Tolali zig‘irni qator oralariga ishlov berish.
Yetarli namlik va issiqlik bog‘lganda zigg‘ir Urug‘lari 5—6 kunda unib chiqadi. Ekishdan unib chiqishgacha yogg‘ingarchiliklar natijasida qatqaloq hosil bog‘lsa, u tog‘rli yoki rotatsiyali boronalar bilan ishlanadi.
Tolali zig‘ir hosili va tola sifati begona o‘tlar tufayli kamayadi. Shuning uchun oqsho‘ra, yowoyi turp singari bahori begona o‘tlar, hidsiz romashka, paxta tikon singari kuzgi va ko‘p yillik begona og‘tlarga qarshi agrotexnik, oldini olish va kimyoviy usullarda qarshi kurashiladi. Gerbitsidlardan 2M—4X ning natriyli tuzini 70 % 0,9—1,4 kg/ga me’yorda qo‘llaniladi. Gerbitsidlar og‘simlikning bog‘yi 5 sm dan 15 sm gacha bo‘lgan paytda «archa» fazasida qo‘llaniladi. Keyingi yillarda bazagran va bazagran M gerbitsidlarni 3—4 1/ga me’yorda qo‘llash yaxshi natija bermoqda. Gerbitsidlar azotli va mikroogitlami aralashtirib barg orqali oziqlantirishlar bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin. Gerbitsidlar OVX—28, ON—400 purkagichlarida 200—300 1/ga me’yorda qoMlaniladi.
Oziqlantirish. 1t yoki 1 ts mahsulot olish uchun qancha miqdorda yerdan fosforni, kaliyni olib chiqib ketadi. Oziqlantirish muddatlari, me’yorlari, N,P, K. Tolali zigg‘ir 1 ts tola hosil qilish uchun tuproqdan 8 kg azot, 4 kg fosfor, 7 kg kaliy o‘zlashtiradi.Azotli o‘g‘itlar tolali zig‘ir uzun tolalari hosilini oshiradi. Me’yoridan
ortiq solingan azot o‘simlikning yotib qolishiga, kasallanishiga, shuningdek, o‘suv davrining cho‘zilishiga olib keladi. Arch a fazasida azotga juda talabchan.
Tolali zig‘ir hayotining dastlabki davrlarida fosforga juda talabchan. Fosfor o‘simlikning rivojlanishini tezlashtiradi, tola sifatini yaxshilaydi.Kaliy yotib qolishga chidamlilikni oshiradi, tola sifatini yaxshilaydi.Zig‘ir rivojlanishining dastlabki 3 haftasida va shonalash fazasida kaliyga juda talabchan. Ma’danli o‘g‘itlar to‘la me’yorda qog‘llanilganda poya hosili 40 %,’urug‘lamiki 30 % oshadi. To‘la ma’danli o‘g‘itlar N,P, K odatda, unumdorligi past tuproqlarda 1:2:3 va 1:3:4 nisbatda azotga boy tuproqlarda qo‘llaniladi. Poya hosili 1 kg moddaga 5—8 kg ni tashkil qiladi.O‘g‘itlash tizimida ildiz tizimining o‘zlashtirish qobiliyati pastligi,tuproq eritmasining yuqori konsentratsiyasiga ta’sirchanligi, o‘suv davrining qisqaligi e’tiborga olinadi. Go‘ng va kompostlarni o‘tmishdosh ekinga solinadi. Ular bevosita tolali zigg‘irga solinganda og‘simliklar yotib qoladi, poyalar qalinligi turlicha bog‘ladi, poyalar dag‘allashib tola chiqishi kamayadi. Yerni haydash oldidan fosforli og‘gg‘itlar 60—100, kaliyli o‘g‘itlar 60— 120 kg/ga solinadi. Azotli o‘g‘itlar 30—45 kg/ga bahorda solinadi. Murakkab o‘g‘itlardan ammofos, nitrofoska, nitroammofoskani solish yuqori samara beradi. Ekish paytida qatorlarga ammofos yoki granulalangan superfosfatni 10—12 kg/ga me’yorda solish samarali.
Do'stlaringiz bilan baham: |