Mavzu: Qish ertagi. Aziza Ahmеdova Maqsad



Download 117,34 Kb.
Sana03.01.2020
Hajmi117,34 Kb.
#31908
Bog'liq
Mavzu

Mavzu: Qish ertagi. Aziza Ahmеdova

Maqsad:

• O'quvchilarni matnni ifodali o'qishga o'rgatish, nutqlarini o'stirish.

• Qish faslining fazilatini o'quvchilarga yetkazish, ekologik tarbiya berish.

• O’quvchilarning yil fasllari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, televizor, radio va boshq.) foydalana olish va xulosa chiqarish;

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompentensiyasi:milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash;

Milliy va umummadaniy kompentensiyasi: badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish;

Ijtimoiy faol fuqarolik kompentensiyasi: badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan qahramonlarning insoniylik va boshqa fazilatlariga qarab turib xolis mulohaza yurita olish;

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompentensiyasi: mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish, kundalik faoliyatida uchraydigan turli chizmalardan foydalana olish.

Jihoz: Qish fasliga oid rasm.

Dars jarayoni:

1-bosqich. O'qituvchi uyga yod olish uchun berilgan «qish zavqi» she'rini so'raydi. O'quvchilarga qo'shimcha tarzda savollar beriladi. O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi. 10 daqiqa

2-bosqich. O'qituvchi yangi mavzu yuzasidan qisqacha kirish suhbati o'tkazadi, «Qish» matnini o'qib beradi. O'qituvchi matn mazmunini so'zlab, matnni qismlarga bo'ladi va bir nechta o'quvchiga navbati bilan o'qitiladi. 14 daqiqa

Qish ertagi

Aziza Ahmedova

Havo soviy boshlabdi. Sovuqdan dir-dir qaltirashayotgan Tipratikan, Qizilishton, Quyon bir joyga yig'ilishib, suhbat qurishibdi.

- Men qiladigan ish qolmadi, endi dam olaman, -debdi Qizilishton.

- Nimalar deyapsan, hoy o‘rmon shifokori? - debdi unga Quyon. - Nahotki endi hech kimga keraging bo‘lmasa?

- Voy, voy, voy! Shunaqa ham sovuq bo'ladimi? Endi qayerda jon saqlaymiz? - deya baroqdum Tulki kelib qolibdi. Tulkini ko'rgan Quyonning jon-poni chiqib ketibdi.

Shu payt Qizilishton:

- Kelinglar, bir boshpana topaylik. Qishga kerakli hamma narsani uyga tashib olamiz-da, yashayveramiz, - debdi.

- Yaxshi taklif. Lekin sizlarning qishga g‘amlagan-laringizni biz, tulkilar yeya olmaymiz. Bizga tovuq, quyon, qush go‘shti kerak, - debdi-da Tulki ko'zlarini surbetlarcha Qizilishtonga qadabdi. So‘ng sal nariroq-qa, quyuqroq butalarning orasiga kirib olibdi. Qizilishton ham qaltirab, qo'nib turgan butog‘iga mahkamroq yopishib olibdi va:

- Yegulik haqida keyin o‘ylab ko‘rarmiz. Hozir boshpana masalasini hal qilaylik, - deb Quyonga o‘girilibdi.

II

Quyonlar yig'ilishibdi. Tulki ham ayyor do‘stlari bilan shu yerga kelibdi. Ular birgalikda boshpana qidira boshlabdilar.

Tulkilardan biri boshqasining qulog'iga shivirlabdi:

- Qornim rosa ochdi-da, kel, mana bu quyonlardan bir-ikkitasini maza qilib tushiraylik.

- Yo‘q, yo‘q, biroz chidash kerak. Keyin hammasi o’zimizniki boladi, - debdi boshqa Tulki.

Hayvonlar oxiri bir g‘or topishibdi. G‘or kichikroq ekan, bu quyonlarga yoqib tushibdi.

- Yaxshi joy ekan, faqat biz sig'amiz, bolalari bilan Tipratikanga ham joy topilib qoladi. Biroq Tulkixon bilan do‘stlari o‘zlariga boshqa joy topishlari kerak, shekilli, -debdi Quyon.

Quyonning gapiga Tulkining jahli chiqibdi. Ammo jahli chiqqanini sezdirmabdi.

- G‘orni biz ham izlashdik. Quyonlar biroz siqilishsa, joy hammamizga yetadi, - debdi Tulkivoy.

- Yaxshisi, g‘orga sizlar avval kirib ko’ringlar, sig‘sanglar sizlarniki, - debdi Quyon. Bu gap tulkilarga ma’qul kelibdi. Ular g‘orga kirishibdi. Qancha siqilishmasin, tulkilarning hammasi g‘orga sig‘mabdi. Buni ko‘rgan Tipratikan tulkilarga qarab:

-Quyonning gapi to‘g‘ri. Sizlar o‘zingizga joy topishingiz kerak, boshqa iloj yo‘q, - debdi.

1. Jonivorlar nima haqida suhbatlashibdi?

2. Tulkilar qanday ayyorlik qilmoqchi bo'lishibdi?

Ertakning I va II qismini rollarga bolib o‘qing.





III

Tulkilar boshqa chora topolmabdilar. To‘planishib shivir-shivir boshlabdilar. Tulkilarning biri:

- Rozi bo‘laveraylik. Hozircha topgan-tutganlarini g‘orga tashib, eshikni bekitib o‘tiraverishsin. Birdan hujum qilamiz, hammasini qo‘lga tushiramiz, - debdi ikkinchi Tulki.

Maslahatga berilib ketgan tulkilar daraxtdagi Qizilishtonni sezmay qolibdilar. O‘rmon shifokori tulkilarning hiylasidan Tipratikanni xabardor qilibdi.

- Bekorga shivirlashmayotgan ekan-da! - debdi Tipratikan Qizilishtonga rahmat aytib. - Yaxshiyam bizni xabardor qilding. Bechora quyonlar ayyorlarning qo‘liga tushishlariga sal qolibdi-ya!

IV

Tipratikan quyonlarni qutqarish yo‘lini o‘ylay boshlabdi. U quyonlardan birini g‘orga kiritibdi va tuynuk bor-yo‘qligini bilib chiqishni aytibdi. Quyon tashqariga ochilgan kichikroq tuynuk borligini bilib chiqibdi.

Shu payt baroqdum kelib:

- Biz rozimiz. Mayli, bu boshpana quyon do'stlarimizga bo‘la qolsin. Biz tashqarida g‘orni qo‘riqlab yashayveramiz, - debdi.

Quyonlar rozi bo‘lishibdi. Tipratikan esa quyonlarga tuynukdan tezroq chiqib ketishni ishora bilan tushuntiribdi.

Quyonlar g‘orga kirib, yashirin yo‘ldan chiqib keta boshlabdilar. Quyonlarning oxirgisi chiqib bolgach, Qizilishton Tipratikanga ko‘z qisibdi. Tipratikan tulkilarga g‘orga kirishga ruxsat beribdi.

Tulkilar bir-birlarini bosib-yanchib ichkariga otilibdilar. Biroq u yerda hech kirn yo‘q ekan. Aldangan, och tulkilar g‘azab bilan tashqariga chiqishibdi. Bu hiylani Tipratikan o‘ylab topganini darhol bilishibdi. Ular Tipratikanga tashlanishibdi. Tipratikan esa g‘ujunak bo‘lib olib, ular tomonga dumalabdi. Xullas, ayyor baroqdum va do'stlarining maqsadi amalga oshmabdi. Ular sharmanda bo'lib, jo‘nab qolibdilar.

- Yashavor, Tipratikan og‘ayni! - debdi Qizilishton. - Dono maslahating bilan quyonlarning hayotini saqlab qolding.

- Ha, do‘stim, sen ham katta yordam berding, -minnatdorchilik bildiribdi Tipratikan. - Agar biz birlash-maganimizda, ayyorlar ustidan g‘alaba qilolmas edik.

3-bosqich. O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga bo'ladi.

Guruhlarga topshiriq.

Guruhlarga A4 formatli qog'oz tarqatiladi. Qog'ozning o'rtasida-gi doirachaga «Qish» so'zi yozilgan bo'ladi.

O'quvchilar bu doirachadan chiziqlar chiqarib, uning to'g'risiga qisqa, qish faslini ifodalovchi so'zlami yozish topshirig'ini oladilar. Masalan: «Qish sovuq»...

Taqdimot. Guruhdan bir o'quvchi chiqib, guruh ishini taqdimot qiladi. 15 daqiqa

O'qituvchi o'quvchilar bilan birga darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar ustida ish olib boradi.

Muhokama:

• Qish fasli sizga yoqadimi? Nima uchun?

• Mashg'ulot sizga yoqdimi?

• Qish faslida tabiatda yana qanday o'zgarishlar bo'ladi? Matnga qo'shimcha qiling.

• Siz qish faslida bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?

5 daqiqa


Kengaytirish. «Qish» mavzusiga oid rasm chizib kelish topshiriladi.

Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga ko'ra ball qo'yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va natijalar e'lon qilinadi. 1 daqiqa
Download 117,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish