10. Badiiy qadriyatlar – san’at durdonalari bo’lib, insonda estetik hissiyotni uyg’otadi, uni estetik jihatdan tarbiyalaydi. Badiiy qadriyat – mana shu qadriyat mezonlari talablariga javob beruvchi san’at asari, uning asosida go’zallik o’zining ko’plab ko’rinishlarida asosiy mezonlar belgisi hisoblanib, unda estetik va badiiy qadriyatlar ma’lum nisbatlarda bo’ladi. Badiiy qadriyatlarning mazmunida u yoki bu san’at tili yordamida estetik mazmun va badiiy obrazda berilgan “go’o’zallik qonunlari bo’yicha” aks ettirilgan va qayta yaratilgan borliq aks etadi2.
Qadriyatlar tizimida axloqiy tarbiya.
Axloqiy tarbiya nima va u o`z oldiga qanday maqsadni qo`ydi?
Axloq birinchidan, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib qoida bo`lib, bu tartib qoidalarining xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. («Filosofiya», «O`zb», 76. 45-bet). Jumladan, axloq, adolat, saxovat, xalovat, xalollik, rostgo`ylik kabi tushunchalarni o`z ichiga oladi. U bizning kundalik ishlarimizga va ongimizga aktiv ta`sir ko`rsatib, jamiyat nomidan yaxshilik bilan yomonlik, zulm, adolat bilan adolatsizlik o`rtasidagi va insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan ishlarni, xatti-harakatlarni belgilab beradi.
Ikkinchidan, axloq ijtimoiy fikr, ong bilan jamiyatda belgilab qo`yilgan odamlarning xulq atvor qoidalarining yig’indisi bo`lib, ularning bir-birlariga bo`lgan munosabatlarini, majburiyatlarni belgilab beradi. Axloq odamlarni jamiyatdagi axloqiy yetuk, yetuk xulq atvorining namunasi bo`lib hizmat qiladi. Odamlar o`rtasidagi munosabatlarning to`g’ri tashkil etilishini ta`minlaydi. Axloq me`yorlari xulq atvorning boshqaruvchisi sifatida odob me`yorlariga yaqin turadi. Huquqga zid xatti-harakat axloqsiz harakat deb qaraladi. Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli bo`lishga o`rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi.
Uchinchidan, ahloq falsafiy kategoriya bo`lib, har bir shaxs uchun zarur bo`lgan rostgo`ylik, kamtarlik, halollik, oliyjanoblik, mehnatsevarlik, xushyorlik, odoblilik, insonparvarlik, kollektivizm singari fazilatlarni shakllartiradi.
To`rtinchidan, axloq, ijtimoiy qatlamning, xalqning ma`naviy qiyofasi, g’oyasi, ruhiyatining harakterli hususiyati sifatida maydonga chiqadi.
Axloqning eng asosiy vazifasi fuqarolikni shakllantirishdan iboratdir. «Eng muhimi,-deb yozgan edi V.A.Suxomlenskiy fuqorolikni tarbiyalashdir, chunki bu butun tarbiyaviy ishlarning mag’zi, o`zagi hisoblanadi».
Har bir jamiyat o`z fuqorolari oldiga ma`lum talablar tizimini qo`yadi. Bu avvalo, insonnig axloqiy fazilatlariga, uning xulqiga qo`yilgan talablardir. Kishilar mehnat va muomala jarayonida bir-birlari bilan turli tuman munosabatda bo`ladilar. Bu munosabat jamiyat va har bir fuqaro oldiga quyidagi talablarni ta’riflab beradigan qonunlar, qoidalar bilan tartibga solib turiladi. Bu majburiyatlar ahloq talablariga ko`ra belgilanadi. Bu talablarda har bir katta yoshli kishining, umuman, jamiyatga, atrofdagi kishilarga, o`z oilasiga munosabati belgilanadi, inson ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanishga, davlat mulkini ehtiyot qilishga, o`z oilasining mehnatga layoqatsiz a`zolari to`g’risida g’amxo`rlik qilish va ularni moddiy jihatdan qo`llab quvvatlashga, belgilangan yoshi etgan farzandni maktabga yuborishga va shu kabilarga majburligi ta`kidlanadi. Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar shaxs hulqini baholash uchun nizom bo`lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq shaxsning hulqidagi ayrim harakat va odatlar ma`qullanadi yoki qoralanadi.
Axloq ijtimoiy taraqqiyotning natijasidir. U sinfiy harekterga ega. U yangi ijtimoiy munosabatlar bo’lib, vatanga, xalqqa sodiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |