Mavzu: qoraqolpoqlarning shaharlari va bozorlari



Download 34,38 Kb.
bet2/8
Sana01.07.2022
Hajmi34,38 Kb.
#725691
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QORAQOLPOQLARNING SHAHARLARI VA BOZORLARI

Qoraqalpogʻiston, Qoraqalpogʻiston — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi Suveren demokratik Respublika. 1924-yil 14-oktabrda bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 mlnga yaqin (2021). Respublika poytaxti – Nukus shahri. Tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti
Nukus (qoraqalpoqchaNókis) — Qoraqalpogʻistondagi shahar (1932-yildan). Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda. Janubiy va sharqda Kizilqum choʻli bilan oʻralgan, shim,da Amudaryo deltasi bilan tutashgan. Oʻrtacha temperatura iyunda 27°, yanvarda —6,9°, maksimal temperatura 46°, minimal temperatura —32°. Temir yoʻl stansiyasi. Nukusdan Toshkentgacha 1265 km. Kizketgan kanali shaharni kesib oʻtadi. Maydoni 222 km². Aholisi 471 ming kishi (2021); 1974-yilda 88 ming; 1959-yilda 39 ming; 1939-yilda 10 ming); aso-san, qoraqalpoqlar; qozoq, oʻzbek, rus, koreys, tatar va boshqa ham yashaydi.
Hozirgi Nukus shahri oʻrnida 19-asrning 60-yillarida Nukus ovuli mavjud boʻlgan. 1870-yillardan Nukusda savdo-sotiq, hunarmandchilik, baliq ovlash birmuncha rivojlandi, Amudaryoning suv rejimini nazorat qiluvchi gidrologik post qurildi. Rus mustamlakachilari Nukusda 1500 kishilik garnizonni joylashtirdi. 1877-yil rus-tuzem maktabi ochildi. 20-asrning boshlarida Nukus ovuli Amudaryoningoʻng so-hilidagi eng yirik aholi punktlaridan biriga aylandi. 1930-yil 12-noyabrda Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasining markazini Toʻrtkoʻl shahridan Nukus ovu-liga koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1932-yildan Nukusda yangi maʼmuriy binolar qurilishi boshlandi. 1939-yil Respublika maʼmuriyati Nukus shahriga koʻchib oʻtdi.
Shaharning yirik avtomagistrallar tu-gunida joylashgan-ligi unda koʻp tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab boʻldi. Nukus— Toshhovuz, Nukus — Gʻuzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 km li Navoiy — Nukus temir yoʻli, Nukus bilan Xoʻjay-lini bogʻlaydigan koʻprik. 243 km uzunlikdagi Tuyamoʻyin — Nukus, 112 km uzunlikdagi Nukus, Taxtakoʻpir suv uzatish tarmoutari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoklari mavjud. Nukusda yurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari, gʻisht, kabel zavodlari, marmar ishlab chiqarish boʻyicha Qoraqalpoq—Italiya qoʻshma korxonasi bor. Non, goʻsht, sabzavot-konserva, tegirmon va aralash yem kombinatlari, sut-yogʻ, vino-araq va pivo-limonad zavodlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor oʻsimligi ildizini yigʻadigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mah-suloti AQSh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga Oʻzbekistonda yagona oʻtov-kigiz kombinati, tikuv va trikotaj fabrikalari, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati kiradi. Shaharda oʻzbek, qoraqalpoq. va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa kombinati, mebel fabrikasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yoʻllari orqali Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Yevropa mamlakatlari shaharlari, Moskva, Mineralniye Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Kiziloʻrda, Toshkent va Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bogʻlangan.
Nukus — Qoraqalpogʻistonning ilm-fan va madaniyat markazi. Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasilarining Qoraqalpogʻiston filiallari, Oʻzbekiston terivenerologiya, onkologiya, shuningdek, chorvachilik ilmiy tadqiqot institutlarining filiallari, pedagogika instituti, Qoraqalpogʻiston universiteti, oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari ishlab turibdi. 43 umumiy taʼlim maktabi, bir qancha akademik litsey, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 18 oʻrta maxsus bilim yurti, klub, kutubxona, sport majmui, madaniyat saroyi mavjud. Nukus telestudiyasi oʻz dasturlaridan tashqari, Moskva, Toshkent, Ashxobod telekoʻrsatuvlarini ham olib koʻrsatadi. Shaharda 5 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va konsultatsiya punktlari, tez yordam stansiyasi bor. Ber-daq nomidagi davlat musiqali drama teatri, filarmoniya, sanʼat muzeyi va boshqa muzeylar, 5 ming tomoshabinga moʻljallangan amfiteatr, markaziy stadion, 57 sport zali, botanika bogʻi mavjud.
Nukus Oʻzbekistonning yosh va kurkam shaharlaridan biri. Shahar 1936-yilgi bosh plan asosida kurila boshlagan edi. 1965-yil yangi bosh plani boʻyicha (meʼmor A. M. Erkaboyev va muxandis T. Z. Ziyoyev) Nukus koʻkalamzorlashtirilgan toʻgʻri toʻrtburchakli dahalarga boʻlingan.
Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qoʻshayotgan munosib hissasi va shaharning 70 yilligi munosabati bilan Nukus "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi (2003-yil 11-sentabr).[2]

Download 34,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish