Mavzu: Qanotli hasharotlar kenja sinfi ( Pterygota )
Reja:
Beshiktervatarsimonlar va termitlar
To‘g‘ri qanotlilar turkumi
Teng qanotli xartumlilar turkumi
YArimqattiq qanotlilar turkumi
Beshiktervatrsimonlar turkumi
Bular ancha yirik yirtqich, tanasi cho‘ziq, boshi harakatchan, qanoti va qorinchasi katta, oldingi oyoqlari yirtqichlikka moslashgan ushlovchi tipda bo‘ladi, og‘iz apparati kemiruvchi tipda.
Tanasining rangi yashash muxitiga mos (yashil ba’zida jigarrang) bo‘lganidan dushmanlaridan yaxshi ximoyalanadi. Tuxumlarini ooteka ichiga joylashtirib qo‘yadi. Voyaga etgan beshiktervatar va uning lichinkalari turli hasharotlar bilan oziqlanadi.
18 - rasm. Beshiktervatarsimonlar turkumi.
Tropik mamlakatlarda uchraydigan yirik turlari hatto qushlar, sudralib yuruvchilar va baqalarga ham xujum qila oladi. Beshiktervatarlarni 2 mingdan ortiq turi ma’lum. Rossiyada 20 ga yaqin turi uchraydi.
Vakil oddiy beshiktervatar ko‘proq daraxtlarda uchraydi, rangi yashil, kattaligi 40-70 mm. Orqa oyoqlari soni uchida ingichka tikanchalari bor. Oddiy beshiktervatar ba’zan ikkita avlod beradi.
Termitlar turkumi Ular asosan tropik qitalarda tarqalgan jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlardir. Boshi prognatik, qanotlari pardasimon, oyoqlari yuruvchi tipda, panjalari to‘rt bo‘g‘imli.
Ularning jamoalarida 100 minglarcha (ba’zida milliongacha) individlar bo‘lib, har bir kaloniyada bitta urg‘ochi (ona yoki poshshosi) bir necha erkak va ko‘p ishchi va askarlari bo‘ladi.
Ishchi termitlarda jinsiy organlari rivojlanmagan. Kattaligi 8-12 mm. Boshi katta, mo‘ylovi 20-25 bo‘g‘imli, og‘iz apparati kemiruvchi tipda. Ularning vazifasi erkak, urg‘ochi va askarchalarni boqish, uy qurish va lichinkalarni tarbiyalash.
Askarcha. Askarchalarning boshi juda katta, ustki jag‘lari baquvvat bular jamoani boshqa avlodlar yoki chumolilardan himoya qiladi. Kattaligi 14-15 mm.
Erkak termitlar. Tashqi tuzilishiga ko‘ra ishchilarga o‘xshasa ham o‘zicha ovqatlana olmaydi. Bular faqat urg‘ochilarni urug‘lantiradi.
Urg‘ochi yoki poshsho termitlar voyaga etganda qorinchasi katta bo‘ladi. Faqat ishchilarning parvarishi bilan yashaydi. Asosiy vazifasi tuxum qo‘yish. Bir kecha kunduzda 1500 dan 3000 tagacha tuxum qo‘yadi. Agar urg‘ochisi o‘lsa yosh urg‘ochisi uning o‘rnini egallaydi. Termitlarning faqat jinsli individlari qanotli bo‘ladi.
Termitlar tuproq ichida, daraxtlarda, juda murakkab qurilgan uyalarda yashaydi. Termitlar daraxtlarning yog‘ochlik qismi, dag‘al poyalar, ularning qoldiqlari, po‘panaklar bilan oziqlanib, yog‘ochdan qurilgan imoratlarga, telegraf ustunlarga katta zarar etkazadi. 2500 ga yaqin turi ma’lum. Rossiyada 7 turi, O‘zbekistonda turkiston termiti tarqalgan. Bu termit o‘rta osiyoning dasht va saxrolarida qisman aholi yashaydigan joylarda uchraydi. Mo‘ylovlari ingichka, 23-25 bo‘g‘imli. Urg‘ochi ona termit qanotini tashlab yuborgan erkak individlarga o‘xshaydi. Inlarining chuqurligi 8-100 sm. Xatto 12 m gacha borishi mumkin. Turkiston termiti inidan mayning birinchi yarmida uchib chiqadi. Urg‘ochisi uchish vaqtida urug‘lanadi. Bular yog‘och, turli tuman mahsulot qoldiqlari bilan oziqlanib, qurilishlarga va mahsulotlarga zarar keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |