Ziryanovsk boyitish fabrikasi
Bu fabrikada og‘ir aralashmalarda boyitish sxemasi yordamida sulfidli va aralash polimetal rudalar qayta ishlanadi. 14 mm gacha maydalangan ruda spiralli tasniflagichga kelib tushadi. Undan keyin esa asosiy korpusni bunkeriga jо‘natiladi. -50+14 mm о‘lchamdagi mahsulot konusli saralagichga boyitish uchun jо‘natiladi. Yengil fraksiya esa 37-45 % ni (aralash rudalar uchun) va 23-35 % (sulfidli rudalar uchun) tashkil etib, yuvilgach bunkerga jо‘natiladi va yо‘l qurulishi uchun ishlatiladi. Og‘ir fraksiya esa yuvilgach konusli maydalagichda 16 mm gacha maydalanib, yanchish jarayoniga jо‘natiladi. G‘alvirda yuvilgan alarashma magnitli saralagichga jо‘natiladi. Tasniflagich va gidrotsiklon quyilmasi diametri 30 m bо‘lgan quyultirgichga suvsizlantirish uchun jо‘natiladi. Undan chiqqan quyilma g‘alvirga jо‘natiladi va qum qismi esa kollektiv shlamli flotatsiyaga jо‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |