Grab (Carpinus) turkumi. Bu turkumga po‘stlog‘i silliq, kulrang tusli, shox-shabbasi siqiq, serbarg, kurtaklari o‘tkir uchli daraxtlar kiradi. Barglari oddiy, oval shaklida, cheti mayda va yirik tishchali, patsimon tomirli. Gullari ayrim jinsli, bir uyli o‘simlik. Mevasi bir uyali, bir urug‘li, yong‘oqchadan iborat bo‘lib, bir tomonga egik, bo‘yiga chiziqli. To‘nkasidan ko‘karadi. Ildizidan bachkilaydi va parxish yo‘li bilan ko‘payadi.
Yog‘ochi og‘ir, qattiq, oq-qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish rangda, undan turli yog‘och asboblar tayyorlanadi, jumladan, vint, teshik g‘ildirak, pona hamda turli asboblarga dasta ishlanadi, duradgorlik ishlarida foydalaniladi.Turkumning 20 ta turi bo‘lib, ular mo‘’tadil iqlimli zonaning shimoliy xududlarida tarqalgan. MDH da 4 ta turi uchraydi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari – Oddiy grab (Carpinus betulus L.), Sharq grabi (Carpinus orientalis Mill.), Кavkaz grabi (Carpinus caucasica Gross.) kabi turlari hisoblanadi.
O ddiy grab (Carpinus betulus L.) daraxtning balandligi 25 m ga yaqin, tanasi qirrali, po‘stlog‘i tiniq kulrangda.
Do'stlaringiz bilan baham: |