3.2 Musiqa darslarida o‟quvchilarga qo‟shiq kuylash jarayonida nafosat tarbiyasini
shakillantirish mavzusida tajriba – sinov ishlarini o‟tkazish.
Barkamol avlod tarbiyasi masalasi murakkab jarayon bo‟lib u shaxsni har
tomonlama rivojlantirish voyaga yetkazishni talab etadi.
Pedagogika amaliyotlarida bizda asosiy kasbiy malaka va konikmalar
jarayoni kechadi. Bu davrda biz o‟quvchilarni qo‟shiq kuylash ma‟daniyati va
qoidalariga musiqa tinglash jarayonida, musiqani idrok qilish va taxlil qilishga
o‟rgattik. O‟quvchilarni musiqadan ma‟naviy ozuqa olishiga, kuylagan
qo‟shiqlarida vatanga muhabbat, tabiyatga muhammat, kattalarga hurmat, milliy
g‟urur, milliy iftihor tuyg‟ularini shakllantirishiga harakat qildik. Musiqa
madaniyati darslarini samarali o‟tishida biz jixozlagan honalarda, kompyuter, slayt,
pionino, rubob, dutor, doira, ko‟rgazmali qurollar, rasmlardan foydalandik.
O‟quvchilarning fiziolagik , psixiolagagik husuiyatlatlarini o‟rganib , ularni ovoz
diopozoni, yoshi, qo‟shiqlarini murakkabligiga ikki ovozli qo‟shiqlar o‟rgattik. Har
bir qo‟shiq mazmunan o‟quvchilarga, tushunarli , kuylash uchun unga
qiyinchiliklarga ega emas ularning yoshiga mos bo‟lib nafosat tarbiyasini
shakllantirishiga yordam beradigan qo‟shiqlarni tanladik. Biz darslarga
tayyorgarlik qilib o‟z oldimizga qo‟yilgan maqsad va vazifalarga harakat qildik.
O‟quvchilar bilan do‟stlashdik, sinfdan tashqari to‟garaklar tashkil etib ( xor –
vakal ) tadbirlar o‟tkazdik. Qo‟shiq kuylash , musiqa tinglash orqali bolalarni ichki
his tuyg‟ularini rivojlantirishga harakat qilib o‟z maqsadimizga erishdik.
O‟quvchilarni qo‟shiq kuylashga o‟rgatish asosan musiqa madaniyati darslarida
amalgam oshiriladi. Qo‟shiq kuylash, kuylovchiga faqat nafosat zavqini bermasdan
balki eshitish qobiliyati, to‟g‟ri nafas olish, tallaffuz qilish, sof intonatsiyada
kuylash kabi malakalarni shakllantiradi. Qo‟shiqni o‟z o‟rni ,o‟z vazifasi mavjud,
chunki qo‟shiqni o‟quvchilar o‟zlari ijro etadilar va undan yashashga, mexnat
qilishga, go‟zallik yaratish va go‟zallikni qadrlashga o‟rganadilar. Kuylovchida
go‟zallik tuyg‟usini taraqiy etmay turib, manaviy va nafosat tarbiyasini
shakllantirib bo‟lmaydi. Musiqa, qo‟shiq ana shunday nozik tuyg‟ularni
shakllantirish bilan tarbiyalashni qudratli vositalardan bir. Prizidentimiz I.A,
Karimov o‟zining “ Yuksak manaviyat yengilmas kuch “ asarlarida shunday
deydilar “ Agar insonni qulog‟i yengil – yalpi, tumtaroq ohanglarda o‟rganib qolsa
bora bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketisi uning manaviy
alamini sohta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Ohir oqibatta bunday
odam “ Shoshmaqom “ singari milliy merosimizni noyob durdonalarini ham
Motsert, Bedxoven, Bax, Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk
kompozitorlarni asarlarini ham tushunish qiyin bo‟ladi “ deb aytganlar. Shuning
uchun biz o‟quvchilarga Sh.Yormatovni “ Oy Vatanim “, N. Norhojayevni “ Salom
bergan bolalar “, K. Kenjayevning “ Biz tinchlikni istaymiz “, D . Omonullayeva
“ Nisholda “, A. Mansurovning “ Quvnoq bolalar “ kabi asarlarini o‟rgatishimiz
kerak bo‟ladi. Men pedagogic amaliyot davrida maktabda o‟tgazilgan sinov
ishlaridan dars ishlanmalarini etiboringizga havola qilmoqchiman.
Darsimning mavzusi :
Qo‟shiq : “ Oy Vatanim “ Shermat Yormatov musiqasi, musiqa savoli
“ Repriza “ haqida malumot musiqa tinglash : “ Sust hotin “ o‟zbek xalq kuyi.
Darsning maqsadi :
1. Tarbiyaviy: qo‟shiq kuylash orqali o‟quvchilarda vatanga muhabbat, Uning
go‟zalligi, uning qadrliligi haqida har bir inson vatanni sevishi undan baxra olishi
uning go‟zalligi asrash o‟ziham vatanni gullab yashnashi uchun o‟z hissasini
qo‟shib borishi haqida.
2. Ta‟limiy : bu qo‟shiqda bir jumlani ikki marta takrorlash joylar “ Repriza “
diyilishi birinchi marta bir jumlani mp( metso piano ) , ikkinchi marta shu jumlani
mf ( metso forto ) qilib kuylash lozimligi haqida tushuntiraman.
3. Rivojlantuvchi: qo‟shiq kuylash vositasida o‟quvchilarning musiqiy o‟quvini
o‟stirish , nafosat tarbiyasini qo‟shiq mazmuniga qarab shakllantirish , badiiy ijro
ettirish, vakal – xor malakalarini rivojlantirish.
Darsni jixozlash :
Musiqa cholg‟u asboblari reja – kanspekt ko‟rgazmali qurollar, kompyuter, sleyt
tarqatma, materiallar, kompozitorlarni rasmi.
Do'stlaringiz bilan baham: