Qog’ozni buklash usullari. Qog’oz varag’ini teng ikkiga buklash uchun qog’oz stol yoki parta ustiga qo’yiladi va o’ng hamda chap qo’l bilan qog’ozni o’ziga yaqin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog’ozning shkalalar qirrasi bir-biriga to’g’ri tushishi kerak. Ana shundagina qog’oz qo’l bilan tekislanib, uning bukilgan chizig’i ustidan tirnoq bosib yurgiziladi.
Qog’ozning bukilgan joyidan yirtish. Qog’ozni yirtishdan oldin, avval ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni o’ng qo’l bilan bosilib, chap qo’l bilan bukilgan chiziqdan sekin yirtiladi. Bukilgan chiziq ustiga chizg’ichni qo’yib ham qog’ozni yirtish mumkin.
Qog’ozning bukilgan joyini pichoqda qirqish. Qog’ozni buklab, tirnoq bilan bosib, iz tushiriladi. SHundan so’ng uning buklangan chizig’ini o’ng tomonga qilib stol ustiga qo’yiladi. Uning orasiga pichoq tiqib yurgiziladi.
Qog’ozni chiziq bo’yicha pichoq bilan qirqish. Qog’ozni pichoq bilan qirqish uchun taglik taxta bo’lishi kerak. Belgilangan qiziq ustiga cheti chiqqan metall chizg’ich, falьtslineyka qo’yilib chap qo’l bilan qattiq bosiladi. Pichoq o’ng qo’lda bo’lib, ko’rsatkich barmoq pichoqning o’tmas tomoni ustida, katta va o’rta barmoq esa pichoq yuzini ushlab turadi. Pichoqni o’zi tomonga egib, pichoq bilan taglik taxta o’rtasida 35-45 radiusli burchak hosil bo’lishi lozim, uning damini chizg’ichga tegizib, faqat bir tomonga, pastga qarab yurgiziladi. Pichoqning uchi o’tkir bo’lishi kerak, bo’lmasa u qog’ozni yirtib yuboradi. Kesayotganda pichoqni qattiq bosmaslik kerak, aks holda u chetga chiqib ketishi mumkin. Qog’ozni bu usulda qirqishda uning o’ng tomonini pastga qilib qo’yiladi. Qog’ozni taxta ustida takror-takror qirqish oqibatida turli qiziqlar qolmasligi uchun uning ustiga karton yoki bir necha qavat qog’oz solinadi. Karton ham huddi shu usulda kesiladi, biroq u qalin bo’lganligi va pichoqni bir marta o’tkazganda qirqib bo’lmasligi tufayli pichoqni ayni bir chiziqning o’zidan, faqat yuqoridan pastga tomon takror-takror yurgiziladi. Kartondan doira qirqib olishda kruglorezdan foydalaniladi. Kruglorezda radiusni belgilab, uning bir uchidagi teshikka bigiz o’rnatiladi. Bu bigiz kartonni teshib taxtaga o’tkaziladi. Kruglorezning ikkinchi uchiga pichoqning uchi o’rnatiladi va shu orqali kartondan doira qirqiladi. Kartonni bukish uchun unga chiziq bo’yicha pichoq yoki o’tmas predmet bilan o’yiq chiziq hosil qilinadi. Ana shundan so’ng kartonni o’yiqning qarama-qarshi tomoniga qo’l bilan buklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |