Qandag‘och (Alnus) turkumi. Turkumning vakillari daraxt yoki buta o‘simliklaridir. Barglari oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi. Guli ayrim jinsli, bir uyli, shamol vositasida changla- nadi.
Daryo bo‘ylarida o‘sadigan turlarining mevasi suv toshqini vaqtida suvga tushib tarqalishi mumkin. Mevasi mayda, bir urug‘li yassi yong‘oqcha, qanotcha va uchki tomonida qurib qolgan ustunchaning qoldig‘i bor. Yong‘og‘i to‘kilib ketsada, qubbachalari daraxtda ko‘p vaqt saqlanib turadi, to‘kilgan urug‘lari qulay
sharoitda unib chiqadi. Daraxt tez o‘sadi, birinchi yil o‘q ildiz, so‘ngra yon ildizlar chiqaradi. Ildizda tuganaklar hosil bo‘lib, ularda atmosfera azotini to‘plovchi mikroorganizmlar rivojlanadi. Bu tuganaklar dukkakli o‘simliklar ildizidagiga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Ulardagi mikroorganizmlar erni strukturasini yaxshilashda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |