5-rasm. Bosim ostida quyish mashinasining ishlash sxemasi
a) massani eritish va plastifikatsiyalash; b) massani qolipga bosim ostida kiritish; v) qolipni ajratib buyumni chiqarib olish. 1-porshen; 2-massa saqlanadiga bunker; 3-silindr isitkichlari; 4-silindr; 5-ochiladigan qolip.
Qoliplash usulida listli, plenkali, quvursimon zagotovkalardan (yarim tayyor mahsulotlardan) qayta ishlov berilib murakkab shakldagi buyumlar olinadi. Plastmassalarni qizdirib shakl berishning asosan uch uslubi keng qo‘llaniladi: shtamplash, pnevmoqoliplash va vakuumqoliplash (6-rasm).
6-rasm. Vakuumqoliplash sxemasi
a) negativ qolip; b)pozitov qolip; v) puanson bilan zagotovkani xomaki tortish; g) pnevmativ usulda zagotovkani xomaki tortish; I-III qoliplash pozitsiyalari; 1-zagotovka; 2-negativ qolip; 3-tayanch; 4-siquvchi rama; 5-puanson; 6-pozitiv qolip; 7-qoliplash kamerasi.
Shtamplash uslubida listlardan zagotovka qirqib olinadi, qizdiriladi, press-qolipning matritsa va puanson orasiga qo‘yiladi va 1 MPa bosimda siqiladi.
Ushbu usulda viniplast, tekstolit, organik shisha kabi listli materiallardan qurilish buyum va konstruksiyalari tayyorlanadi.
Pnevmoqoliplash usulida list matritsa konturi bo‘yicha mahkamlanadi va yumshaguncha qizdiriladi. Keyin zagotovka 7-8 MPa bosimda siqilgan qizdirilgan havo bilan list matritsa yuzasiga siqiladi. Pnevmoqoliplash usulida termoplastlar asosida idishlar, kimyoviy apparatura qismlari, halqasimon elementlar olinadi.
Vakuum-qoliplash usulida list ichi bo‘sh qolip konturi bo‘yicha mahkamlanadi va bo‘shliq ichidagi havo so‘rib olinadi. Bunda atmosfera bosimi ostida list qolip yuzasiga siqiladi va muayyan shaklga kiradi. Ushbu usulda polistirol, polimetilmetakrilatlar, vinilli polimerlar va boshqalar asosida sanitariya-texnika uskunalari qismlari quyiladi.
Ko‘pirtirish usuli yacheykali (g‘ovak) issiqlik izolyatsiyasi va tovush yutuvchi plastmassa buyumlari va germetiklar tayyorlanadi. Plastmassa tarkibida g‘ovaklik o‘zaro reaksiyaga kirishib gaz hosil qiluvchi komponentlar kiritish yoki qizdirilganda porofor singari parchalanib gaz hosil qilish natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘pirish ochiq va yopiq qoliplarda bosimsiz va bosim ostida bo‘lishi mumkin. Bu usulda termoplastik va termoreaktiv polimerlar asosida issiqlik izolyatsiyasi va konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi materiallari olish mumkin; penoplastlar, penopolistirollar, ko‘pirtirilgan karbamid va fenolformaldegid kompozitsiyalari shular jumlasidandir.
Surkash usulida plastik massa qorishma, dispersiya, eritma holatda qog‘oz, mato, noto‘qima mato, jun tolalari va shu kabilar yuzasiga surkaladi, tekislanadi va bezak hosil qilish uchun ishlov beriladi. Surkaladigan massa maxsus rakley-pichoq bilan tekislanadi. Odatda asos (material) harakatda bo‘ladi pichoq esa qo‘zg‘almas bo‘lib, surkaladigan massa qalinligi va zichligini boshqarish uchun qiyaligi va tirqich o‘lchamlari o‘zgartiriladi. Surkaladigan massa qizdirilgan va sovuq holda bo‘lishi mumkin. Bu usulda linoleumlar, pavinol, linkrust, bumoplastlar va boshqa o‘rama materiallar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |