Buning ustiga lokalizatsionizm g‘oyasi о‘ta rivojlanib ketdi. 1861 yilning avgustida Fransiyalik nevrolog Pol Broka Parij Antropologik Jamiyatining uchrashuvida miyaning alohida sohasidagi zararlanish, ya’ni lokal zararlanish о‘chog‘i nutqning zararlanishi, aniqroq qilib aytganda yо‘qolishini aytdi va buni afaziya deb atadi. U 17 yil kuzatgan Lebran familiyali bemorining bosh suyagi ochilganida miyaning chap yarimsharidagi katta qism asosan nutqni harakatlantirish sohasida jarohatlanganligi ma’lum bо‘ldi. Buning asosida, nutqni harakatlantirish nisbatan kо‘proq zararlanganligini hisobga olib bu sohani nutqning motor markazi deb, uning jarohatlanishi asosidagi afaziya esa motor afaziya deb ataldi.

P.Brokaning izohidan 13 yil о‘tib ayni о‘sha jamiyat uchrashuvida nemis nevrologi Karl Vernike (K.Wernice) afaziyali bemor miyasining lokal jarohatlanishi bilan bog‘liq boshqa vaziyatni taqdim etdi. K.Vernikening bemori xato bо‘lsa ham о‘zi gapira olar edi, lekin boshqalarning nutqini umuman tushunmasdi. Bu bemorda zararlanish о‘chog‘i chap yarimshardagi chakka qismining katta maydonini qoplab olgan edi. Afaziyaning bu turiga K.Vernike sensor afaziya deb, miyaning zararlangan sohasiga esa nutq markazining sensor qismi deb, uning zararlanishi natijasida kelib chiqadigan afaziyaga esa sensor afaziya deb nom berdi. OPF lokalizatsiyasi haqidagi ta’limot shunday qilib ancha oldinga yurdi.