Ikkinchi guruh paradigmasi egalik affikslari ishtirokida tuziladi: Shaxs-son affiksining qisqargan formalari –dï, -di, -tï, -ti affiksi bilan tugagan fe’llarga qo‘shiladi. Masalan: sančdïm, körüŋiz
Birlik
|
Ko`plik
|
I shaxs – m
II shaxs – ŋ
III shaxs – ï, -i ba’zan ol, turur
|
-mïz, - miz, -muz, müz, -maz, -mäz
- ŋïz/lar/, -ŋiz/lär
| Fe’l mayllari. Fe’l mayllarining quyidagi turlari bor: 1) buyruq mayli; 2) istak mayli; 3) shart mayli; 4) aniqlik mayli. Fe’l zamonlari. Qadimgi turkiy tilda ham fe’lning uch xil shakli mavjud: O‘tgan zamon fe’li Hozirgi zamon fe’li Kelasi zamon fe’li. O‘tgan zamon fe’li. Fe’l o‘zaklariga -dï, -di, -tï, -ti, -duq, - dük, -tuq, tük, -mïš, -miš, -miš+erti, - yür erti, -ğay erdi kabi affikslarni va shaxs-sonni qo‘shish bilan fe’lning o‘tgan zamon shakli hosil bo‘ladi: saqïntï “oʻyladi”, toqïdï “toʻqidi”, bitdi, qalmaduq, körmädük, tutmïš, ïdmïš “yuborgan”, qïlmïš erti, sävälayür erti, bolmağay erdi. Hozirgi zamon fe’li –ur, -ür, -ar, -är, -yur, -yür, -ïr, -ir va shaxs-son affikslarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi:barurman, barurmïz, barursan, barursïz, barur, barur. Kelasi zamon fe’li. Qadimgi turkiy tilda kelasi zamon fe’lini hosil qilish uchun fe’l o‘zagiga -ğu, -gü -qu, -kü, -ğay, -gäy va shaxs-son affikslari qo‘shiladi: bolğay, kelgäy, barğusï, barğumïz, barğuŋïz. Fe’l nisbatlari. Fe’l nisbatlari ish-harakatning bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini bildiradi. Bu munosabat fe’l o‘zagiga maxsus affikslar qo‘shilishi orqali ifodalanadi. Fe’l nisbatlari aniq nisbat, o‘zlik nisbat, majhul nisbat, orttirma nisbat va birgalik nisbatlarga bo‘linadi. Fe’l yasalishi. Qadimgi turkiy tilda ham xuddi hozirgi o‘zbek tilidagi kabi 2 xil usul bilan fe’l yasalgan: morfologik va sintaktik usul. Morfologik usul bilan fe’l yasalishi: 1. -a, -ä/-ï, -i/-u, -ü qo‘shimchasi: at “ot”– ata- “atamoq”, tüz “to‘g‘ri” – tüzä- “to‘g‘rilamoq”, qur “quruq” – quru- “quritmoq”. 2. -la, -lä qo‘shimchasi: yay “yoz” – yayla- “yozni o‘tkazmoq”, sü “Lashkar” – sülä- “lashkar tortmoq”. 3. -ad, -äd qo‘shimchasi: qul “qul” – qulad- “qul qilmoq”, küŋ “joruya” – küŋäd- Sintaktik usul bilan so`z yasalishi: Qo‘shma (juft va takroriy) fe’llar hosil bo‘ladi. Qo‘shma fe’llarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ularning etakchi komponenti sifatida ot, sifat va otlashgan so‘zlar qatnashadi. Qadimgi turkiy tilda yetakchi fe’lga qoʻshimcha ma’no ottenkalari quyidagi koʻmakcni fe’llari orqali beriladi: süyläyü ber “urishib bermoq”, iltü ber “eltib bermoq”, yanïp kel “qaytib kelmoq”, adïrïlu bar “ajralib ketmoq”, yatu qal “yotib qolmoq”, qolu tur “soʻrab turmoq”, alï olur “yigʻib olmoq”, yep qod “yeb qoymoq”, küyü tut “saqlab turmoq”, učup bar “uchib ketmoq”. Qadimgi turkiy tilda qo‘shma fe’llar ermiš, erinč, ersär formasi orqali ham hosil bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.Abdushukurov – “Qadimgi turkiy til” Toshkent 2019. 2. G‘.Abdurahmonov – “Qadimgi turkiy til” Toshkent 1982. Qatnashchilar: 1. Xoliyarov Javlon 2. Xotamova Yulduz 3. Umarova Gulnigor 4. Yuldasheva Anziratbonu 5. Zaynutdinova Maftuna 6. Raxmonova Feruza E’tiboringiz uchun Rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |