Mavzu: qog’oz va kartonni qayta ishlash texnikasi


Qirqilmagan oynani hoshiyalash



Download 4,92 Mb.
bet19/21
Sana26.06.2022
Hajmi4,92 Mb.
#705887
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Когоз билан ишлаш

Qirqilmagan oynani hoshiyalash. Oyna parchalarining shakli har xil. Uchburchak shaklini olamiz. Uni hoshiyalash uchun uchta teng o’lchamdagi karton bo’lagi olinadi. 2-kartonda oyna shakliga muvofiq tuynuk, 3-kartonda esa uchburchak shaklidagi tuynuk qirqiladi. 1-karton ustiga 2-karton qo’yiladi, so’ngra tuynukka eksponatni joylashtirib, uning ustiga oyna qoplanadi va nihoyat 3-karton qo’yilib, odatdagidek hoshiyalanadi.
Yassi buyumlarni hoshiyalash. Qog’oz va karton orqali bajariladigan rasmli ko’rgazmalarni hoshiyalash. Maktabgacha ta’lim muassasalarida guruh xonalarini, musiqa, sport xonalarini jihozlash uchun hoshiyalash orqali tayyorlangan ko’rgazmalar bilan bezatish mumkin. Har bir yasalgan ish chiroyli, talabga javob beruvchi, insonni o’ziga jalb qiluvchi bo’lishi lozim. Yasalgan har bir ishni hoshiyalash‚ uni o’z o’rnida ishlata olishga harakat qilish tarbiyachi oldida turgan asosiy vazifadir.
Hoshiya tayyorlash uchun kerakli ish qurollari: rangli qog’oz, baxmal qog’oz yoki zar qog’oz, PVA yelimi, leykoplaster, oyna izolentalari, karton qog’oz kerak bo’ladi. Hoshiyalashning 3 turi mavjud. Bular:
1. To’rtburchaksimon hoshiyalash
2. Yaxlit hoshiyalash
3. Uchburchaksimon hoshiyalash
Hoshiyalashda ish quyidagicha bajariladi. Buning uchun 1 sm qalinlikdagi kesma ya’ni tasmacha qirqib olinadi. Yana ikki buklab yoniga‚ so’ngra tepa-pastki qismiga yopishtiriladi. Bunday hoshiyalash to’rtburchaksimon hoshiyalashdir. Uchburchaksimon hoshiyalashda uchta tomoniga tasmachalar yopishtiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasadagi katta stendlarni yaxlit hoshiyalashda katta xajmli karton ustini qog’oz bilan to’liq o’raladi. Qog’ozning xajmi 1sm ortiqcha bo’lishi kerak, so’ngra ilgak yasaladi. Ilgak kanopli, qalin to’qish ipidan, sun’iy ipdan foydalanish mumkin. Hoshiyalashda biz faqat osish uchun emas balki tirgovuchli ushlagichlardan foydalanishimiz mumkin.


Qog’oz va kartondan tayyorlangan materiallarni ta’mirlash. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qog’oz va kartondan yasalgan qo’llanma, kitob‚ ko’rgazma niqoblar, tarqatma materiallar oddiy usulda ta’mirlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari adabiyotlardan keng foydalanadilar. Bu adabiyotlardan foydalanish jarayonida yillar davomida kitob, qo’llanmalar yaroqsiz holatga kelishi mumkin. Albatta bolajonlarimizning eng sevimli kitoblarini ko’z qorachig’iday avaylab asrash tarbiyachilar va ustozlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Yaroqsiz holga kelgan qo’llanmalar, kitob, ko’rgazma, tarqatma materiallarni oddiy usulda ta’mirlash mumkin.
Ta’mirlash uchun kerak bo’ladigan jihozlar: karton qog’oz, doka, PVA yelimi, qaychi, bigiz va № 10-raqamli oq ip, vatman yoki oq qalin qog’ozlar.
Ta’mirlashni bajarish: barcha yirtilgan, yaroqsiz xolga kelgan kitoblarni oldindan ajratib olinadi. So’ngra ularning qaysi tomoni yaroqsiz ekanligi aniqlab olinadi. Agar kitobning ichidagi bo’lagi muqovadan ajralib ketgan bo’lsa, unga dokani ikki qavat qilib 1,5-2 sm oralig’ida tasmacha shaklida qirqilgandan keyin uni kitob muqovasiga PVA yelimi bilan biriktirib muqovaga surtib yopishtiriladi. Ichki varaqning o’ng tomon usti va chap tomon tag qismiga oq qalin alьbom varag’i tasmacha qilib, kesib yopishtiriladi va kitobni og’ir narsa tagiga bostirib qo’yiladi. 2-3 soatdan so’ng kitobdan foydalanish mumkin bo’ladi.

Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish