2. PUL BOZORINING INSTRUMENTLARI, TURLARI
O’zbekistondagi bank tizimi O’zbekiston Respublikasi Markziy banki, aksiyadorlik-tijorat banklari, va xususiy banklardan iboratdir.2020- yil 1-yanvar holatiga ko’ra o’zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 ta bankni o’z ichiga oladi. Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi mator-yurak pul bilan bo’ladigan hisob kitoblarni amalga oshiradi.1 Pul bozorimoliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida uyg‘unlashtiriladi. Pul bozori turlari:
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bozori.
Кredit resurslari bozori.
Banklararo depozitlar bozori.
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar— davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’oz turi: D. o. ni sotib oluvchilar — aholi, firmalar, banklar va turli tashkilotlar investorlar hisoblanadi. Obligatsiyalarni sotishdan tushgan pul davlatning daromadini tashkil etadi, ammo u davlatning qarziga ham aylanadi (q. Davlat karzi). Davlat obligatsiyalari muayyan muddatlar uchun chiqariladi. Turli mamlakatlarda qisqa muddatli, o’rtacha muddatli va uzoq. muddatli Davlat obligatsiyalari mavjud. Muddati kelgach, obligatsiyalarni davlat kaytadan sotib oladi. Davlat obligatsiyalari daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar turiga kiradi. Daromad shakliga ko’ra D. o. ningyutuqli obligatsiyalar (obligatsiyalarga tegadigan daromad pul yutug’i shaklida bo’lgani sababli unga foiz to’lanmaydi), foizli obligatsiyalar (obligatsiyalarga ularning qiymatiga nisbatan foiz hisobida pul to’lanadi) vadiskontli obligatsiyalar (obligatsiyalar sotilganda nominalidan pastroq narxda sotiladi, ular qaytadan sotib olinganda nominali summasida pul to’lanadi) kabi turlari bor. D. o. daromadlari oldindan qat’iy kafolatlanadi.
Kredit resurslari bozori . Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ular orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. K. yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishitaʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishningeng foydali va istiqbolli yoʻnalishlaridatoʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki kengaytiriladi, toʻlovga qobil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi. Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bung a erishish uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. kredittizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |