O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Masalan, nomozshomgul kechki payt ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi. Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega - O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Masalan, nomozshomgul kechki payt ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi. Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega
Hayvonlarning instinktlari Instinktlar - hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma harakatlaridir. Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar, material tanlash va inni pishiq qilib qurish yo’lida xilma-xil harakatlarni bajaradilar. Masalan, qaldirg’ochlarning in qurishi, Kalyushka deb ataluvchi baliqning erkagi suv tagida yerdan chuqurcha kovlab, uni mayda suv o’simliklari bilan to’sadi, inning yon devorini quradi va ustini berkitadi buni u yirik’roq o’simliklardan o’z tanasidan elimsimon modda chiqarib yasaydi. Shundan keyin erkak baliq urg’ochi balqni urug’ qo’yish uchun haydab kirgizadi va to urug’dan baliqchalar ochib chiqqunga qadar in atrofini qo’riqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg’ochi o’rgimchakning nomaqul bo’lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi. 28 Chunonchi, ko’pincha o’rgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar yeb ketgan bo’ladi. Lekin urg’ochi o’rgimchak bo’shab qolgan pillani qo’riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko’chirishda davom etadi. Shunday hollar ham bo’ladi-ki, urg’ochi o’rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo’yish chog’ida bajariladigan harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qo’ymasligi ham mumkin. Shunday bo’lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya'ni bo’sh pillani qo’riqlashga va uni u yoqdan - bu yoqga ko’chirishga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |