik yillarida esa bollar uchun qo‟shiqchilik san‟atini
rivojlantirgan kompozitorlardan quyidagilarni aytish mumkin: Nozim Norxojaev,
Rusatm Abdullaev, X. Xakimov, Dilorom Omonullaeva, Farxod alimov, Avaz
Mansurov, Muhammad Otajonov, Raxmatjon Tursunovlardir. Bunday musiqa
yaratuvchi ijodkorlar odatta kanservatoriyada maxsus ta‟lim olgan bo‟lib
“Kompozitor” nomini olishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |