Yakuniy bosqich 60—65 yoshni qamrab oladi va xodim pensiyaga chiqish taraddudini ko’radi. U o’ziga munosib vorisni tayyorlash harakatiga tushadi. Ana shu davrda lavozimda o’sish (kar’era) tanglik xususiyatiga ega bo’lsa ham xodimlar o’z ishlaridan tobora kamroq qoniqish hosil qilishlariga qaramasdan o’zlari va tengdoshlaridan g’ururlanish hislari juda kuchli bo’ladi.
Mazkur bosqichda xodimlar ish haqi darajasi barqaror bo’lishini xohlaydilar, pensiyaga chiqqanlaridan so’ng oladigan pensiyalari miqdoriga qo’shimcha daromad topish harakatida bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |