Polimerlar jarrohlikda
Polimer materiallarning jarrohlikda ishlatilishi asbob-uskunalar qo’shimcha tibbiyot vositalari sifatida plastmassadan yasalgan bir marotaba ishlatiladigan tibbiyot anjomlari rezina, shpris, sun’iy nafas olish organlari bilan chegaralangan bo’lsa, hozirgi kunda polimer materiallaridan tayyorlangan davolash xususiyatiga ega bo’lgan vositalar, jarrohlikda qo’llaniladigan choklovchi materiallar, sun’iy a’zolar, turli protezlar, plastmassadan tayyorlanga jag’lar, tishlar, bo’g’imlar, qon tomirlari yurak qopqoqchalari, shunga o’xshash juda ko’p turli-tuman vositalar keng miqyosda qo’llanilmoqda. Polimerlarning ajoyib xossalaridan foydalanib tirik inson a’zosini sun’iy organlarga almashtirishda katta yutuqlarga erishildi. Polimerlarning noyob xossalaridan foydalanib, ayniqsa tibbiyotning jarrohlik sohasida inson uchun bog’lovchi vosita suyaklar yaratilishidan bemorlarning ikki marotaba operatsiya qilishga hojat qolmadi. Bog’lovchi elementlar bilan mustahkamlangan bukuluvchan parda bilan ikki organlarni operatsiya qilingandan so’ng jigarni, buyrakni va boshqa ichki a’zolar ustini o’rab qo’yilsa, ularni tez tuzalishiga yordam beradi. Bu parda esa 2-4 oyda teri va to’qimalarga so’rilib yo’q bo’lib ketadi va shu bilan birga operatsiyadan keyingi qiyinchiliklarni kamaytiradi. Tibbiyotning jarrohlik sohasidagi eng ko’p ishlatiladigani sun’iy a’zolar bo’lib, biz bularning bir necha xillarini yuqorida bayon qildik. Sun’iy yurak, sun’iy o’pka, va buyrak deganda o’quvchilar avvalo ichki ma’noni tushunishi kerak: organizmdan tashqarida ma’lum vaqtgacha ana shu a’zo vazifasini bajarib turuvchi apparat va to’la ma’noda bo’lgan protez. Sun’iy a’zolarni butunlay polimerlardan yasash ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Sun’iy jigar va buyrak, inson a’zolari ishdan chiqqan bo’lsa operatsiyadan oldin yoki keyin ularni funksiyasini to’liq bajarib turadi. Bunday murakkab sun’iy a’zolarni yaratishda AQSHda Atsetat selyulozasidan, Fransiyada AQSH bilan birgalikda poliakrilonitrildan, Yaponiyada polimetil akrilatdan etilen va vinilatsetatning sopolimeridan foydalanadilar. Yuqori molekulyar birikmalar (YMB) kelib chiqishi bo’yicha 3 ga bo’linadi: 1) tabiiy; 2) sintetik va 3) sun’iy.
Tabiiy YMBlarga o’simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota, lignin va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi. Shun’iy YMB tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadi. Masalan, viskoza va asetat tolalari –sellulozani qayta ishlash, rezina esa tabiiy kauchukni vulkanlash mahsulidir. Sintetik YMBlarga sintetik plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi.YMB ko’pincha polimerlar (grekcha “poli” –ko’p, “meros” –qism ma’nosiga ega) ham deb ataladi. Bir necha ming molekulalari o’zaro birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar monomerlar deyiladi. Masalan, quyidagi reaksiyada: Polimer molekulalari makromolekula ham deyiladi. Makromolekula ko’p marta takrorlanadigan atomlar gruppasi –CH2 – CH2 –struktura birikmalari deyiladi. Polimer molekulasidagin soni monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko’rsatadigan sob bo’lib, polimerlanish darajasi deyiladi. YMBlar tuzilishi va xossalari jihatidan juda turli-tumandir. Lekin shu bilan bir qatorda polimer moddalarning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. YMBlarning molekulyar massasi juda katta bo’lib, bir necha mingdan bir necha milliongacha bo’ladi. Odatda, YMBlar molekulyar massasi turlicha bo’lgan makro-molekulalarnig aralashmasidan tashkil topgan. Shu sababli, ham polimerlarning molekulyar massasi uning tarkibiga kirgan makromolekulya molekulyar massasining o’rtacha qiymatiga tengdir. YMB larning fizik va mexanikaviy xossalari ko’p jihatdan ularning molekulyar massasiga og’liq. Molekulyar massasining ortib borishi bilan quyi molekulyar moddalar uchun xarakterli bo’lgan diffuziya, uchuvchanlik, eritmalardagi xarakatchanlik singari xossalsr asta-sekin yo’qolib, makromolekulalarning o’ziga xos )bo’kish, yuqori qovushqoqlik, qizidirilganda haydalmasdan parchalanish kabi) xususiyatlari paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |