QOG’OZ VA KARTON BILAN ISHLASH
Qog’oz va karton rangi shakli, o’lchami, tekis yoki g’adir-budirligiga qarab maqsadli malakalarni o’stirib borish kerak. O’yinchoklar turli esdaliklar, ko’ylak uchun bezaklar tayyorlash‚ unda rang va shakllarni uyg’unlashtirish xaqidagi tushunchalar kengaytirib boriladi. Qog’oz va karton bilan ishlaganda andoza, kaychi, yelimdan to’g’ri foydalanish, malakalarni mustahkamlash kerak. Qog’ozni qo’l bilan yirtish, turli shakllar yasashni o’rgatish lozim. Zar qog’ozdan har xil munchoklar, stol teatri uchun personajlar, o’rdakcha, xo’roz, chiburashka qo’g’irchoklarning ko’ylagini gul va naqsh bezaklar bilan bezash, kompozitsiya tuzish, mebellar‚ qutichalar yasash o’rgatiladi. Undan Qadimgi Misr davlatlaridayok hosh yozish uchun varaklar tayyorlashgan. Papirusning ichki qismlari yupqa plastinkalarda kesiladi, ishqallanadi, shu bilan bir vaqtda ularni suv bilan ho’llab, bolg’acha bilan urib turiladi, chyotka tagiga qo’yiladi, keyin quyoshda quritiladi, hosil bo’lgan varaqalarni yopishtirib, o’ramlarga bog’lanadi. Xozirgi kunlarda qog’oz tayyorlash usuli xitoylardan o’zlashtirilgan. Maydalangan o’simlik-paxta, bambuk, somondan quyuq massa qaynatilgan, unga har turli kleylar qo’shilgan. Keyin uni taxtakachlab qog’oz varaqlari tayyorlangan. Xitoydagi qog’oz tayyorlash san’ati keyinchalik Yaponiya va boshqa davlatlarga o’tgan.
XII- asrda kelib ko’chiruvchilar orqali qog’oz Yevropaga yetib keladi. XV-asrda tipografiya kashf yetilishi bilan qog’oz tayyorlash va uni amalda qo’llashda oldinga qadam qo’yildi. XIX asrda turli shakl va sifatli qog’oz tayyorlashda hamma mexanik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar yaratiladi. Xozirgi qog’ozni tsellyulloza, ignabargli daraxtlardan va bir yillik o’simliklardan tayyorlanadi.
Qog’oz - bu biz har birimiz kunda to’qnashib turadigan, eng kerakli va qiziqarli materiallardan biridir. Biz kunda kitob va gazetalarni o’qiymiz, ko’chalarda yorkin plakatlar, kontsertlarda, vistavkalarga bizni taklif qilayotgan afishalarni uchratishimiz mumkin. Agar diqqat bilan atrofga nazar tashlasak, qog’ozning har xil buyumlar yasash uchun ham ishlatilganini ko’ramiz.
Qog’oz bilan ishlash uchun qaychi bilan kley kerak‚ xolos. Qog’oz berilgan shaklni saqlab turish, o’yinchoqlar yasash uchungina emas, boshqa kundalik xayotimizda kerak bo’ladigan buyumlar yasash imkonini beradi. Biz bolaligimizda qog’ozni kashf etganmiz, uning xayratlanarli xususiyatlaridan zavqlanganmiz. Mohir qo’llarda oddiy daftar varag’i gulga, likopchaga, suvda suzadigan qayiqchaga aylanadi. Oxirgi paytlarda qog’oz mutaxassislarni o’zining dekorativ hususiyatlari bilan diqqatni jalb qilmoqda. Uning rangi, turli xususiyatlari xar xil dekorativ ishlarda katta ahamiyatga ega, ayniksa, mozaikada. Pedagoglarning hisoblashicha, qog’oz qanchalik xilma xil va rang-barang bo’lsa, shunchalik u bilan ishlash qiziqarliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |