Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja


Bugungi kunda O’zbekistonda 9942 ta umumta’lim maktablarida 6,2 million nafar o’quvchi o’qitilyapti, ularga 457 ming nafar o’qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda



Download 123,85 Kb.
bet27/39
Sana29.12.2021
Hajmi123,85 Kb.
#75923
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
Mavzu Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlar

Bugungi kunda O’zbekistonda 9942 ta umumta’lim maktablarida 6,2 million nafar o’quvchi o’qitilyapti, ularga 457 ming nafar o’qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda.

Yurtimizda uchinchi Prezident maktabi Namanganda ochildi. Ushbu ta’lim muassasasining taqdimoti marosimi 144 nafar iste’dodli o‘quvchi va ota-onalarning unitilmas bayram shodiyonasiga aylandi.

Namangandagi Prezident maktabiga shu yil bahorda tamal toshi qo‘yilgan edi. Maktab uchun viloyat markazidagi eng ko‘rkam va bahavo Dovlatobod dahasining Islom Karimov nomli shohko‘chasidan joy tanlangan. Viloyatda qurilish sohasida katta tajriba orttirgan “Zafarqurilishservis” MChJ bunyodkorlari qisqa fursatda salmoqli hajmdagi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirdi. Mazkur inshootni sifatli va eng zamonaviy qiyofada tiklash uchun xorijiy texnologiyalardan keng foydalanildi. Shu yilning aprelida birinchi g‘ishti qo‘yilgan mazkur dargohga 80 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. 300 dan ziyod bunyodkor bor kuch-g‘ayratini safarbar etdi.

Namanganlik 144 nafar qobiliyatli o‘quvchi katta imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Zamon talablarigi mos tarzda qurilgan, jihozlangan o‘quv binosi, o‘quv –amaliy va nazariy mashg‘ulotlar xonalari, kutubxona, sport zali, oshxona va umuman olganda, barcha maishiy va madaniy binolarda zarur qulaylik va shinamlik mavjud.

Maktabda Cambridge Assesment International Education vakillari tomonidan mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchun Cambridje o‘quv dasturlari asosida maxsus treninglar o‘tkazilib, Cambridge o‘quv dasturini amalga oshirishning ijobiy tajribasini o‘rgatish ko‘zda tutilgan.

Toshkent shahridagi Prezident maktabiga o‘quvchilari eng ko‘p qabul qilingan maktablar aniqlanib, Sergeli tumanidagi 300- IDUMdan 8, Chilonzor tumanidagi 178- IDUMdan 6, Sergeli tumanidagi 6- IDUMdan 5 hamda Sergeli tumanidagi 301-maktab, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-IDUM, XTV tasarrufidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidan 4 nafardan o‘quvchining nufuzli bilim dargohidan ta’lim olayotgani e’tirof yetildi



Tinglovchilarga oilaviy muhit –ta’lim-tarbiya asosi ekanligini tushuntirish maqsadida Prezident maktabiga qabul qilingan o’quvchilarning ota-onalari fikrlaridan misollar keltirish zarur:

Prezident maktabiga qabul boshlangan ilk kunlarda sinov jarayonlari haqida turli mish-mishlar quloqqa chalingandi,- deydi toshkentlik Nilufar Rixsieva . Shu bois farzandim a’lo baholarga o‘qishiga qaramay, hujjat topshirishda ikkilandik. Uning 7000 nafar boladan o‘zib, mana shu maktabda o‘qishga ishongim kelmagandi. Biroq imtihonlar chog‘i haqiqiy va adolatli bellashuvning kuzatuvchisi bo‘ldik. O‘g‘limning bilim olishga ishtiyoqi, astoydil say-harakatlari o‘z natijasini ko‘rsatdi. O‘zim hamshiraman, turmush o‘rtog‘im ham oddiy ishchi bo‘lsa-da, oilada toza muhit yaratishga doim intilganmiz. Farzandimga bolalikdan ishonch bildirganman. Hayotda ham eng muhimi- shu. Menimcha, bolalarga ishonch bilan qarash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash lozim. “Sen zehinlisan, bajara olasan, kelajaging porloq bo‘ladi”, deyman hamisha. Mana shu ishonchning ilk mahsulini ko‘rib turibman. Maktabdan uyga berilgan vazifalarni birgalashib tayyorlardik. Farzandlarimga kichikligidan kitob o‘qib beraman.Endi ular Oybek, O‘.Hoshimov, S.Ahmad romanlarini tushunib o‘qiydi.

Poytaxtimizdagi 178-IDUMdan 6 nafar o‘quvchi Prezident maktabida ta’lim-tarbiya olmoqda. E’tiborlisi, ushbu ta’lim maskanidan boshqa ijod maktablariga ham o‘qishga qabul qilingan o‘g‘il-qizlar bor. Bu yil maktabning 151 nafar bitiruvchisidan 127 nafari oliy o‘quv yurtlari talabasi bo‘lgani ham e’tirofga loyiq. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun muassasaning pedogogik jamoasi sa’y-harakatini o‘quvchining ilk qadamlaridanoq boshlashdi.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalarga matematika, ingliz tili va o‘qish fanidan puxta bilim berishga intilishadi. 1-sinfdan 2- sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar bilimi imtihon qilinib, ixtisoslashtirilgan maxsus va oddiy guruhlarga ajratiladi. Sinov jarayonida bolalar test, mantiq, diktant, matematika bo‘yicha salohiyatini namoyish etadi. Bu yil 2 ta o‘zbek, 4 ta rus sinfi ochiladi. Ayni paytda maktabda 101 ta sinf bo‘lib, shundan 51 tasi ixtisoslashtirilgan. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab bu sinflarga o‘tish sinovlari 5-sinfdan boshlanadi. O‘quvchilar yuqori sinf bo‘lgunga qadar talab darajasida o‘qishi kerak. Chunki bu sinflarda ingliz-tili fani haftasiga 5 soat, qo‘shimcha til sifatida nemis yoki fransuz-tili ham o‘rgatiladi.

Prezident maktabiga kirgan o‘quvchilarning aksariyati oilada yaxshi tarbiya va e’tibor ko‘rgan bolalardir,- deydi maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Gulbika Tangirova . Bu bolalarning ota-onalari ham eiyoli insonlar, ular uyda bolalarning yaxshi ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoit yaratishgan. O‘qituvchilarimiz har 45 daqiqani unumli tashkil etishga harakat qilishadi. Qo‘shimcha repititorlik soatlari o‘tilmaydi, buning uchun ikki smenali o‘quv jarayonida ortiqcha sinfxonalar-u vaqt topilmaydi.

Yashnobod tumanidagi 61-maktabda ham o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishi uchun o‘qituvchilar tinmay mehnat qiladi. Ushbu ta’lm maskanining 2 nafar o‘quvchisi ham Prezident maktabi o‘qituvchisi bo‘ldi. Maktab direktori Gulnora Islomovaning aytishicha, o‘quv yili boshida maktabda ta’lim sifatini yanada oshirish uchun 23 nafar ilg‘or tajribaga ega pedagog ishga qabul qilingan. Jonkuyar va malakali o‘qituvchilarni rag‘batlantirish uchun direktor fondidan pul mukofotlari berib boriladi. Ayni paytda “Zamonaviy maktab” loyihasi asosida ta’mirlash ishlari boshlangan, maktabda qo‘shimcha bino qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘quv binosida darslarda fanni sust o‘zlashtirgan o‘quvchilar uchun alohida qo‘shimcha mashg‘ulot xonalari tashkil etiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Maktab yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma’naviy asoslarni shakllantiruvchi asosiy maskan”. Davlatimiz maktabning inson taqdiridagi beqiyos o‘rnini to‘g‘ri baholagan holda ta’lim sohasiga kata e’tibor qaratmoqda. Ayniqsa, shu yil mamlakatimiz ta’lim tizimi uchun yangilanish davri bo‘ldi. Tizimda bir necha o‘n yillar davomida to‘planib qolgan muammolar ochiq tilga olinib, ularni bartaraf etish uchun aniq chora tadbirlar belgilanadi.

Prezidentimiz 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga talim-tarbiya berish tizimni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2018-yil 28-fevraldagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida pedagog xodimlar qator imtiyoz va qulayliklarga ega bo‘ldi. Xususan, 2018 yil 1 sentabrdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oylik maoshlari 1,1, yuqori sinf o‘qituvchilariniki o‘rtacha 1,24, direktor va uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 barvarga oshirildi. Yana 2019 yil 1 yanvardan oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravar, birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravar, ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,15 baravar, mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravarga, direktor va uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 barvarga oshirilishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan pensiya yoshidagi o‘qituvchilar ish faoliyatini davom etirrgan taqdirda ham pensiyani to‘liq olishi belgilab qo‘yildi.

Qarorga binoan o‘qituvchilarni tuman va shahar hududlarini obodlashtirish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi ishlarga jalb etishning taqiqlangani katta yangilik bo‘ldi. Endi pedagoglar kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga ham jalb qilinmaydi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish bekor qilingani, o‘qituvchidan dars va to‘garak mashg‘ulotlarni tashkil etish, sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilishga chek qo‘yilgani muallimlarni zimmasidagi ortiqcha yukdan xalos qiladi.

Hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish rejalashtirildi. Pedagog xodimlarga qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylar, avtokredit va iste’mol kreditlarini imtiyozli ravishda berish tartibi ishlab chiqilmoqda. Shu bilan bir qatorda 2018-2020 yillarda pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqei va obro‘sini targ‘ib qiluvchi “O‘qituvchi va murabbiylar” xiyobonlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilgani, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonga zamonaviy uslublar joriy etilayotgani bu islohotlarning uzviy bo‘lagidir. Prezidentimizning “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi asosida 2018 yil 1 martdan maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, tarbiyachi, metodist, o‘qituvchi, defektolog, psixolog, musiqa rahbari hamda tarbiyachi yordamchilarning bazaviy tarif stafkalari 30 foizga, 1 sentabrdan esa tayyorgarlik guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkasi umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirgan holda 30 foizga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyuldagi “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga qarori asosida oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor- o‘qituvchilarning maoshlari oshirildi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘qituvchi-pedagoglar kayfiyatiga, ish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Kuni kecha erta tongdan Mustaqillik maydonidagi hurriyatimiz va ozodligimiz timsoli bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida qartnashgan ta’lim faollarining yuz ko‘zidagi quvonchdan buni anglash qiyin emas.


Download 123,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish