Mavzu: qoraxoniylar davlati


II-BOB QORAXONIYLAR DAVLATINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI



Download 51,22 Kb.
bet8/10
Sana31.12.2021
Hajmi51,22 Kb.
#239810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi

II-BOB QORAXONIYLAR DAVLATINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI.

2.1.1.Qoraxoniylar davlatini ijtimoiy -siyosiy tuzum munosabatlari va qoshin tuzulishi.

Qoraxoniylar sulolasi o’z hukmronligi davrida o’z mulklarining sarhadlarini bir necha marta o’zgartirganlar. Misol uchun, Movarounnahrni egallaguniga qadar ularning mulklari Tyanshang’ va uning atroflarini egallagan bo’lsa, XI asr boshlariga kelib esa, hoqonlik chegaralari Amudaryogacha yetgan. Oradan ko’p o’tmay ular SHarqiy Turkistonda Qashg’arni va Xo’jandni qo’lga kiritdilar. Bunday holat xoqonlikning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga ham katta tahsir ko’rsatdi. Har bir viloyat mahlum siyosiy mavqega ega bo’lgan holda xondan kichikroq unvonga ega elekxonlar tomonidan boshqariladigan bo’ldi.

Qoraxoniylar Somoniylarga nisbatan davlat tuzilishi va boshqaruvining boshqacharoq shaklini joriy etishga harakat qildilar. Ularda hokimiyat Somoniylarda bo’lgani kabi to’g’ridan – to’g’ri otadan o’g’ilga emas, balki akadan ukaga, keyin sulolaning navbatdagi avlodiga o’tgan. Ayrim olimlarning fikricha, Qoraxoniylarning butun urug’i hokimiyatning jamoaviy sohibi bo’lib, sulolaning har bir ahzosi o’zining kelib chiqishiga ko’ra, umumsulola mulkining bir qismiga dahvo qila olardi. Bu mulkning asosiy qismi sulolaning uch ulug’ ahzosi – ulug’ xoqon, kichik xoqon va elekxonga tegishli hisoblanardi. Ularning har qanday avlodiga o’z hissasi ajratib berilar edi.

Qoraxoniylarda ikkita poytaxt: Qashg’ar va Balasog’un mavjud edi. Ulug’ xon shu shaharlardan biridagi qarorgohda o’tirgan. Ulug’ xoqon yoki ulug’ xon «xoqon ul-xoqon» degan nomda yuritilib, arab manbalarida mazkur unvon «sulton us-salotin», fors manbalaridagi «shahanshoh» ga mos keladi. Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg’achxon tomonidan uning o’g’illari, qarindoshlari o’rtasida taqsimlangan edi. SHu bois yer-mulk masalasida ota-o’g’il, amaki va jiyanlar o’rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy tahsir ko’rsatib turgan.


21

Qoraxoniylar Movarounnahrni bosib olgach bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta o’zgarishlar sodir bo’lganligi bois, Qoraxoniylar o’z davlatlarini viloyatlarga bo’lib tashlaydilar. "Movarounnahr viloyatining poytaxti Samarqand, Farg’onaniqi esa O’zgand shahri edi. Bu viloyatlar boshliqlari elekxonlar bo’lib ular Qashg’ardagi tamg’achxonlarga rasman tobe edilar. Qoraxoniylar davrida Samarqand elekxoni ancha kuchayib ketgan edi. Samarqand elekxoni saroyida Somoniylar davlatida bo’lgani kabi vazir, sohibi-borid, mustavfiy, hojib, rais-muxtasib kabi amaldorlar bo’lgan. Tahkidlash joizki, Qoraxoniy hukmdorlari musulmon ulamolari bilan qalin aloqa o’rnatganlar va imomlar, sayidlar, shayxlar, sadrlarni qo’llab-quvvatlaganlar".

Keyingi davrdagi yangi adabiyotlarda tahkidlanishicha, Qoraxoniylar davrida jamiyatning ijtimoiy bo’g’inlari qo’yidagicha bo’lgan:

- xoqon-ul-xoqon, Qoraxon yoki tamg’achxon. Eng yuqori oliy mansabdor shaxs, davlatning oliy boshlig’i;

- elekxon – xoqondan keyingi pog’onada turuvchi shaxs. U xoqon xonadoniga mansub bo’lib, viloyatning mulk sohibi hisoblangan;

- iqtadorlar – Qoraxoniylar davlatining tayanch qatlami, asosiy harbiy harakatlarni amalga oshiruvchi jangovar bo’linmalar vakillari. Ular o’z martabalariga ko’ra bir-birlaridan farq qilganlar, yahni, tumanlar va viloyatlar miqyosidagi iqtadorlar;

- islom dinining peshvolari – imomlar, sayidlar, shayxlar,

Sagdullayev A., Ergashev F. O`zbekiston tarixi fani bo`yicha o`quv qo`llanma. – T., Yangi asr avlodi.


sadrlar. Qoraxoniylar musulmon ruhoniylari bilan yaxshi munosabatlarda bo’lgan bo’lib, davlatda diniy mansabdorlarning mavqei nihoyatda baland edi;

- hokimlar, raislar, muhtasiblar va boshq. Bunday shaxslar Somoniylar davrida bo’lgani kabi Qoraxoniylar davrida o’z mavqelarini mustahkam saqlab olgan ijtimoiy qatlamlardir;


22

- tariqchilar – ziraotkorlarning turkcha nomi, qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan tahminlovchi asosiy ijtimoiy qatlam;

- hunarmandlar va savdogarlar – turli xildagi xo’jalik ahamiyatiga molik ashyo, asbob-anjomlar yasovchi, tayyorlovchi mehnatkash qatlam va savdo-sotiq bilan mashhur bo’lgan shahar ahli;

- ko’chmanchilar – chorvadorlar yahni, chorva mahsulotlarini yetishtiruvchi asosiy qatlam.

Qoraxoniylar davrida oddiy xalq – budun, soliq to’lovchi fuqaro – raiyyat, qabila boshliqlari – bek, savdogarlar – sart deb atalgan.

Somoniylar davrida juda katta kuchga ega bo’lgan dehqonlar, yirik yer egalari Qoraxoniylar darvida o’z tahsirini asta-sekin yo’qota bordilar. Qoraxoniylar bu yirik yer egalarining mulklarini, yerlarini zo’rlik bilan tortib olib o’zlariga xizmat qiluvchi amaldorlarga, lashkarboshilariga bo’lib berdilar. SHartli ravishda foydalanishga berilgan bu yerlar tarixiy manbalarda «iqta» deb, yer egalari esa «iqtador» deb atalgan. Asta-sekin bu yerlar avloddan avlodga meros sifatida o’tadigan bo’ldi. Iqta bilan bir paytda yerga egalik qilishning boshqa turlari ham mavjud edi.

Bu davrda Movarounnahrda dindorlarga va diniy idoralarga tegishli vaqf yerlari ham ancha kengaydi, bu esa ijtimoiy-iqtisodiy hayotda musulmon dindorlarining o’rni katta bo’lganligidan dalolat beradi.

"Bu davrda yerga egalik qilishning xususiy shakli oz miqdorda bo’lsa-da saqlanib qolindi. Bu yerda shuni unutmaslik kerak-ki, Movarounnahrga Qoraxoniylar bilan birga juda ko’p ko’chmanchi turkiy qabilalar kirib keldi. Ushbu qabilalar Qoraxoniy hukmdorlarga ko’rsatgan xizmatlariga qarab katta-katta yerlarga, serunum yaylovlarga egalik qildilar. Bahzi hollarda sug’oriladigan dehqonchilik yerlari ham ko’chmanchilarga yaylov tariqasida bo’lib berilgan".

Sug’oriladigan hududlardagi qishloq aholisi qishloq jamoasi sharoitida yashar edi. Barcha ko’rinishdagi yerlardan shariat qonunlariga binoan davlat xazinasiga turli soliqlar, xiroj va boshqalar olingan. Yerga yollanib ishlovchi kishilar – mardikorlar
23

faoliyati ham saqlanib qolindi. Ular iqtadorlar va kichik yer egalari qo’lida mahlum shartlar asosida ishlaganlar.

Qoraxoniylar davrida Movarounnahr, umuman, O’rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari keng ildiz otgan bo’lsa-da, lashkarboshilar, amaldorlar va yirik dindorlar uylarida qo’llar ham ishlagan. Bu o’sha paytda «uy qo’llari» saqlanib qolganligini bildiradi.

Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Тошкент.: Шарқ, 2000. – Б. 124.

Qoraxoniylar O’rta Osiyoni bosib olganlaridan so’ng bu yerdagi iqtisodiy-madaniy hayotda ham katta o’zgarishlar ro’y berdi, shaharlar taraqqiy etdi, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi. SHaharlar rivojlanishi bilan shahar aholisi soni ham ko’payib bordi. Somoniylar davridayoq yirik shaharlar bo’lgan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Qoraxoniylar davrida yanada kengaydi. Bu shaharlar endi uch qismli-ark, shahariston, rabotdan iborat shaharlarga aylandi. Ularda yangidan-yangi hashamatli imoratlar paydo bo’ldi. Bu imoratlar o’z tuzilishi va naqshlari bilan ajralib turadi.

Qoraxoniy hukmdori SHams-ul-Mulk Buxoro yaqinida saroy barpo etdi va bundan tashqari Hazara qishlog’i yaqinida Dingaron masjidini va uning yonida Barati Malik nomi mashhur bo’lgan karvonsaroy qurildi. Buxoro shahrida 1127 yilda Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat – Minorai Kalon barpo etildi. Vobkentda XII asr oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II tomonidan qurilgan minorani, Jarqo’rg’onda (Surxondaryo viloyati) Qoraxoniylar tomonidan 1108-1109 yillarda bunyod etilgan minorani, shuningdek Buxorodagi Namozgohni va Attoriy masjidini alohida tahkidlab o’tish mumkin.

Qoraxoniylar davrida Samarqand shahrida ham ko’plab binolar barpo etildi. Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalar shundan dalolat beradi. Lekin, mug’ullar istilosidan so’ng bu binolar vayronaga aylandi.

Termiz shahri XI-XII asrlarda ancha rivojlandi, yangi mustahkam mudofaa devori qurildi, bu yerda barpo etilgan Termiz hukmdorlari saroyi ayniqsa mashhurdir. Bu saroyni qazib ochgan arxeologlar turli idishlar bilan birga afsonaviy hayvonlar

24

tasvirlarini ham topishdi. XI-XII asr boshlarida Xorazmda ham ko’pgina binolar qad ko’tardi. Urganchdagi Faxriddin Roziy va SHayx SHarif maqbarasini, ko’plab karvonsaroylarni, Buronqalha, Naifqalha va boshqalarni aytib o’tish mumkin.



SHaharlar taraqqiyoti hunarmandchilikning rivojlanishiga ham olib keldi. Hunarmandchilik taraqqiyoti O’rta Osiyoning foydali qazilmalar, xom ashyo manbalariga boyligi bilan belgilanadi. Hunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar edi. O’rta Osiyoning turli joylarida olib borilgan arxeologik qazishmalar va yozma manbalardagi mahlumotlarga qaraganda XI-XII asrlarda shaharlar va bahzi yirik qishloqlarda to’qimachilik, kulolchilik, metall va shisha buyumlari ishlab chiqarishva boshqa hunarmandchilik turlari ancha rivojlangan.

"Xalq amaliy sanhati – mehmorchilikda, metall va sirli sopol idishlarda o’z aksini topdi. Ular turli-tuman naqshlar va tasvirlar bilan bezatilgan. Saqlanib qolgan mehmoriy inshootlar va arxeologlar tomonidan ochilgan shaharlardan olingan mahlumotlar tasviriy sanhatning, naqshinkorlikning o’ziga xos yo’ldan rivojlanib borganligidan dalolat beradi. Mehmoriy inshootlarda kichik g’ishtlardan chiroyli qilib chiqarilgan naqshlar, o’yma naqshlar, turli geometrik shakllar bilan bezatilgan. Islom tahlimotining rasmiy tahqiqiga qaramasdan turli ko’rinishdagi tasvirlar saroylarni bezab turgan. Bu davr shaharlarining yog’och o’ymakorligi ham ancha rivojlangan".

XI-XII asrlarda O’rta Osiyoda tovar-pul muomalasi va savdo-sotiq ham ancha rivojlanadi, nafaqat ichki savdo, balki tashqi savdo ham gullab-yashnadi. Bu o’rinda Xitoyni Volga bo’ylari, SHarqdagi musulmon mamlakatlari va Vizantiya bilan bog’lovchi karvon yo’llarining O’rta Osiyo hududi orqali o’tganligini alohida tahkidlab o’tish lozim. Bu yirik savdo yo’llari O’rta Osiyoning yirik shaharlari – Farg’ona, SHosh, Samarqand, Buxoro, Nasaf, Kesh, Termiz, Urganch, Marv va boshqalar orqali o’tib, ularning savdo markazlari sifatidagi ahamiyatini kuchayishiga, davlatchilik anhanalarining yanada taraqqiy etishiga katta tahsir ko’rsatgan.
Тошкент., Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат миллий нашриёти, 2004. – Б.446.
25


Download 51,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish