II Asosiy qism
2.1 Qayindoshlar (Betula-ceae)
oilasi vakillari daraxt va buta o‘simliklardir. Barglari oddiy tuzilgan, cheti yirik yoki mayda tishchali, patsimon tomirli yonbargchali mayda, tez to‘kilib ketadi. Barglari navbat bilan joylashadi. Oilaning turlari ayrim jinsli, guli bir uyli. Mevasi quruq yong‘oq shaklida. Oiladagi turkum turlarining mevasi morfologiyasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Jumladan, qayin va qandag‘och turkumlariga mansub daraxtlarning mevasi mayda yong‘oqchadan iborat bo‘lib, pardasimon qanotchalari bor. Grab va o‘rmon yong‘og‘ining mevasi qanotchasiz bo‘lib, hidli. Oila tarkibidagi qayin (Betula), qandag‘och (Alnus), grab (Carpinus), o‘rmon yong‘og‘i(Corylus) turkumlari ayniqsa, diqqatga sazovor.
Do'stlaringiz bilan baham: |