Mavzu: Polimerlarni xalq xo’jaligida ishlatilishi. Reja


Polimerlarning olinishi va tuzilishi



Download 45,06 Kb.
bet11/12
Sana25.02.2022
Hajmi45,06 Kb.
#462577
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Polimerlarni xalq xo’jaligida ishlatilishi

Polimerlarning olinishi va tuzilishi
Sintetik polimerlar ikki usulda polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari orqali sintez qilinadi. Polimerlanish reaksiyasi –quyi molekulyar moddalar –monometrlarning o’zaro birikib YMB hosil qilish reaksiyadir. Polimerlanish molekulalararo birikish reaksiyasi bo’lib, bunda polimerdan boshqa qo’shimcha mahsulot hosil bo’lmaydi. Polimerlanish monometr tarkibidagi qo’shbog’ning uzulishi yoki halqaning ochilishi hisobiga yuqori temperatura, bosim, yorug’lik, katalizator ta’sirida sodir bo’ladi. Polimerlanish reaksiyasining mexanizmi monomerning tabiatiga qarab zanjirli va bosqichli bo’ladi. Bosqichli polimerlanish sekin, zanjirli esa unga nisbatan tez ketadi. Zanjirli polimerlanish o’z navbatida radikal va ionli mexanizmda boradi. Radikal polimerlanish faol markaz erkin radikallarning hosil bo’lishi bilan boshlanadi. Erkin radikallar initsiator deb ataladigan moddalar (peroksidlar, azobirikmalar), issiqlik, yorug’lik hamda katalizatorlar ishtirokida hosil bo’ladi. Erkin radikallar o’zida toq elektronli zarracha bo’lib, ular juda beqaror, kimyoviy faoldir. Ulat tezda monometr, masalan, etilen molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada etilendan toq elektronga ega bo’lgan yangi radikal hosil bo’ladi va shu tariqa polimer zanjiri o’sa borib makromolekulaga aylanadi: Ionli polimerlanishda faol markaz ion hosil bo’lish bilan boshlanadi va katalizator ishtirokida sodir bo’ladi. Shu sababli ionli polemerlanishni katalitik polimerlanish deb ham ataladi. Bu jarayonda uchrayotgan zanjir uchida kation yoki anion hosil bo’ladi. Ular o’zining musbat yoki manfiy zaryadlarini zanjir bo’ylab uzatishi orqali molekulaning o’sishiga imkoniyat yaratadi. Katalitik polimerlash zanjir uchida katalizatorning qanday ion hosil qilishiga qarab kationli va anionli bo’ladi. Kationli polimerlanish kuchli kislotalar yoki Lyuis kislotalari (BF3, AlCl3, TiCl4, SnCl4) ishtirokida boradi. Bunday polimerlanishni izobutilen misolida quyidagicha yozish mumkin.

Hosil bo’lgan makrokationga BF3OH anionini birikishi yoki makromolekuladan protonning (N+) ajralishi natijasida zanjir uzulishi sodir bo’ladi. Sopolimerlanish. Ikki yoki undan ortiq monometrlarning birgalikda polimerlanish reaksiyasi sopolimerlanish raksiyasi deb, hosil bo’lgan polimerga esa sopolimer deb ataladi. Bunday reaksiyalar natijasida o’ziga xos yangi sifatli polimerlarni sintez qilish mumkin. Ajoyib xossalarga ega butadiyen-stirol, butadiyen –nitril kauchuklar va sintetik tolalar olishda sopolimerlanish reaksiyasidan foydalaniladi. Polikondendensatlanish reaksiyalari. Ko’pchilik sintetik YMBlar polikondensatlanish reaksiyalari asosida hosil qilinadi. Bu reaksiyalarda asosiy mahsulot YMB hosil bo’lish bilan bir qatorda ikkilamchi mahsulot (suv, HCl, ammiak, spirt kabi)lar ajralib chiqadi. Shuning uchun ham polikondensatlanish reaksiyasi orqali olinadigan YMBlarning molekulyar massasi dastlabki olingan monomerlarning molekulyar massasining yig’indisidan kichik bo’ladi. Polimerlar makromolekulalarning tuzilishiga ko’ra chiziqsimon, tarmoqlangan va fazoviy tuzilishga ega polimerlarga bo’linadi. Chiziqli polimerlar makromolekulalarda har bir struktura birligi (A) faqat ikkita qo’shni birlik bilan bog’lanib, tarmoqlanmagan to’g’ri zanjirni hosil qiladi: tarmoqlangan polimerlarning asosiy zanjirida ba’zi bir struktura birliklar uchta qo’shni birlik bilan bog’lanib yon zanjir hosil qiladi: bunday polimerlarning termoplastikligi oshadi, mexanik mustahkamligi kamayadi. Yon tarmoqlar qancha uzun bo’lsa, polimer shuncha past temperaturada yumshaydi, yaxshi eriydi, yumshoq va elastik bo’ladi. Fazoviy tuzilishi polimerlarda uzun chiziqsimon makromolekulalarning zanjirlari bir-biri bilan ko’p kimyoviy bog’lar orqali bog’langan (“tikilgan”) bo’ladi Bunday polimerlar hech qanday erituvchida erimaydi, qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanmaydi, qattiq va mo’rt bo’ladi. Kauchukni vulkanlash orqali olinadigan rezina, fenol-formaldegid smolalar fazoviy tuzilishli polimerlarga misol bo’ladi. Nisbiy molekulyar massasi katta qiymatga ega bo’lgan, tarkibida takrorlanib keluvchi elementlar bo’laklardan iborat moddalar yuqori molekulyar birikmalar yoki polimerlar deyiladi. Polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar monomerlar deyiladi. Polimerning bitta makromolekulasidaga birikkan monomerlar soni polimerlanish darajasi deyiladi. Polimerlanish reaksiyasiga misol:


nCH2 = CH2 → (-CH2 – CH2-)n
etilen polietilen
bunda etilen-monomer, polietilen-polimer, -CH2-CH2-elementar (takrorlanuvchi) bo’lak.
Polimerlanish reaksiyasida olingan polimerning tarkibi monometr tarkibiga aynan o’xshaydi, bu reaksiyalar qo’shbog’, uchbog’I bo’lgan yoki siklik tuzilishli organic moddalarga xos.
Sintetik polimerlar tabiiylarga qaraganda ko’p tarqalgan. Shunga qaramay sanoatda va turmushda eng ko’p ishlatiladigan ommabop tabiiy polimer sellulozadir. Uning xosslari va makromolekulasi tuzilishining o’ziga xosligi ma’lum darajada qog’oz va ip gazlama xosslalarini belgilaydi. Selluloza turli kimyoviy reagentlar ta’sirida sun’iy tolalar va tutinsiz poroxga aylanishi mumkin.
Polimer materiallar uch asosiy gruppa: plastik massalar, kauchuklar va kimyoviy tolalarga bo’linadi.
Olinish usullariga qarab polimerlarni uchta turkumga bo’lish mumkin: tabiiy (masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, selluloza, tabiiy kauchuk), sintetik (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistrol va boshqalar) va sun’iy polimerlar (ular tabiiy polimerlarni kimyoviy modifikatsiya qilinib olinadi, masalan, selluloza efirlari).
Polimerlar fraksiyalarga ajratilganda polidispers holatda bo’ladi. Ular uchun o’rtacha molecular massa tushunchasidan foydalaniladi. O’rtacha molecular massa polimerlarning olinishiva molecular massasi aniqlash usullariga bog’liq. Polimerlarning kimyoviy xosslalari elementar halqaga bog’liq bo’lsa, ularning fizik-kimyoviy xossalari makromolekulalarning ma’lum bo’laklari yoki segmentlarining tabiatiga bog’liqdir. Makromolekulasidagi segmentlar erish yoki deformatsiya jarayonida kinetik mustaqil holda harakat qiladi. YMB ning makromolekulalari, asosan, uch xil ko’rinishda bo’ladi: chiziqsimon, tarmoqlangan va to’rsimon. Chiziqsimon polimerlar ancha pishiq, elastik uning past konsentrasiyali eritmasi yuqori qovushqoqlikka ega. Chunki ularda makromolekulalarning chiziqli orientatsiya darajasi yuqori. O’rtacha molekulyar massasi bir xil bo’lgan tarmoqlangan polimerlar chiziqsimon polimerlarga qaraganda ko’proq eriydi va eritmaning qovushqoqligi kamroq bo’ladi. Chunki bularda makromolekulalar zich joylashmagan bo’lib, o’zaro ta’sir kuchi kamroq. Torsimon makromolekulalar, umuman erimaydi va temperatura ko’tarilishi bilan suyuqlanmaydi, chunki ularda makromolekulalar o’zaro kimypviy bog’lar orqali bog’langan. Ularning xosslalari makromolekulalar o’rtasidagi ko’ndalang kimyoviy bog’larning tabiatiga va qanday joylashganligiga bog’liq. Bu bog’lar miqdorining ko’payishi bilan to’rsimon polimerning qattiqligi va issiqlikka chidamliligi ortadi, deformatsiya uchrash qobiliyati pasayadi. Bulardan tashqari, polimerlar temperatura, mexanik ta’sir etuvchi kuch va boshqalarga qarab uch holatda bo’lishi mumkin. Yuqori molekulyar birikmalarni sintez qilishda boshlang’ich modda sifatida past molekulyar massasiga ega bo’lgan tabiiy va sintetik birikmalar –monoolefinlar, diyenlar, asetilen va uning hosilalalri, ba’zi siklik moddalar, polifunksional birikmalardan foydalaniladi. Bunday boshlang’ich moddalar monomerlar deyiladi.
Monomerlar, asosan, neft, tabiiy va yo’ldosh gazlardan, toshko’mir va o’simliklardan, shuningdek, tarkibida pentozalar bo’lgan qishloq xo’jalik chiqindilaridan olinadi. Monomerlarning polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyasidan foydalanib polimerlar hosil qilinadi. Agar bu ikki reaksiyaning har birida polimer hosil qilish uchun bir xil monomer ishlatilsa, u holda reaksiya gomopolimerlanish yoki gomopolikondensatlanish reaksiya deyiladi. Hosil bo’lgan polimer gomopolimer deyiladi. Ikki va undan ko’p monomerlar ishtirokida boradigan polimerlanish reaksiyalarini sopolimerlarlanish yoki sopolikondensatlanish reaksiyasi deb atalib, hosil bo’lgan YMB sopolimer deyiladi. Yuqorida qayd etilgan jarayonlarni past haroratda olib borish, hosil
bo`layotgan polimer zanjirlarini tartib va tuzilishlarini boshqarish imkoniyatini
berishini nazarda tutib, etmishinchi yillarning oxirida, M.A.Asqarov,
I.I.Ismoilovlar rahbarligida muhim ilmiy yo`nalish vujudga keldi, ya'ni
polimerlanishni donor-akseptor inisirlash usuli ixtiro etildi. Yangi usulni
takomillashtirish borasida Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti
kimyogarlari - A.S.Rafiqov, R.I.Ismoilov va boshqalar yetakchi o`rinni egalladilar.
Ular polimerlanayotgan monomer va inisiator orasida kompleks birikma hosil
bo`lish mexanizmi, elektrodonor xususiyatli monomerdan, elektronoakseptor
xususiyatli inisiatorga elektronni ko`chirish va polimerlanish reaksiyasini past
haroratda boshlab, uni oxirigacha kuzatib borish qonuniyatlarini ochib berdilar.
Endi monomer va quyimolekulyar inisiatorlar orasidagina emas, turli tabiatlik
monomerlar orasida, katta ¢sib borayotgan polimer zanjiri va monomer asosida
xam kompleks donor-akseptor sistemasi b¢la olishi isbot ?ilingan edi.
Bunday ulkan vazifa M.A.Asqarov va I.I.Ismoilovlar va ular rahbarlik
qilayotgan ilmiy maktabi tomonidan tarkibida azot va kislorod saqlagan, sanoatda
ishlab chiqarish manbaiga ega bo`lgan monomerlarni past haroratda donorakseptor o`zaro ta'siri ostida polimerlanish reaksiyasini olib borish yo`li bilan hal
qilindi. Bunda tarkibida azot va kislorod saqlagan monomerlarni elektron tuzilishi
asos qilib olindi, chunki ularni tarkibida juftlashgan qo`sh elektron mavjudligi
ushbu monomerlarni donor-akseptor reaksiyasida donor vazifasida ishtirok etishiga
asos bo`ldi. Akseptor sifatida esa peroksid birikmalaridan foydalanildi, xususan
noorganik peroksid birikmasi sifatida- kaliy persulfatidan, organik peroksid
birikma sifatida esa- benzoil peroksididan foydalanildi.
Tajriba natijasida aniqlandiki, tarkibida azot va kislorod saqlagan
monomerlar peroksid inisiatorlar ishtirokida 15-250С haroratda, ya'ni inisatorni
termik parchalashidan istisno bo`lgan holda qutbli erituvchilar muhitida yuqori
bo`lmagan tezlikda va polimerlanish jarayoni sodir bo`lgunga qadar ma'lum
miqdorda induksiya davrini bosib o`tgandan so`ng polimerlanadi. Faol markazni
hosil bo`lishini asosiy sababi reaksiyaga kirishayotgan monomerni peroksid
inisiatori bilan o`zaro ta'siridir, haqiqatdan ham bunga sabab o`zaro ta'sir
etayotgan moddalarni elektron tuzilishini o`ziga xos xususiyatga ega bo`lishidir.
Sistemada molekulyar kompleks birikmasini hosil bo`lishini bevosita isboti
qo`shilgan moddalar aralashmasida jadal ravishda och binafsha rang hosil
bo`lishidir. Sistemada kompleks birkmani hosil bo`lishini isbotlash uchun ultra
binafsha - spektroskopiya usulidan foydalanildi, ya'ni bunda tarkibida azot va
kislorod saqlagan monomer va peroksid eritmalarini bir-biriga qo`shganda,
dastlabki moddalarni nur yutilish yo`lidan farqli, yuqori to`lqin uzunligiga ega
bo`lgan yangi nur yutilish yo`li tomon siljishini hosil bo`lishidir.
Moddalarni reaksiyaga kirishishi natijasida ularni qutblanish darajasini
o`zgarishi haqidagi ma'lumotni monomer bilan peroksid eritmalari aralashmalarini
vaqt davomida solishtirma elektr o`tkazuvchanlik qiymatini o`lchash natijasida
aniqladik. Natijalar shuni ko`rsatdiki, solishtirma elektr o`tkazuvchanlik egri
chiziqini maksimumdan o`tishi va aniq uchta bo`limdan iborat holni tashkil qilishi
kuzatildi. Tajriba natijasida olingan tasvirdan ko`rinib turibdiki, qisqa vaqtdagi
boshlang`ich holatda elektr o`tkazuvchanlikni qiymatini o`zgarmasligi- sistemada
kompleks birikmani hosil bo`lishini izoxlaydi, keskin ravishda elektr
o`tkazuvchanlik qiymatini ko`tarilishi esa- sistemada kompleks birikmani
parchalanishi natijasida ion harakatiga ega bo`lgan "addukt" ni hosil bo`lishi
to`g`risida dalolat beradi, ma'lum qisqa vaqtgacha esa elektr o`tkazuvchanlikni
o`zgarmay qolishi esa quyidagicha izohlanadi, ya'ni hosil bo`layotgan va yo`q
bo`layotgan ionlar sonini bir-biriga tenglashishi natijasidir, elektr o`tkazuvchanlikni pasayishi esa- sistemada polimerlanish jarayonini boshlanib ketganini, ya'ni makromolekula zanjirini hosil bo`layotganini ifodalaydi. Tarkibida geteroatomi (N, O, S yoki Cl) bor monomerlar o’ziningyuqori reaksiyaga kirish qobiliyati bilan amaliy ahamiyatga ega bir necha xil polimerlarni hosil qilish mumkin. Kompleks hosil qiluvchilar –initsiatorlar ishtirokida bu monomerlar odatda radikalli mexanizm bo’yicha polimerlanadi. Bunda hosil bo’lgan kompleksning parchakanishi, odatda, elektronning ko’chishi bilan boradi va radikallar bilan bir qatorda, kation radikallar ham hosil bo’ladi. Polimerlanish jarayoni, o’z navbatida, aktivlovchi energiyani kam talab qiladi va past temperaturada boradi. Polipropilen ko’pgina fizik-kimyoviy xossalari jihatidan polietilendan farq qiladi. Masalan, polipropilen amorflanish va yumlash harorati, mustahkamligi, dielektrik xossalari va kimyoviy barqarorligi jihatidan polietilendan afzalroq. Polipropilen 80 foizi sulfat kislitada, 50 foizi nitrat kislotada va konsentrlangan xlorid kislotada deyarli parchalanmaydi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki- "Polimerlar kimyosi" fanining maqsadi kimyo yo`nalishi bo`yicha universitetlarning bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarni, kimyogar- bakalavri bilishi lozim bo`lgan polimerlar kimyosi asoslari va uning muhim amaliy xususiyatlari bilan tanishtirishdan iborat. Umumiy kursni o`qishda asosiy e'tibor polimerlar makromolekulalarining katta o`lchami va zanjirsimon tuzilganligi sababli oddiy quyimolekulyar birikmalardan farqlanuvchi xossalarini tushuntirishga qaratilgan. "Polimerlar kimyosi" fanining umumiy nazariy kursi talabalar tomonidan laboratoriya ishlarini bajarish bilan olib boriladi. O`quv qo`llanmadagi laboratoriya ishlarini asosiy maqsadi talabalarning kursning umumiy nazariy qismida beriladigan polimerlarni sintezi, kimyoviy o`zgarishlari, fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari, tuzilishi kabi sohalarini chuqurroq anglash va o`zlashtirishga yordam berishdir. Shuni ta'kidlab o`tish lozimki, polimerlarning tuzilishi va xossalariga oid keltirilgan xususiyatlari noyobdir, bunday xususiyatlar quyi molekulali birimalarda bo`la olmaydi. Shuning uchun ham, polimerlar kimyosini alohida fan sifatida o`rganilishi va o`qitilishining sababi tushunarlidir. O`zbekistonda polimerlar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo manbalari mavjuddir, jumladan, neft va gaz, paxta linti, kaprolaktam, atsetilen, etilen, akrilamid, akrilonitril kabi monomerlar. Respublikamizda poliakrilonitril, poliakrilamid, polikaprolaktam, poliamid, karboksimetilsellyuloza, di- va triasetatsellyuloza, mikrokristallsellyuloza ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi, shuningdek Sho`rton gaz-kimyo majmuasida polietilen ishlab chiqarish va Namangan, Farg`ona, Yangiyo`l shaharlarida sellyuloza ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilgan. O`quv qo`llanmada keltirilgan nazariy materiallar va laboratoiya mashg`ulotlari universitetlarning kimyo yo`nalishi bo`yicha tayyorlanayotgan bakalavrlarni bilimdonligiga qo`yilgan talablar va mazkur dasturlarga mos www.ziyouz.com kutubxonasi 4 ravishda tuzilgan, shuningdek tavsiya etilayotgan "Polimerlar kimyosi" fanidan oquv qo`llanma kimyo-texnologiya institutlarida va boshqa mutaxassisliklarda tahsil olayotgan talabalar uchun qo`llanma sifatida xizmat qilishi mumkin. "Polimerlar kimyosi" fanidan o`quv qo`llanmaning I, II, III boblari prof. Sh.M.Mirkomilov, IV, V, VI boblari k.f.n. N.I.Bozorov, VII, VIII boblari prof. I.I.Ismoilov va laboratoriya ishlari prof. Sh.M.Mirkomilov, prof. I.I.Ismoilov va k.f.n. N.I.Bozorovlar tomonidan yozilgan.

Download 45,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish