Mavzu qо‘rg‘oshinli rudalarni boyitish texnologiyasi



Download 302,62 Kb.
bet1/6
Sana06.01.2022
Hajmi302,62 Kb.
#321882
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza 40


39-40-41-MAVZU

Qо‘rg‘oshinli rudalarni boyitish texnologiyasi.

Qо‘rg‘oshinli konsentratlariga qо‘yiladigan texnik talablar
Reja:

1. Qо‘rg‘oshin minerallarining flotatsiyalanish xususiyatlari

2.Polimetall rudalarni boyitish texnologiyasi

3. Qо‘rg‘oshin minerallarining boyitish fabrikalari xakida malumotlar

4.Qо‘rg‘oshinli konsentratlariga qо‘yiladigan texnik talablar


Galenitning flotatsiyalanish xususiyatiga undagi qо‘shimchalar, ayniqsa mis katta ta’sir kо‘rsatadi. Galenitni tazyiqlovchi modda sifatida natriy sulfidi tuzi qо‘llanadi (1kg/t gacha). Bunda sulfid ionlar galenitni sirtidagi ksantogenatni eritib, sulfidli plyonka hosil qilib, tо‘plovchi reagent bilan reaksiyaga kirishmaydi. Undan tashqari galenit xrom tuzlaridan K2SrO4 va K2Sr2O7 bilan yaxshi tazyiqlanadi. rN 5-6 bо‘lganda galenit yaxshi tazyiqlanadi. Bulardan tashqari galenitni tazyiqlanash uchun oksidlovchilar (kaliy permanganati, kalsiy xlorit tuzi), qaytariluvchilar (natriy sulfit, tilosulfat, oltingugurt (VI) oksidi, sulfit kislota) yoki ularni temir tuzlari bilan aralashmasi (temir kuporosi, temir xlorit tuzi) qо‘llaniladi. Natriy tiosulfati yoki natriy sulfitining temir kuporosi bilan birga aralashmasi galenitni tazyiqlanash uchun mis – qо‘rg‘oshin boyitmalarini ajratishda ishlatiladi. Galenitni shu bilan birga fosforli tuzlar yordamida ham tazyiqlash mumkin (NaH2PO4, Ca(H2PO4) va H3PO4). Shu bilan birga organik birikmalardan kraxmal yoki dekstrin ishlatilishi mumkin. Sianid birikmalar galenitga ta’sir etmaydi. Shu sababli qо‘rg‘oshi-mis boyitmalarini ajratishda mis minerallarini tazyiqlashda ishlatiladi. Qо‘rg‘oshinning oksidli minerallari, ayniqsa serussit va anglezit sulfgidril tо‘plovchilari bilan yaxshi flotatsiyalanmaydi va shu sababli qо‘rg‘oshinning oksidli minerallari sulfidlash jarayonidan keyin ksantogenatlar bilan flotatsiyalanadi. Qо‘rg‘oshinning oksidli minerallari sulfidlanish xususiyatiga qarab uch guruxga bо‘linadi. Yengil sulfidlanuvchi va yengil flotatsiyalanuvchi (serussit, anglezit va vulfenit); yomon sulfidlanuvchi va kuchsiz flotatsiyalanuvchi (mimetizit va piromorfit); sulfidlanmaydigan va flotatsiyalanmaydigan (plyumboyarozit). Oksidli qо‘rg‘oshin minerallarini yog‘ kislotali tо‘plovchilari bilan, ya’ni olein kislotasi, natriy oleat, naten kislotasi va boshqa tо‘plovchilar bilan flotatsiyalash mumkin. Qо‘rg‘oshin rudalarini flotatsiyasining texnologik sxemalari va reagentlari sulfidli qо‘rg‘oshin rudalarini boyitish texnologiyasi, galenitni katta – kichikligi, flotatsion faolligi va undagi piritni miqdoriga bog‘liq. Kombinirlangan gravitatsiya – flotatsiya usuli yirik zarrachali galenit uchun qо‘llanilib, uning asosiy qismi og‘ir aralashmalarda boyitiladi yoki chо‘ktirish mashinalarida ajratib olinadi. Bu usul faqatgina qо‘rg‘oshin uchungina emas, balki qо‘rg‘oshin – rux va polimetall rudalar uchun ham qо‘llanadi. Galenitni flotatsiyalash ishqoriy muhitda, ya’ni rN 8 – 8,5 ga teng bо‘lganda ksantogenatlar yoki ditiofosfatlar ta’sir etib (30-60g/t) olib boriladi. Ruda tarkibidagi pirit esa sianid tuzlari yordamida yaxshi chо‘ktiriladi. Agar ruda tarkibida temir oksidlari va gidroksidi uchrasa, texnologik sxemaga boyitish stoli va magnitli saralash jarayonlari kiritiladi. Bu kabi kombinirlangan sxema Marokkoning “Mibladen”, GFR ning “Mexernix” fabrikalarida qо‘llanadi. Galenit va serussitni ketma – ket flotatsiyalash Fransiyaning “San-Sebastyan” va Shvetsiyaning “Vassbo” fabrikalarida qо‘llaniladi. Chet el fabrikalarida qо‘rg‘oshin asosan sulfidli rudalardan ajratib olinadi va faqat 25% gina aralash va oksidli rudalardan ajratib olinadi. MDH davlatlarida aralash va qiyin boyitiluvchi rudalar 45 % ni tashktl etadi.

MDH davlatlarining Oltintopgan, Konsoy konlari, Yugoslaviyaning Trepcha, AQShning Lourens, Bingel, Yaponiyaning Oxori, Kameoka, Shvetsiyaning Ammaberg koni rudalari skarnli rudalar tipiga kiradi.

Metasomatik konlarida qо‘rg‘oshin va ruxning nisbati 1:0,8. Bu kabi rudalar AQSH ning Ledvill, Yurika, Tinnik konlarida uchraydi. Puch tog‘ jinslari kvars, dolomit, kalsit, ankerit va sideritdan iborat. Kolchedan rudalar uning tarkibida pirit va pirrotinni miqdori yuqoriligi, mineral tarkibining murakkkabligi bilan farq qiladi.

Kolchedan rudalar polimetal rudalar hisoblanib, qо‘rg‘oshin va ruxdan tashqari mis, oltin, kumush, kadmiy, kamroq miqdorda qalay, vismut va undan tashqari barit, flyuorit va pirit uchraydi. Qо‘rg‘oshin va ruxning nisbati 1:2,4. Yirik kolchedan konlariga Tishinsk , Xolodninsk, Orlovsk, Ozyornoye, Jayronsk, Folizchaysk (MDH), Broken Xil va Maunt Ayza (Avstraliya), Tsumeb (Namibiya), Rammelsberg (GFR) konlari kiradi. Stratiform tipidagi rudalar qо‘rg‘oshin va ruxning miqdori yuqoriligi bilan farq qiladi (1:1nisbati). Masalan, Kanadadagi Sallivan ruda tarkibida 8,3% qо‘rg‘oshin va 6,5% rux, Marokkoning Bubekker koni rudasida 6% qо‘rg‘oshin va 5% rux bor. Bu rudalardagi puch tog‘ jinslari kvars, dolomit, barit hisoblanib, rudali minerallar esa galenit, sfalerit, oksidlangan zonada esa anglezit, serussit va smitsonitdan tashkil topgan. Borevsk va Mirgalimsaysk jilali konlarida qо‘rg‘oshin va ruxning nisbati 1:1,5. Bu tipdagi rudalar Mizursk fabrikasida qayta ishlanadi. Bolgariyaning 40 ta konida jilali rudalar uchraydi.



Rasm 33 Kombinirlangan (gravitatsiya-flotatsiya) boyitish sxemasi


Polimetall rudalarni boyitish texnologiyasi

Qо‘rg‘oshin – rux rudalari keng tarqalgan bо‘lib, taxminan 1300 ta konlardan qazib olinadi. Qayta ishlanayotgan qо‘rg‘oshin rudalarini 55 foizi MDH davlatlariga tо‘g‘ri keladi. Bu rudalar tarkibining xilma – xilligi va qо‘rg‘oshin – ruxning miqdori bilan bir – biridan farq qiladi. Oxirgi yillarda qiyin boyitiluvchan nokonditsion muvozanatdan tashqari rudalarning soni kо‘payib ketdi va qayta ishlanayotgan rudalarda qо‘rg‘oshinning miqdori 20 % ga kamaydi. Qо‘rg‘oshin – rux rudalari konlarini quyidagi turlarga bо‘lish mumkin :

-metomorfik jinslar. Bu rudalarda 6-15% qо‘rg‘oshin, 5-12% rux, hamda mis, kumush va oltin bor. Bu turdagi konlarga Kanadadagi Sallivan koni va Avstraliyaning Broken-Xill konlari kiradi.

Kolchedanli konlarda ruda tarkibida 25% gacha qо‘rg‘oshin va 2-22% rux uchraydi. Bu konlarga Kanadaning Flin-Flon, Peruning Syerro-de-Pasko, Birmaning Boudvin, Avstraliyaning Maunt-Ayza va Shvetsiyaning Boliden konlari kiradi.

Karbonat jinslar. Bu turdagi rudalar tarkibida qо‘rg‘oshin 1-17 % ni, rux 2-27% ni va mis 2-5 % ni tashkil etadi. Bu konlarga Ispaniyaning Reotsin, Kanadaning Paint-Point, Peruning Morokocha, Namibiyaning Tsumeb konlari kiradi. Uning tarkibida 0,4-3% qо‘rg‘oshin va 1,4% rux bor.

Tomirsimon konlar. Rudada qо‘rg‘oshin tarkibi odatda 1-20%, rux 1,5-19%ni tashkil etadi. Bu rudalar AQSH ning Ker-d’Alen, Italiya va Yaponiya konlarida qazib olinadi. MDH fabrikalaridan Olmaliq, Tekeliysk, Karagaylinsk, Mizursk, Salairsk, Krasnorechinskiy va boshqa boyitish fabrikalarda har xil tarkibli qо‘rg‘oshin – rux tarkibli rudalar qayta ishlanadi.



Download 302,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish