I-BOB QORAXONIYLARNI KELIB CHIQISHI HAQIDA ILMIY FARAZLAR.
1.1.Qoraxoniylar davlatini tashkil topishi.
Ta’kidlash joizki, qoraxoniylar davlati tarixshunosligi u qadar boy emas. Tarixchi olimlar qoraxoniylar davlati tarixi hali to‘liq o‘rganilmaganligini ta’kidlashgan. Yusuf Xos Hojibning - Qutadg‘u bilig, Mahmud O‘shiyning - Fatovoi qozixon, Ibn al-Asirning - Al-komil fit-tarix asarida qoraxoniylar tarixi xususida tegishli ma’lumotlar mavjud. XX asr tarixshunosligida O.Pitsak, V.Kochnev, E.A.Davidovich numizmatik materiallar asosida mazkur davr tarixiga oid tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Qirg‘izistonlik olim O.Karaev ilk bora qoraxoniylar davri tarixiga bag‘ishlangan monografiya yaratgan. O‘zbek tarixshunosligida A.Ziyo tadqiqot ishi alohida ahamiyatga ega. B.Mahmudovning nomzodlikdissertatsiyasida Qoraxoniylar davlat boshqaruvi tahlil etilgan.
X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo‘lgan viloyatlarda, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan isyonlar, toju-taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Ettisuv va Qashg‘arda yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalandilar. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu hududlardagi turkiy qabilalar – qarluqlar, chig‘illar, yag‘molar va boshqalar o‘zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar.
Movarounnahr hududlarida o’troq so’g’dliklar bilan bir qatorda ko`plab turk qabilalari ham yashaganlar, ularning ko`pchiligi Shosh va Farg’onada, qisman Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida istiqomat qilar edilar. VIII — IX asrlarda turkiy xalqlar til jihatdan Farg’ona va Shosh hududlarida yashagan so’g’dliklarga o`z ta'sirlarini kuchli bir tarzda o’tkazganlar va bu joylarda turkiylashish jarayoni kuchaygan. Bu hududlardagi turkiylar o’troq xayot kechirganlar. Farg’onada turkiy qarluqlar, Shoshda esa turkiy o’g’uzlar ko’proq bo’lganlar.
6
Kenjida va Shosh oralig’idagi, ya'ni hozirgi Chimkentning janubi-g’arbiy hududlariga kelib joylashganlar. Bular turkiy-o’g’uzlar edilar. Shosh hududlarida turkiy-o’g`uzlar shu darajada ko`p bo`lganki, ularning ta'siri xalq og’zaki ijodida ham o`z aksini topgan. O`zbek xalq og’zaki ijodida o’g`uzlar hozirgi o`zbek xalqining o’tmish avlod-ajdodlari sifatida talqin etiladi.
O’g`uzlar turkmanlarning ham avlod-ajdodlaridirlar. XII asrning birinchi yarmida yashagan Sharof az Zamon Tohir Marvaziyning so`zlariga qaraganda o’g`uzlar islom dinini qabul qilganlaridan so`ng Xorazm hududlaridan «kofirlar»ni pecheneglar yashayotgan hududlarga siqib chiqarib bu yerlarni o`zlari egallab oladilar. Tarixga turk-manlar nomi bilan kirgan bu saljuqiy qabilalar somoniylarning ruxsati bilan Buxorodan janubdagi hududlarni egallab,
ko’chmanchi-chorvadorlar sifatida xayot kechirganlar. Shoshni turklashtirishda o’g`uzlar bilan bir qatorda turgashlarning o’rni katta bo`lgan.
X asrda turkiy qabilalarning asosiy qismi Ettisuv hududlarida yashaganlar. So’g’dliklar turkiy xalqlar orasiga o`zlarining oliy darajadagi dehqonchilik va hunar-mandchilik texnikasini tarqatganlar. «Buyuk ipak yo`li» savdosida ular faollik ko`rsatganlar. So’g’dliklar turkiy xalqlarga va aksincha turkiy xalqlar so’g’dliklarga o`zaro ta'sir o’tkazganlar, ular bir-birlariga qiz berib, kiz olganlar, quda-anda bo’lib ketganlar. So’g’dliklar turk tilida so`zlashga o`ta boshlab, asta-sekin o`z ona tillarini unuta boshlaganlar. Mashhur turkshunos olim Maxmud Koshg’ariy XI asrda arab tilida «Devoni lug’atit turk», ya'ni «Turkiy so’zlar lug’ati»ni yaratgan. Bu asarda olim qanday qilib turk tilining so’g’dliklar tiliga nisbatan ustivor mavqega ega bo`la borishi va so’g’dliklar o`z ona tillarini yuqota borganliklari jarayonini ustalik va moxirlik bilan bayon qiladi. Albatta so’g’dliklar jismonan yo’q bo’lib ketmadilar, balki ular turkiylar bilan aralash-quralash bo’lib, qorishib — assimilyasiyalashib ketdilar. Bu jarayon ayniqsa X asrda somoniylar davrida juda avj olgan.
7
beradilar. Maqdisiyning ko`rsatishicha, Isfijob yaqinidagi Beruket va Boloj shaharlarida turkman-o’g`uzlar joylashganlar. Lekin turkman-o’g’uzlarning asosiy qismi ilgarigidek Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar. Faqat, 894 yildan so`ng qipchoqlar o’g`uzlarni Emba daryosidan shimolroqdagi tumanlardan siqib chiqargach, u xalqning bir qismi xozirgi Turkmaniston hududlariga o’tgan. Ko’chmanchi o’g`uzlar Turkmanistonning bir qancha hududlarida, shu jumladan Forobiy tumanlarida yashaganlar.
Xullas, Markaziy Osiyoning Oltoy janubiy yonbah’ridan boshlanadigan sharqiy qismida, Markaziy Tyanshan etaklarida, Chu, Ili, Norin, Talas daryolari vodiylari bo’ylab to Pomirgacha bo`lgan hududlarda turk tilida so`zlashuvchi xalqlar uyushmasi yashagan. "Bu turk qabila va urug’lari turlicha nomlar bilan atalsalarda, sheva jihatidangina bir-birlaridan farqlanadigan yagona bir tilda so`zlashar edilar, ularniig turmush tarzi, madaniyatlari, urf-odatlari bir xil bo`lgan. Ularning jismoniy baquvvatligi, tabiatidagi xususiyatlari, mardligi, urushqoqligi va epchilligi ham bir-biriga o’xshagan. Bu turkiy xalqlar tashqi ko`rinish jihatidan ham bir-birlariga o’xshaganlar: «Yuzlari yalpoq ko`zlari kichik burni tekis, siyrak sochli, temir qilichli va kora libosli» kishilar edilar. Bu ulkan xalqlar tarkibiga turk qabila va urug’larning juda ko`plab guruhlari: qarluqlar, chigillar, yag’molar, tuhsiylar, uyg’urlar, o’g’uzlar, qipchoqlar kirgan. Bular orasida eng yirigi va madaniyatlisi qarluqlar bo`lgan".
Qarluqlar 766 yilda turgashlarni tor-mor keltirib, Ettisuvni egallaganlar. Qarluqlar tug’risidagi to’la ma'lumotni, noma'lum muallif tomonidan yozilgan «Hudud al Olam» kitobidan olish mumkin. Unda xikoya qilinishicha, qarluqlar yashagan mamlakat barcha turk xalqlar yashagan mamlakatlarga nisbatan eng boy va go`zal bo`lnb, oqar suvlari ko`p va iqlimi mo’tadil bo`lgan ekan. Bu mamlakatda qishloqlardan tashqari shaharlar ham bo`lgan. Qarluqlar xo’jalik ishlarining turi bo’yicha bir-birlaridan farq qilganlar:
1
davlatining tashkil topishida hal qiluvchi rolni qarluqlar oynadilar va bu davlat koshinining asosiy o`zagini ham ular tashkil qilar edilar. Qarluqlar xukmron bo`lgan hududlarda chigillar (jikil), tuxsilar, argular, yag’molar, turgashlar, qipchoqlar, yabakular, qaylar, jumullar, o’g`uzlar yashaganlar. Toroz tumani va Issikko’l atroflarida joylashgan chigillar V. V. Bartoldning xulosalariga qaraganda koraxoniylar davlatida katta mavqega ega bo`lganlar. Ular madaniy taraqqiyotda qarluqlarga qaraganda orqada bo`lsalarda, boy, to’q va farovon turmush kechirganlar, chorvachilik bilan shug’ullanganlar, quyosh va yulduzlarga topinganlar.
Turk qabilalarining uchinchi yirik guruhi yag’molar edi. Ular Issiqko’lning janubida, Qashg’ar shaxri tomonlarda, ko`pchilik qismi esa, Sharqiy Turkiston hududlarida ko’chib yurgan. «Hudud al Olam» muallifi yag’molarni madaniyatda orqada qolgan qabila edi, deb yozadi. Ular dehqonchilik bilan shug’ullanmaganlar, asosan yovvoyi xayvonlarni ovlash va mo’ynachilikni o`zlariga kasb qilib olganlar. Shu bois yag’molarning yilqi va qo’y podalari ko`p bo`lgan va boshqa turk qabilalariga nisbatan nihoyatda jasur va jangovarliklari bilan mashhur bo`lganlar. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida boshqa turk qabilalari: qipchoqlar, kenjeklar, yabakular, qirg’izlar, o’g’uz-turmanlar, qanchlar va so’g’dlilar ham faol qatnashganlar.
"Qoraxoniylar davlati X asrning ikkinchi yarmida tashkil topdi. «Qoraxoniylar» so`zi qarluqlarning islomni qabul qilgan boshliqlaridan biri-Satuk Abdulkarim Qoraxon unvonidan kelib chiqqan. («Qora» so`zi qadimdan turkiy xalqlarda buyuklik va ulug’lik ma'nosida ishlatilgan.) Xon hokimiyati madaniyatli bo`lsada, qarluqdar yoki chig’illar qabilasidan chiqmadi, balki madaniy taraqqiyotda orqaroqda bo`lgan yag’molardan chiqqan. Buni Satuk Abdulkarim Qoraxonning yag’molar urug’idan bo`lganligi ham ochiq-oydin isbotlaydi. “Majmuayi at tavoriy” («Tarixning qisqartma to’plami») asarining muallifi «yag’molar podshoni bug’raxon deydilar» deb aniq aytgan fikrlari yuqoridagi xulosalarni to’la tasdiqlaydi. Markazi ikki shahar: Qashqar va Bolosog’undan iborat bo`lgan yangi davlatning birinchi podshosi «Bo’g’raxon» unvonini olganligi tavsiflidur. Bu xonning turkcha
10
nomi bizgacha etib kelmagan va biz uni «Bo’g’raxon» unvoni bilan yoki arabcha-turkcha Xorun ibn Satuk nomi bilan bilamiz. Lekin hujjatlarda faqat Bo’g’raxon deb keltirilgan. «Bo’g’ra» so`zi yarmolar tushunchasi bo’yicha qo’sh o’rkachli tuya ma'nosini anglatadi".
Qoraxoniylar sulolasining asoschisi Satuk Bo’g’raxon islom dinini qabul qilgach, yangi turk davlatini barpo qilish ishini boshlab berdi. Uning qachon tug`ilganligi haqida hech qanday ma'lumot yuq. V.V.Bartold bo’yicha Bo’g’raxon 955 yilda Bolosog’unda vafot egtan. Manbalarda keltirilishicha, uning vorislari davrida qoraxoniylar butun Markaziy Tyanshan va Ettisuvni o`zlariga tobe qiladilar, so`ngra Movarounnahr hududlariga etib boradilar.
Азамат Зиѐ. Ўзбек давлатчилиги тарихи. –Т., 2001,143-бет.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |