Gruntovka va shpaklyovka qilish. Qog’ozdan yasalgan narsalarni gruntovka qilishda duradgorlik yelimi, alif moy yoki suyultirilgan moy bo’yoqlardan foydalaniladi. Yelimli grunt tez quriydi, anchagina pishiq plyonka hosil qiladi. Bu grunt bo’yoqni yaxshi oladi. Qog’oz buyumlar agarda ular moy bo’yoq bilan bo’yaladigan bo’lsa‚ gruntovka qilinadi, chunki gruntovkasiz moy bo’yoq qog’oz sathda bir tekisda yotmaydi. Nam ta’sirida bo’luvchi buyumlarni gruntovka qilishda oliy navli oliy moydan sof miqdorda moybo’yoq qo’shib foydalaniladi. Agarda qog’oz yoki karton yaxshi yelimlanmagan bo’lsa‚ ularni bir necha marta gruntlashga to’g’ri keladi, har bir takroriy qatlam oldingisi to’liq qurigandan keyin beriladi. Papьe-mashedan qilingan narsalar grunt sifatida yelim, moy, emulьsiya, levkos gruntidan foydalanib‚ bir necha marta gruntovka qilinadi. SHpaklyovka qilish buyum sathidagi notekisliklar, chuqurchalarni maxsus yog’langan shpaklyovka bilan to’ldirishdir. SHpaklyovka va gruntovka natijasida predmetlarning bo’yaladigan sathi silliq yanada pishiq va mustahkam bo’ladi. Sayqal berishda xilma-xil badiiy va dekorativ bo’yoqlar: moy, akvarel, appilin, yelim, emalь, guashь, rangli va qora tushь, spirtli, nitrotsellyuloza laklaridan foydalaniladi. Mum, parafindan jilosiz ishlov berishda, shuningdek‚ qog’ozni namga bardoshli qilishda foydalaniladi. Eritgichlar sifatida skipidar, efir moyi, benzin, kerosin, vino spirti, atseton va maxsus chiqariladigan sanoat erituvchilaridan foydalaniladi. Agarda buyum sathiga yaltiroq fon beriladigan bo’lsa‚ bo’yoqning erituvchisi sifatida lak, olif moyi yoki akvarel bo’lsa skipidar ishlatiladi. Olif moyi pishirilgan zig’ir yoki kanop yog’i bo’lib, unga pishirish jarayonida tayyor olif moyining ko’rinishini tezlashtiruvchi katalizatorlar qo’shiladi. SHuning uchun katalizatorlar quritkich yoki sikkativlar degan nomni olgan. Emalь bo’yoqlar quriganda mustaxkam yaltiroq qatlam berishi kerak. Pastasimon konsistentsiyadagi yelimli bo’yoq guashь deyiladi. Guashь bir tekisdagi shaffof bo’lmagan sof tondagi qatlam bilan qog’ozni yaxshi bo’yaydi. Netrobo’yoqlar tez yonuvchandir, shuning uchun ulardan foydalanilmaydi. Sanoat ishlab chiqaradigan moybo’yoqlar asortimentga juda boydir. Qog’oz va kartonni laklashda mebelь (№ 4-4a)‚ kanifolь (№7) laklaridan foydalangan yaxshi. Moyli lakning bronza kukuniga aralashtirishga mo’ljallangan maxsus navi bronza tinkturasi deyiladi.
Qog’ozni bo’yashda quyidagi bo’yoq va moslamalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |