Tez orada nutqning motor va sensor markazlariga boshqalar ham qо‘shildi. Kо‘pgina davlatlarda miyaning lokal jarohatlanishiga bо‘lgan qiziqish ortdi. F.Gallning lokalizatsionistik g‘oyalari yana kuchga kirdi va fanda G.Xed ta’kidlab о‘tganidek sxemalar va diagrammalarni tuzishga qiziqish boshlandi. Miya о‘sha paytning qarashlarini va alohida sohalarning funksionalizatsiyasini aks ettiruvchi kо‘p sohalarga bо‘lindi. Yana о‘sha qismlarga bо‘lingan miya xaritasi tashkil topdi va endi F.Gallning bо‘limlariga boshqa kо‘pgina sohalar qо‘shildi. Ularning orasida u yoki bu taom, musiqaga bо‘lgan moyillikni belgilovchi sohalar ham bor edi. Shunday qilib funksiyalarning lokalizatsiyasi haqidagi qarashlar aql bovar qilmas darajaga yetdi. (9-rasm, rangli). Tabiiyki zamonaviy olimlarning miyaning bu darajada mayda qismlarga bо‘linib faoliyat yurita olmasligi haqidagi jiddiy qarshiliklari ham shakllandi. Lokalizatsionistlarga qarshi fikr bildirgan olimlar antilokalizatsionistlar deb nom oldi. Fransiyalik olim Per Mari bu oqimning yorqin namoyandalaridan biri bо‘ldi. Uning fikricha miyaning funksional vazifalari bu darajada tor bо‘lishi mumkin emas, о‘z navbatida faqatgina chap chakka nutq markazi bо‘la olmaydi.