Hayvonlarning ko’nikmalari Taraqqiyotning yuqori bosqichidagi hayvonlarda harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda, xatti-harakatning individual o’zgaruvchan shakllari - ko’nikma va intellektual harakatlar ham mavjud. Ko’nikma - bu hayvonlarda shartli bog’lanishlar asosida yuzaga keluvchi va avtomatik ravishda sodir bo’luvchi harakatlardir, ya'ni biror faoliyatni takrorlanib turishi natijasida asta-sekin hosil qilingan xatti-harakatlardir. Nerv tizimining rivojlanishi jihatidan hayvon qanchalik yuqori o’rinni egalasa, u o’zida shunchalik murakkab ko’nikmalarini hosil qila oladi. Instinktlarga qaraganda, ko’nikma xatti-harakatlarning ancha o’zgaruvchan shakli hisoblanadi. Hayvonlarning ko’nikmalari, ota-onalaridan "o’rganish" yo’li bilan ham hosil bo’ladi. Masalan, bo’rilar bolalarini ovga o’rgatadilar, qari bo’ri qilgan harakatni yosh bo’ri takrorlaydi, bu taqlid qilish instinktiga asoslangan, xatti-harakatlar ko’nikmasidir. Uy hayvonlarini odam "o’rgatganda" ular ko’p ko’nikmalar hosil qiladi. Shuningdek, sirkda o’rgatilgan hayvonlar xilma-xil juda murakkab ko’nikmalarni namoyon etadilar. Ma'lumki, hayvonda odam tomonidan ko’nikmalar hosil qilinishi o’rgatish yoki dressirovka deyiladi. Mashhur hayvon o’rgatuvchi V. Durovning ta'kidlashicha, ma'lum narsaga o’rgatishda hayvonlar kerakli harakatni bajargan paytda ularga ovqat berib, rag’batlantirgan, shu yo’sinda murakkab ishlarni bajarishga o’rgatgan. Masalan, ayiqlarni velosipedda yurishga yoki samovarni stolga qo’yishga, fillarni uyin tushishga va shu kabi murakkab xilma-xil ko’nikmalarga o’rgatgan. Hosil bo’lgan ko’nikmalar hatto ayrim instinktlarni to’xtatib g’o’ya oladi. Jumladan, baliqlarda shartli bog’lanishlar ancha tez hosil bo’ladi. - Hayvonlarning ko’nikmalari Taraqqiyotning yuqori bosqichidagi hayvonlarda harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda, xatti-harakatning individual o’zgaruvchan shakllari - ko’nikma va intellektual harakatlar ham mavjud. Ko’nikma - bu hayvonlarda shartli bog’lanishlar asosida yuzaga keluvchi va avtomatik ravishda sodir bo’luvchi harakatlardir, ya'ni biror faoliyatni takrorlanib turishi natijasida asta-sekin hosil qilingan xatti-harakatlardir. Nerv tizimining rivojlanishi jihatidan hayvon qanchalik yuqori o’rinni egalasa, u o’zida shunchalik murakkab ko’nikmalarini hosil qila oladi. Instinktlarga qaraganda, ko’nikma xatti-harakatlarning ancha o’zgaruvchan shakli hisoblanadi. Hayvonlarning ko’nikmalari, ota-onalaridan "o’rganish" yo’li bilan ham hosil bo’ladi. Masalan, bo’rilar bolalarini ovga o’rgatadilar, qari bo’ri qilgan harakatni yosh bo’ri takrorlaydi, bu taqlid qilish instinktiga asoslangan, xatti-harakatlar ko’nikmasidir. Uy hayvonlarini odam "o’rgatganda" ular ko’p ko’nikmalar hosil qiladi. Shuningdek, sirkda o’rgatilgan hayvonlar xilma-xil juda murakkab ko’nikmalarni namoyon etadilar. Ma'lumki, hayvonda odam tomonidan ko’nikmalar hosil qilinishi o’rgatish yoki dressirovka deyiladi. Mashhur hayvon o’rgatuvchi V. Durovning ta'kidlashicha, ma'lum narsaga o’rgatishda hayvonlar kerakli harakatni bajargan paytda ularga ovqat berib, rag’batlantirgan, shu yo’sinda murakkab ishlarni bajarishga o’rgatgan. Masalan, ayiqlarni velosipedda yurishga yoki samovarni stolga qo’yishga, fillarni uyin tushishga va shu kabi murakkab xilma-xil ko’nikmalarga o’rgatgan. Hosil bo’lgan ko’nikmalar hatto ayrim instinktlarni to’xtatib g’o’ya oladi. Jumladan, baliqlarda shartli bog’lanishlar ancha tez hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |