Saipov Ilhom 202-guruh
Mavzu:Proektiv va impressiv metodlar.
Proektiv metodlar test usullarining bir ko’rinishi bo’lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig’i beriladi. Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tug’ilganda qo’llaniladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko’rinishi mavjud bo’lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o’zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtaiy nazaridan baholashi kutiladi. • Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog’lari”testini kiritish mumkin. “Proyeksiya” tushunchasi dastlab Z. Freyd tomonidan sub’ektning ongli va ongsiz tarzda ko’chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob’ektlarga nisbatan holatlarning mazmunini ifodalash uchun qo’llanilgan. Proyeksiya lotincha “proektio” so’zidan olingan bo’lib, oldinga irg’itish, tashlash ma’nosini bildiradi. Mashhur psixolog olim L. Frank proektiv metodikalarning klassifikasiyasini birinchilardan bo’lib ishlab chiqdi.
Impressiv metodlar Bu stimul materialdan tanlangan narsalarning natijasiga ko’ra aniqlanadi. “ Lyusherning ranglarni tanlash testi” 8 -rangli kvadratdan iborat. Ranglar orqali insonda qo’rquv, ichki dunyo sirliligini yashirin ochish, nizoli vaziyatga moyillik, emosional qiyofa kabi psixologik masalalar o’rganiladi. Lyusher bo’yicha ranglarni ta’riflash 4 asosiy va 4 ta qo’shimcha ranglarni o’z ichiga oladi
• Asosiy ranglar Ko’k – qoniqishga, xotirjamlikka, barqaror ijobiy mehribonlikka bo’lgan ehtiyoj Yashil - o’zini ta’kidlashga bo’lgan ehtiyoj, dadillik, qatiylik gohida qaysarlik hissini ifodalaydi Qizil - faol harakatga va niyatga erishish ehtiyoji Sariq - istiqbolga, aktivlik, muloqotga intiluvchanlik, xushchaqlik hissi Qo’shimcha ranglar Siyohrang, jigarrang, qora rang, nolga barobar bo’lgan ranglar. Ular salbiy yo’nalishlarni: xavotir, stress, qo’rquv, xafagarchilik hislarini bildiradi.
Rang ajrata olmaslik (daltonizm) — odam koʻzining qisman rang ajrata olmasligi, irsiy nuqson. Yosh bolalarda uchraydigan kasallik; atrofmuhitdagi ranglarni koʻz toʻr pardasining kolbachasimon hujayralari sezadi. Ular ranglarni sezuvchi 3 ta har xil element boʻlib, har biri 3 ta asosiy rangning (qizil, koʻk yoki binafsha) faqat bittasini sezadi. Shu 3 rangdan qaysi birini sezadigan element boʻlmasa, odam oʻsha rangni koʻrmaydi. Rang ajrata olmasliko. tugʻma yoki hayot davrida orttirilgan boʻlishi mumkin. Tugʻma Rang ajrata olmasliko. daltonizm deb atalib (ingliz olimi Dalton uni mufassal tasvirlab bergan), asosan, erkaklarda uchraydi. Bunda bemor qizil hamda yashil ranglarni ajrata olmaydi. Binafsha rangni ajrata olmaslik kamroq uchraydi. Ranglarni butunlay koʻrmaslik Rang ajrata olmasliko. yoki monoxromaziya deyiladi. Bunda rang-barang dunyo bir xidda kulrang boʻlib tuyuladi. Daltonizm nasldannaslga (Mas, otadan qizi orqali oʻgʻil nabirasiga) oʻtadi. Hayotda orttirilgan Rang ajrata olmaslik koʻz va markaziy nerv sistemasining baʼzi kasalliklari (oʻsma, shikastlar, glaukoma, koʻrish nervi atrofiyasi)da roʻy berib, bunga uchchala rangni sezishning pasayishi yoki butunlay yoʻqolishi sabab boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |