Mavzu qо‘rg‘oshinli rudalarni boyitish texnologiyasi


Tekeliysk qо‘rg‘oshin – rux boyitish fabrikasi



Download 302,62 Kb.
bet4/6
Sana06.01.2022
Hajmi302,62 Kb.
#321882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza 40

Tekeliysk qо‘rg‘oshin – rux boyitish fabrikasi

Bu fabrikada bir tekis va sochma qо‘rg‘oshin – rux rudalari boyitiladi. Asosiy rudali minerallar pirit, galenit va sfalerit bо‘lib ulardan tashqari pirrotin va slanets uchraydi. Puch tog‘ jinslari esa asosan oxaktosh va dolomitdan iborat. Og‘ir aralashmalarda boyitishdan avval ruda 40 mm gacha maydalanib boyitish bо‘limiga jо‘natiladi. U yerda sinflarga ajratilgach -40+10 mm о‘lchamdagi ruda aylanma saralagichga (vintli) kelib tushadi. Maydalangan og‘ir fraksiya spiralli tasniflagichning qumi bilan birga yanchish va flotatsiya jarayoniga jо‘natiladi.

Leninogorsk fabrikada boyitish og‘ir aralashmalarda aylanma saralagichlarda olib boriladi ( -100+12 mm sinfda). Aralashmaning zichligi 2,8 g/sm3. Yengil fraksiya KMD -2200 maydalagichida maydalanadi.

Jadval 22. Tekeliysk koni rudalarini og‘ir aralashmadagi boyitish natijalari, %






Og‘ir fraksiya

Yengil fraksiya

Boshlang‘ich mahsulot (-40+10 mm sinf)

Mahsulotning chiqishi

62,4

37,6

100

Tarkibi :

Qо‘rg‘oshin

Rux

2,95


4,07

0,41


0,55

1,99


2,75

ajralishi:

Qо‘rg‘oshin

Rux

92,3


92,5

7,7


7,5

100


100


Chet el fabrikalarida qirqdan ortiq og‘ir suzpenziyalarda boyitish jixozlari bо‘lib ularda qо‘rg‘oshin – rux rudalarining yigirma foizi boyitiladi. Og‘ir aralashmadalarda boyitish maydalangan rudaning о‘lchami 50-70 mm dan katta bо‘lmagan va 3-4 mm dan kichik bо‘lmagan rudalar uchun mо‘ljallangan. Ferrosilitsiyning sarfi 200 g/t. Bunda aralashmaning zichligi 2,65 -2,95 g/sm3. Og‘ir aralashmalarda boyitishda chet el fabrikalarda Vemko va Dryuboy saralagichlari qо‘llaniladi. Gidrotsiklonlarning diametri esa 300-750 mm bо‘lib konus burchagi 20-40 0 bazan esa 60 0 ni tashkil etadi. Qо‘rg‘oshin – rux rudalarini flotatsiya usulida boyitish kо‘pgina fabrikalarda selektiv sxema yordamida amalga oshiriladi, ya’ni yanchilgan ruda avval qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga kelib tushadi va unda sfalerit chо‘ktiriladi. Keyin sfalerit mis kuparosi bilan faollantirilib, rux flotatsiyasi о‘tkaziladi. Rux boyitmasini sifatini oshirish maqsadida boyitish yuqori ishqoriy muhitda olib boriladi va pirit chо‘ktiriladi. Agar ruda tarkibida piritning miqdori yuqori bо‘lsa, rux flotatsiyasi chiqindisidan pirit boyitmasi ajratib olinadi. Kollektiv – selektiv flotvsiyasi sxemasi kamroq qо‘llanilab uning asosiy sababi qо‘rg‘oshin – rux boyitmasini ajratish jarayonining qiyin ekanligida va qо‘shimcha desorbsiya jarayonini kiritishda. Kollektiv – selektiv sxema Olmaliqning mis – qо‘rg‘oshin boyitish fabrikasi (MDH), “Anakonda” fabrikasida (AQSH) va “Zinkgrivan” (Shvetsiya) va Yaponiyaning ba’zi bir fabrikalarida qо‘llaniladi. Yanchishning I bosqichidan keyin ruda zarrachalarining 0,074 mm о‘lchamdagi miqdori 60 % ni (ba’zan 45-50%), II bosqichidan keyin esa 85-90 % ni tashkil etadi. Kollektiv – selektiv flotatsiyada olingan kollektiv boyitma ajratishdan avval qayta yanchiladi. Qо‘rg‘oshin – rux flotatsiyasida tо‘plovchi reagent sifatida asosan ksantogenatlar (butil, etil, izopropil) va xar xil ditiofosfatlar ishlatiladi. MDH boyitish fabrikalarida butil ksantogenati yoki uni etilksantogenati bilan aralashmasi 2:1 nisbatda, hamda izopropil ksantogenati bilan butil ksantogenati aralashmasi keng qо‘llaniladi. Kо‘pik hosil qiluvchi reagentlar sifatida chet el fabrikalarida metilizobutilkarbinol keng qо‘llaniladi. Bu reagent AQShda 69 % qо‘rg‘oshin – rux rudalari uchun ishlatilsa, 18 % qо‘rg‘oshin – rux rudalari uchun Daufros 250 va 19 % li Daufros 10-12 yordamida olib boriladi. AQSH da kо‘pik hosil qiluvchi reagentlar 68 g/t ni, Kanadada 18 g/t ni tashkil etadi. Muhit sozlovchi reagent sifatida soda (1400 g/t) va oxak (1000g/t) ishlatiladi. Kollektiv – selektiv sxemasida qо‘rg‘oshin – rux boyitmaini ajratishdan avval desorbsiya jarayoniga kelib tushadi. Bunda natriy sulfidining sarfi 4-6 kg/t ni tashkil etib, pulpadagi qattiq qismi 60-65 % ni tashkil etadi. Dessorbsiyadan sо‘ng sfalerit chо‘ktirilib, galenit boyitiladi. Qо‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindisi oxak qо‘shilib mis kuparosi bilan aktivlashtirilgach, tо‘plovchi reagent qо‘shilib sfalerit boyitiladi. Rux flotatsiyasi chiqindisidan ishqoriy muxit neytral xoliga keltirilgach, tо‘plovchi reagent va kо‘pik xosil qiluvchi reagent qо‘shilib, pirit boyitmai ajratib olinadi. MDH ning Sentralnaya boyitish fabrikasida tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri boyitish sxemasi qо‘llaniladi. Bu fabrikada Axobinsk , Novo-Monastirsk va Verxniy koni rudalari qayta ishlanadi. Ulardagi oksidlangan va sulfidlangan rudalarni tuzilishiga qarab rudalar sulfidli (Verxniy koni rudalari ) va aralash (Axobinsk va Novo-monostirsk koni rudalari) rudalarga bо‘linadi. Sulfidli rudalarda qо‘rg‘oshinning 91 %i galenitdan iborat bо‘lib, ruxni 93 %i marmatit va kleofandan iborat. Aralash rudalarda esa ruxning oksidli turi 28 % gacha, qо‘rg‘oshin esa 29 % gacha bо‘lib, asosan serussit va plyumboyarozitdan tashkil topgan. Galenit va sfaleritdan tashqari massiv rudalar pirrotin va pirit, arsenopirit, xalkopirit va markazitdan iborat. Qо‘shimcha minerallar kvars va karbonatlar, xlorit va seritsitdan iborat bо‘lishi mumkin. Ruda tarkibida asosiy qimmatbaxo minerallardan tashqari flotatsiya jarayonini murakkablashtiruvchi anglezit, piromorfit, xalkozin, kovellin, smitsonit va temirgidroksidi uchraydi. Ruda (4.3 rasm) tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri selektiv flotatsiya sxemasi yordamida boyitiladi. Bunda butil va izopropil ksantogenatlari aralashmasi 2:1 nisbatda va zaxarli bо‘lmagan kо‘pik xosil qiluvchi reagent dimetilftalat (D-3),hamda sulfidizatsiya jarayoni uchun natriy sulfid va ammoniy sulfat aralashmasi ishlatiladi. Qо‘rg‘oshin boyitmai tarkibidagi pirit miqdorini kamaytirish maqsadida birinchi qо‘rg‘oshin flotatsiyasidan avval pulpaga rN 9- 9,5 bо‘lgunga qadar oxak qо‘shiladi va keyin rN ni 8-8,3 gacha kamaytirish maqsadida alyuminiy sulfat qо‘shiladi . Sulfidli rudalarni boyitish natijasida 74-75 % qо‘rg‘oshin bо‘lgan qо‘rg‘oshin konsetrati (ajratib olish foizi 93-95 %) hamda tarkibida 52-53 % rux bо‘lgan rux konsetrati (ajratib olish foizi 92-94 %) ajratib olinadi. Aralash rudalarni boyitish natijasida 60-62 % qо‘rg‘oshin boyitmai (ajratib olish foizi 87-90 %) va 46-47 % rux konsetrati (ajratib olish foizi 80-82 %) ajratib olinadi. Fabrikada pulpa tarkibini о‘zgarishiga qarab reagentlar avtomatik ravishda uzatiladi .


Download 302,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish