To‟lqin Toshmatov 200 dan ortiq qo‟shiqlar hamda boshqa janr va shakllarda
musiqa asarlarini yaratib, ijro jamoalarining repertuarlarini boyitib, muhlislar
oilasida tug‟ildi. U bolalik chog‟idan o‟zbek xalq cholg‟u asboblarini chalishga
qiziqdi. 1944 – yili R. Glier nomidagi maxsus musiqa maktab – internatida o‟qidi.
Maskur maktabni g‟ijjak sinfi bo‟yicha bitirdi. 1955 – yili Toshkent Davlat
konservatoriyasida o‟zbek xalq cholg‟u asboblari fakultetining g‟ijjak sinfida Ya.
Sabzanovdan tehsil oldi. 1969 – yili o‟qishni muoffaqiyatli bitirdi.
Konservatoriyada o‟qib yurgan paytlarida musiqa bastalashga ham qiziqdi va
1961 – yili kompozitorlik fakultetining professori Baris Zeydman sinfida tehsil
olib, 1966 –yilda o‟qishni ikkinchi marotaba bitirdi.
To‟lqin Toshmatov mexnat faoliyatini talabalik davridan boshladi. U 1957 –
1958 yillarda “Baxor” raqs ansanbilida, 1958 – 1978 yillarda O‟zTeleRadio
qo‟mitasida o‟zbek xalq cholg‟ulari orkestrida g‟ijjakchi, 1976 – 1982 yillarda A.
Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining cholg‟uari kafedrasida
katta o‟qituvchi, datsent lavozimida va R. Glier nomidagi maxsus maktab
internatida o‟qituvchi bo‟lib ishladi.
To‟lqin Toshmatov turli janr va shakllarda rang – barang asarlar yaratdi.
Ular qatoridan: ikkita simfoniya, simfonik uvertura, to‟rt qisimli vokal – simfonik
turkum, o‟zbek xalq cholg‟ulari orketri uchun : “ Bayramona uvertura “ , “
Assalom O‟zbekiston “ , “ Yangi Toshkent “ kantatasi , “ Samarqand “ suitasi,
rubob va orkestr uchun suita, “Qo‟shiq va raqs “ , nay va orkestr uchun jismli “
Nay yallasi “ , chang va orkestr uchun “ Rondo “ , orkestr uchun “ Shoximardon
marshi “ . “ Oltin diyor “ uverturasi , to‟rtta prelumidiya , o‟nta variatsiya, bolalar
uchun “ Pyesa “ , “ O‟yna, Dilbar “ asarlari va boshqalar o‟rin olgan. Kompozitor
ijodida qo‟shiq janri muhim o‟rin tutadi. “To‟y yallasi” , “ Ona vatanga “ , “ Ishon
“ , “ Gullar sochay yo‟lingga “ , “ Quyosh o‟lkasi “ , “ Toshkentim “ , “ Chaman
aylab kel “ bolalar uchun “ Ayiq polvonlar bog‟chasi “ , “ Baxti erkatoy “ , “
Mashinam “ , “ Quloqsiz “ , “ Tut “ , “ alochi o‟quvchi “ , “ Bir chigitdan ming
chigit “ , “ Gullola “ , “ Gulshan diyor “ , “ Mening Vatanim “ shular
jumlasidandir.
Sahna asarlari : “ Inbuzarlar “ musiqa drammasi, “ Ur, to‟qmoq “, “ Muzaffar
quyosh farzandi “, G‟oyibdan paydo bo‟lgan shaxar “ spektakillariga musiqa
bastaladi.
To‟lqin Toshmatov O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan artist unvoni va faxriy
yorliqlar bilan taqdirlangan.
Nadim Norxo‟jayev
Do'stlaringiz bilan baham: