Populyatsiyalar mahsuldorligi
Populyatsiyalarning yuqorida sanalgan xususiyatlari ichida inson uchun eng ahamiyatlisi -
ularning o‘z-o‘zini, biomassasini ishlab chiqarishidir. Bu xususiyatlar populyatsiyalarning
mahsul-dorligi deyiladi. Ular tomonidan hosil bo‘lgan organik modda esa mahsulot hisoblanadi.
Organik modda qaysi organizmda, qanday formada shakl-lanishidan qat’iy nazar populyatsiyalar
mahsuloti inson uchun turli –tuman amaliy ahamiyatga ega. Masalan, foydali organizmlar, foy-
dasiz yoki zararli, mahsulot hosil bo‘lishining borishi, samara-dorligi va energetik xususiyatlari,
populyatsiyalar spetsifikasi va yashash sharoitiga bog‘liq.
Har bir populyatsiya tarkibi, o‘rtacha statistik miqdori alohi-da belgilari ahamiyati bilan
baholanadi. Shuning uchun ham har bir populyatsiya o‘zining ekologik qiyofasi
(ekologicheskaya oblika) jihatidan har xildir.
Organizmlarning barcha tarkibiy xususiyatlari evolyutsiya jarayonida shakllangan adaptiv
ahamiyatga ega. Shuning uchun ham populyatsiyalar tarkibi va ularning reaksiyasi (javobi)
doimo tashqi muhit tа’siri bilan baholanadi.
Populyatsiyalarning moslashish imkoniyati hosil bo‘lgan alo-hida individlari imkoniyatlaridan
ortiq bo‘lmaydi. Shuning uchun ham akademik S.S.Shvars tа’biri bilan aytganda
«Populyatsiyalar o‘z taqdirini belgilar ekan, individlari fiziologik jarayonlarni ham boshqaradi».
Populyatsiyalarda o‘limning oshishi bilan, “Biz oz qolayapmiz”- degan signal tarqaladi. Bu
polpulyatsiyalarning hamma a’zolarini fiziologik koordinatsiyasi va strukturasini o‘zgarishni bir
maqsadga qaratadi, u ham bo‘lsa bar-cha ekologik rezervlarni o‘z – o‘zini saqlab qolishiga
yo‘naltirishdir.
Struktura va funksional xususiyatlari
Populyatsiyalarni tashkil etuvchi elementlar (organizmlar) va ularning muhitda tarqalishi sifat
jihatidan o‘xshash emas.
Populyatsiyalarni tashqil etuvchi individlar: yoshi, jinsi, jinsiy balog‘atga yetishi va boshqa
biologik ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Shuning uchun ham populyatsiyalar sturkturasi
ularning sifati tarkibiga ko‘ra:
1.Yosh strukturasi;
2.Jinsiy strukturasi;
3.Generativ struktura va boshqalardan iborat.
Bularga qo‘shimcha populyatsiyalar strukturasi miqdori, zich-lik, muhitda taqsimlanish
(xorologik) strukturalari ham xarakterli-dir.
Populyatsiyalar mavjudligining har bir davri uchun bir jins va yoshga mansub individlar
morfofiziologiyasining har xil sifatda bo‘lishi biologik jihatdan muhimdir.
Strukturalarning barcha parametrlari harakatda bo‘ladi va doimo muhitning o‘zgaruvchan
sharoitga qarab populyatsiya hola-tining optimal varianti tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Populyatsiyaning individlari bir-biridan yoshi,jinsi,xayot siklining turli fazalariga,beqaror
guruhchalarga (poda,koloniya,oila….) mansubligi bilan farq qiladi.Populyatsiyadagi individlar
soni xar xil turlar orasidagini emas,balki bir tur ichida xam xar xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |