Mavzu: Professiogramma, psixogramma, kar’erogramma Professiografiya mazmuni va ahamiyati. Professiografiyaning tuzilishi



Download 34,57 Kb.
bet7/16
Sana31.12.2021
Hajmi34,57 Kb.
#270151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
11-mavzu

Martaba(yoki kar’era)-bu insonning butunish bilan bog’liq yillari mobaynida mehnat tajribasi va faoliyati bilan bog’liq alohida anglab yetilgan nuqtai nazar va xulq-atvoridir. Martabaning ikki turi: kasbiy va tashkilot ichidagi martaba mavjud. Kasbiy martaba shu bilan ajralib turadiki, muayyan xodim o’zining kasb sohasidagi faoliyatida turli rivojlanish bosqichlarini o’taydi: ta’lim oladi, ishga kiradi, kasbiy jihatdan o’sadi, alohida kasbiy qobiliyatlari qo’llab-quvvatlanadi, pensiyaga chiqadi.

Tashkilot ichidagi martaba xodimning bitta tashkilot doirasidagi rivojlanish bosqichlarining almashinib turishini qamrab oladi. U uchta yo’nalishda amalga oshiriladi: martabaning vertikal yo’nalishi-bu tarkibiy pog’onaning yanada yuqoriroq darajaga ko’tarilishidir; gorizontal yo’nalish-faoliyatning boshqa funktsional sohasiga qo’shilish yoki tashkiliy tuzilma qat’iy tarzda rasman biriktirib qo’yilmagan tashkiliy tuzilmada muayyan xizmat vazifasini bajarishdir (masalan, vaqtincha tashkil etilgan maqsadli guruhning rahbari vazifasini bajarish va hokazo). Gorizontal martaba qo’shimcha haq to’lash hisobiga avvalgi bosqichdagi vazifalarni kengaytirish yoki murakkablashtirishni kiritish mumkin; markazga intiluvchi yo’nalish-xodimlar uchun birmuncha maroqli bo’lsa ham, ko’proq hollarda ko’zga tashlanmaydi. Bu-tashkilotning rahbariyati tomon qilinadigan harakatdir. Masalan, xodimni o’zi uchun ilgari qulay bo’lmagan uchrashuvlarga, rasmiy va norasmiy tarzdagi kengashlarga taklif etish, samimiy tarzda murojaat qilish va hokazolardir.

Martabaning turli bosqichlarida xodim turli ehtiyojlarni qondiradi. Dastlabki bosqich maktabda o’qish o’rta va oliy ma’lumot olishni o’z ichiga qamrab oladi va 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu davr mobaynida inson faoliyat turini izlash maqsadida bir qancha ishlarni almashtirishi mumkin. Qaror topish bosqichi taxminan besh yil davom etadi (25 yoshdan 30 yoshgacha). Xodim ana shu davrda tanlagan kasbini o’zgartiradi, zarur ko’nikmalarni egallaydi, uning malakasi yuzaga keladi, o’zini namoyon qilish sodir bo’ladi va mustaqillikka ega bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Odatda, bu yoshda oila tuziladi va shakllanadi, shuning uchun tirikchilik uchun zarur bo’ladigan «eng kam miqdordan» yuqoriroq ish haqi olish istagan paydo bo’ladi. Xizmatda ko’tarilish bosqichi 30 yoshdan 40 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrda malakaning ortishi, xizmatda ko’tarilish sodir bo’ladi. Amaliy tajriba to’plash, malaka orttirish, o’zini namoyon qilishga ehtiyoj tug’iladi, yanada yuqoriroq maqomga ega bo’li shva ko’proq mustaqillikka erishish istagi tug’iladi, shaxs sifatida o’zini namoyon qilish boshlanadi. Saqlash bosqichi erishilgan natijalarni mustahkamlashga doir harakatlar bilan ajralib turadi va 40 yoshgacha davom etadi. Malakani takomillashtirish davri boshlanadi va faol ishlar natijasida va maxsus ta’lim olish tufayli malaka yanada ortadi, xodim o’z «maktabi»ni yaratishga o’z bilimlarini yoshlar bilan baham ko’rishga qiziqadi, ijod qilishga intiladi, bu davrda xizmat sohasida yangi bosqichga ko’tarilishi sodir bo’lishi mumkin. Garchi bu davrda xodimning ko’pgina ehtiyojlari qondirilgan bo’lsa ham, uni o’zi olayotgan ish haqi darajasi qiziqtiradi, boshqa daromad manbalarini topishga intilish (masalan, boshqa tashkilotlarning foydasiga, sarmoyasida, aktsiyalar, obligatsiyalarda qatnashish va hokazo) paydo bo’ladi. Yakuniy bosqich 55 yoshdan 65 yoshgacha davom etadi. Bu davrda inson pensiya haqida jiddiy o’ylay boshlaydi, ishdan ketish tashvishda bo’ladi. Xuddi shu davrda o’ziga munosib o’rinbosar izlash, uni o’rnida qoldirishga tayyorlash harakatlari ko’zga tashlanadi. Xodim avvalgi ish haqi saqlanib qolsa-da, boshqa daromad manbalari ko’payishini istaydi, chunki bu dargohdan pensiyaga chiqib ketgandan keyin pensiyasi miqdoriga qo’shimcha bo’lib, kuniga yaraydi. Pensiya bosqichida mazkur korxonadagi martabasi (faoliyati) yakun topadi. O’zini boshqa faoliyat sohalarida ko’rsatish imkoni paydo bo’ladi, holbuki mehnat jamoasidagi ish davrida uni ro’yobga chiqarishning iloji bo’lmagan yoki shunchaki qiziqish hisoblangan edi. O’ziga va o’zi singari pensionerlarga hurmat-e’tibor ortadi.

Kar’era maqsadlari xodim yoshiga qarab hamda uning malakasi o’sishi va boshqa sabablarga ko’ra o’zgarishi bilan bog’liq ravishda o’zgaradi. Kar’era maqsadlarini shakllantirish doimiy jarayon hisoblanadi.

Kar’era, xodim mehnati murakkabligi yoki ish o’rinlarining ijtimoiy pillapoyadagi o’rni o’zgarishi bilan bog’liq eng muhim o’zgarishdir. Shu nuqtai nazardan kar’eraning ikki turi farqpanadi:


Download 34,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish