Qimmatli qog‘ozlar bozori – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi-
si sodir etiladigan bozor bo‘lib, unda aksiya, obligatsiya, xazi-
na majburiyatlari, sertifikatlar oldi-sotdi qilinadi. Qimmatliqo-
g‘ozlar bozorida oldi-sotdidan tashqari, boshqa turdagi opera-
tsiyalar, masalan, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish,
qimmatli qog‘ozlarni qoplash, garovga qo‘yish kabi operatsiya-
lar sodir etiladi. Bu bozor fond bozori deb ham yuritiladi. Qim-
matli qog‘ozlarning dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida
o‘tkaziladi, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar obuna shaklida yoki
ro‘yxat bilan xaridorlarga sotiladi. Ularning qayta sotilishi ik-
kilamchi fond bozorida yuz beradi, u fond birjasi deb yuritila-
di.Qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibiy tuzilishi
Fond birjasida brokerlar, birjachilar va chayqovchilar ish yu-
ritadilar. Brokerlar birovlar nomidan qimmatli qog‘ozlarni sota-
dilar yoki sotib oladilar, o‘z xizmati uchun olingan yoki sotilgan
ak siyalar summasiga foiz tariqasida belgilanadigan komission haq
ola dilar. Chayqovchilar qimmatli qog‘ozlarni olib, darhol sotish
bilan shug‘ullanadilar. Ular qimmatliqogozlarning kursi (narxi)
dagi o‘zgarishlarni tez ilg‘ab, olibsotarlik qiladilar, narx tush-
ganda so tib olib, qimmatli qog‘ozning kursi oshganda qimmatga
sotadilar. Ak siya kursi kuniga bir necha marta o‘zgaradi, shun-
ga qarab chayqov chi lar ham katta pul ishlaydilar yoki katta pul-
ni boy beradilar.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish emissiya deyiladi, qimmatli
qog‘ozlarni o‘z nomidan chiqarib, ularni birlamchi fond bozo-
ridadastlabki sotishga qo‘yuvchilar emitentlar deyiladi. Qim-
matli qog‘ozlar chi qarish huquqi berilgan aksiyadorlik jamiyati
shakli dagi firmalar, korporatsiyalar, banklar va davlat emitent-
lar hisoblanadi. Aksariyat hollarda aksiyalar emitenti – firmalar,
obligatsiya lar emitenti davlat bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi obyekti sifatida qim-
matli qog‘ozlar maydonga chiqadi, ya’ni qimmatli qog‘oz bozor-
dagi asosiy tovardir.
Qimmatli qog‘oz – bu qog‘oz egasining mulkiy huquqlarini
tasdiq lovchi hujjat bo‘lib, kapitalning mavjud bo‘lish shakli. U
kapitalning unumli, tovar va pul shakllaridan farq qiladi. Qim-
matli qog‘oz shaklidagi kapital bir egadan boshqa egaga o‘tishi, muomalada bo‘lishi, hisob-kitoblarda pulning o‘rnini bosishi va,
muhimi, daromad keltirishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar qonunda ko‘zda tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘zida aks ettirishi lozim:
– nominal bahosi;
– bozorda aylanish muddati;
– qoplash usuli;
– fiskal rejimi va hokazo.
Qimmatli qog‘ozlarni ularning turli belgilariga ko‘ra quyida-
gicha guruhlash mumkin:
I. Emitentlari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar turli subyektlar to-
monidan chiqariladi. Umumiy holda qimmatli qog‘ozlar emitent-
lari 3 guruhga bo‘linadi:
– davlat;
– xususiy sektor subyektlari;
– xorijiy subyektlar.
II. Iqtisodiy tabiatiga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar 2 turga bo‘-
linadi:
– qarz xarakteridagi qimmatli qog‘ozlar;
– ulushli qimmatli qog‘ozlar.
Qarz xarakteridagi qimmatli qog‘ozlar qat’iy foiz stavkalari va
kelgusida ma’lum bir sanaga qarzning kapital summasini to‘lash
majburiyati bilan tavsiflanadi. Ularga korporativ obligatsiyalar va
davlat zayom obligatsiyalari misol bo‘ladi.
Ulushli qimmatli qog‘ozlar egasiga real mavjud mulkning
ulushiga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Ularga aksiyalar kira-
di. Aksiya – egasiga aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini
dividend shaklida olish hamda korxona mulkining bir qismiga
egalik qilish huquqini beruvchi ulushli qimmatli qog‘oz turi.
Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlar bozorida veksellar, jam-
g‘arma sertifikatlari, hosilaviyqimmatli qog‘ozlar – fyucherslar va
opsion bitimlar amal qiladi.
III. Amal qilish muddatiga ko‘ra:
– muddatli – emissiya qilish vaqtida amal qilish muddati o‘r-
natilganqimmatli qog‘ozlar, ularning uchta turi mavjud:
– qisqa muddatli – 1 yilgacha muomalada bo‘lgan;
– o‘rta muddatli – 1 yildan 5-10 yilgacha muomalada
bo‘lgan;
– uzoq muddatli – 20-30 yilgacha muomalada bo‘lgan.
– muddatsiz – bunday qimmatli qog‘ozlarning amal qilish
mud datlari belgilab qo‘yilmaydi, ular «umrbod» amal qiladi yoki
so‘n di rilguncha (qimmatli qog‘oz bo‘yicha qarzni qoplash, qay-
tarish) muo malada bo‘ladi, bunda emissiya vaqtida so‘ndirish sa-
nasi ham belgilab qo‘yilmaydi.
IV. Kelib chiqishiga ko‘ra:
– birlamchi qimmatli qog‘ozlar – ularga aksiyalar, obligatsiya-
lar, veksellar kiradi;
– ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar – birlamchi qimmatli qog‘oz-
lar asosida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar, ularga varrantlar,
depozitar tilxatlar va boshqalar kiradi.
V. Ishlatish turiga ko‘ra:
– investitsion (kapital) qimmatli qog‘ozlar – kapitalni qo‘yish
obyekti bo‘la oladigan qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiya-
lar, fyuchers bitimlar va boshqalar);
– noinvestitsionqimmatli qog‘ozlar – tovar bozorlari va boshqa
turdagi bozorlarda pullik hisob-kitoblarga xizmat qiluvchi qim-
matli qog‘ozlar (veksellar, cheklar va boshqalar).
VI. Egalik qilish tartibiga ko‘ra:
– taqdim etuvchiga, unda qimmatli qog‘oz egasining nomi qayd
etilmaydi va muomalada bir shaxsdan boshqasiga o‘tib yuradi;
– nomi qayd etilgan qimmatli qog‘oz, unda egasining nomi
yozilgan va maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘ladi. Agar
bunday qimmatli qog‘oz boshqa shaxsga o‘tkazilsa va boshqa shaxs-
ga berilganligi to‘g‘risidagi maxsus yozuv (indossament) qo‘yilsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |