Mavzu: Plauntoifa


Selaginellanamolar qabilasi — Selaginellales



Download 1,46 Mb.
bet6/7
Sana10.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#769154
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi namuna umarova

Selaginellanamolar qabilasi — Selaginellales
Mazkur qabila bitta Selaginelladoshlar oilasi va bitta selaginella turkumiga mansub 700 ga yaqin turni oladi. Turkum turlari asosan tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. Ularning ayrim turlari Yevrosiyoning mo'tadil iqlimli tog'li hududlarida, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Turkum vakillarining ko'pchiligi yotib o'suvchi yoki lianalar bo'lib, 50 ga yaqin turlari tik o'sadi. Ayrim lianalar poyasining uzunligi 18—20 m ga yetadi. Biroq 5—10 sm uzunlikka ega bo'lgan tashqi ko'rinishi moxlarga o'xshash v akillari ham mavjud.
Poyasi tikka o'suvchi vakillarining barglari kichik, bir xil kattalikka va shaklga ega, poyasi spiral holda o'rnashgan. Poyasi yotib o'suvchi turlarining ustki barglari kichik, poyaning ostki qismida (yon tomonlarida)gi barglari yirikroq. Ildizi dixotomik shoxlangan, bevosita poya asosidan yoki rizoforalardan taraqqiy etadi. O'tkazuvchi bog'lamlari konsentrik tipda. Poyasidagi kambiy taraqqiy etmagan. Selaginellalar har xil sporali o'simliklarga kiradi. Spora boshoqlari shoxlarning uchida hosil bo'lib, ularda sporofillar (spora bargi) o'rnashgan. Sporofil tashqi ko'rinishidan vegetativ barglarga o'xshaydi. Sporangiylari buyraksimon yoki teskari tuxumsimon, qisqa bandlari yordamida sporofilda joylashgan.
Ko'pchilik turlarida makro- va mikrosporangiylar bitta boshoqda joylashadi. Mikrosporalar pishib yetilgandan so'ng ulardan anteridiyli gametoflt, makrosporadan esa arxegoniyli gametofit taraqqiy etadi. Arxegoniyli gametofitning ustki qismida bir nechta arxegoniy hosil bo'lib, uning bo'yin qismi orqali anteridiyli gametofitning anteridiysidan hosil bo'lgan spermatozoidlar suv yordamida suzib kiradi va uning qorincha qismidagi tuxum hujayrasini urug'lantiradi. Urug'langan tuxum hujayra ko'ndalangiga bo'linib, uning ostki hujayrasidan murtak taraqqiy etadi. Murtakda poyacha, bargcha, bandcha va rizoforalar hosil boiadi. Murtakdan qulay sharoitda yangi yosh selaginella o'sadi.
Polushniknamolar qabilasi — Isoetales
Bu qabilaga Polushniknamolar oilasi va bitta turkum mansub bo'lib, 70 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Ular ko'p yillik o't o'simliklar bo'lib, Markaziy Yevropada va Amerikada tarqalgan.
Polushniklarning poyasi piyozsimon, balandligi 8—25 sm. Pastki qismida ildizlar yuqori qismida esa barglar joylashgan. Eng tashqi barglarda megasporofil, undan so'ng mikrosporofil o'rnashgan, poyaning eng uchida vegetativ barglar joylashgan. Sporofllli barglari qishda nobud bo'ladi, vegetativ barglar esa tirik saqlanib qoladi. Ular yozda yana sporoiillarga aylanib, poyaning uchki qismida yangi vegetativ barglar taraqqiy etadi. Sporofilda qisqa bandchalar yordamida mikro- va makrosporangiylar joylashgan. Bularda ham mikrosporadan anteridiyli gametofit, makrosporadan arxcgoniyli gametofit o'sadi. Urug'Iangan tuxum hujayradan murtak taraqqiy etadi. U tuproqqa yopishib, ildiz otib yangi o'simlikka aylanadi.
Polushniklarning poyasi kambiy qavati hisobiga eniga yo'g'onlashadi. Kambiydan tashqarida po'stloq parenximasi, ichkari tomonga esa floema va ksilema elementlari taraqqiy etadi.

1 Plaunnamolar - Lycopodiales qabilasi.


Plaunnamolar - Lycopodiales qabilasi. Bu qabilaga kiruvchi o`simliklar ko`p yillik ut o`simliklar bo`lib, rizoforalari bo`lmaydi. Poyasi koʻpincha dixotomik shoxlangan. Barglari mayda, nashtarsimon yoki lansetsimon, bandsiz, poya va shoxlarda navbatlashib yoki toʻp boʻlib zich joylashgan. Spora boshoqchalari oʻzaqsan va zich joylashgan spora barglaridan iborat. 10 ga yaqin turi bor, asosan, Shim. yarim sharda uchraydi. Oʻzbekistonda oʻsmaydi. Bir yillik P. va toʻgʻnogʻichsimon P. turlari keng tarqalgan. Sporalar hosil qilib va vegetativ (ildiz, ildiz bachkilartuganaklar orqali) koʻpayadi. Sporasi 3—8 yilda unib chiqadi, gametofiti saprofit boʻlib, 12 yil davomida rivojlanadi. P. zaharli, quruq sporalari farmatsevtikada hab dorilar tayyorlashda va sanoatda metall quyishda ishlatiladi Barglari mayda, kipikaimn. Sporangiylari sporafillarning asosida joylashgan. Sporafillar esa strobilda yoki spora boshoqlarida joylashgan. Gametofitlari ikki jinsli seret, yer ostida joylashgan. Saprofit yoki yarim saprofit hayot kechiradi.


Qabilaning bizgacha faqat bitta plaundoshlar (Lycopodiaceae) oilasining vakillari yetib qolgan.
Plaundoshlar oilasiga 4 ta turkum kiradi: plaun (Lycopodium) turkumiga 200 dan ortiq tur kiradi. Ular tropik zonadan to tundragacha tarqalgan. Urta Osiyoda esa tog`lik regionlarda uchraydi. Poyasi tikka, ayrimlarida yotib o`sadi yoki epifit holatda uchraydi. Turkumning yer bag`irlab o`suvchi xarakterli vakillaridan biri chukmokli plaundir. U ko`p yillik ut o`simlik. Poyasi yotib o`sadi, doim yashil, ko`prok urmonlarda o`sadi. Poyasi va shoxchalari mayda, butun bargchalar bilan zich qoplangan.
Poyasini tashqi tomondan bir qavat epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida qalin birlamchi pustlok qavat joylashgan. Undan ichkarida endoderma va perisikl qavati mavjud. Poyaning markazida silindrik protostel joylashgan. Kselemasida traxeidlar, floemasida esa elaksimon naylar joylashgan.
Chukmokli plaun poyasi yerdamida vegetativ yo`l bilan ko`payadi. Ularda jinssiz ko`payish sporalar yerdamida boradi. Yozning urtalarida spora boshoqlari shoxlarning uchlarida xosil bo`ladi. Spora boshoqlarida sporofitlar zich o`rnashgan. Sporofillarda sporangiya va arxesporeal xujayralar joylashgan.
Sporalar yerga tukilgandan so`ng suv yerdamida tuproqning yoriklariga tushib va undan gametofit xosil bo`ladi. Gametofit 2 jinsli bo`lib unda anteridiy va arxegoniylar xosil bo`ladi. Anteridiylarda xosil bo`lgan 2 xivchinli spermotozoidlar suv yerdamida so`zib kelib, arxegoniyga tushib, tuxum xujayrani urug`lantiradi va natijada zigota xosil bo`ladi. Zigota xujayralarga bo`linishi natijasida murtak taraqqiy etadi. Murtakdan esa yangi yosh plaun o`sib chiqadi.
Plaunlarning ko`pchilik turlari zaxarli o`simliklardir. Ularni mol yemaydi. Ulardan medisina va veterinariyada hamda buyoklar olishda foydalaniladi.

2. Asteroksilonnamalar qabilasi – Asteroxylonales. 


Bular plaunlar orasida eng qadimgi va soddasi hisoblanadi. Asteroksilonlar dastlab riniyatoifalar bo`limiga taalluqli deb qarab kelingan. Ammo ularni mayda bigizsimon barglarini bo`lishi, poyaning ichki tuzilishi sifonostel tipdaligi, ildizga o`xshash o`simtalarni hosil bo`lishi Plaunsimonlarga yaqinligidan darak beradi. Ular bitta oila, ikkita turkumdan iborat. Har ikkala turkum ham bundan 400 mln. yil ilgari ko`rib yo`kolib ketgan. Faqat ularni qoldiqlari devon davrining o`rta qatlamlaridan SHotlandiya, FRG, Xitoy, Avstraliya va boshqa joylardan topilgan.
3. Protolepidodendronamolar qabilasi – Protolepidodendrales.
Bular ham qazilma holda uchraydigan o`simliklardir. Ularning qoldiklari devon va silur davrlaridan topilgan. Bu o`simliklarning bo`yi 25-40 smga etadigan o`tlar bo`lib, barglari poyada ketma-ket joylashgan. Barglari to`kilganda poyada izlar qoldirgan. 


  1. Likopodiumnamolar qabilasi – Lycopodiales. 

Bu qabila vakillari o`rmonlarda zax va soya joylarda uchraydi. Hozirgi vaqtda ular keng tarqalgan, tanasi to`liq qismlarga ajralgan, ko`p yillik o`t o`simliklardir. Sporalari bir xil, gametofiti tuganaksimon, er ostida yashaydi. Likopodiumlarni 400 ga yaqin turi bo`lib, ular ko`prok tropik mintaqalarda tarqalgan. O`rta Osiyoda uchramaydi. Ularning keng tarqalganlaridan biri likopodium klavatum (Lycopodium clavatum). U erda yotib o`sadi, uzunligi 1-3 m. ga etadi. YUqoriga qarab o`sgan shoxlarining bo`yi 30 sm. ga etib boradi. SHoxlari dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari bigizsimon tuzilishga ega. Poyaning ichki tuzilishi kslema, floema, peretsikl, entoderma va
Epidermadanib
Plaunlarning tanasi poya, barg va ildizga ajralgan. Poyasi dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari mayda bigizsimon bo`lib, poyada ketma-ket ba`zi hollarda qarama-qarshi, xalkasimon bo`lib joylashgan. Bularni hayotiy rivojlanish davrida sporofit nasl, gametofit naslga nisbatan ustunlik qiladi. Sporangiyalari poya uchida hosil bo`lgan barglarning barg qo`ltiqlarida yoki bargning pastki yuza tomonida hosil bo`ladi. Ularni spora hosil qiluvchi barglar yoki sporofillar deb ataladi. Sporalarini shakli teng yoki har-xil bo`ladi. Gametofitlari 20 mm gacha borib, tuproq yuzasida, tuproqqa botgan holda ba`zan tuproq ostida soprofit (zamburuglar bilan) hayot kechiradi. Gametofitning to`la rivojlanib, undan embrion hosil bo`lishi uchun 12-15 yil sarflanadi. Gametofitlari bir uyli ayrim jinsli yoki ikki uyli bir jinslidir. Jinsiy a`zolari anteridiy va arxegoniylar hisoblanadi. Anteriyda hosil bo`lgan spermatazoidlar ikki yoki ko`p xivchinli. Uning tuxum xujayra bilan qo`shilishidan yangi individ ya`ni sporofit shakllanadi. Bu bo`lim sporalarini tuzilishiga ko`ra 2-ta sinfga bo`linadi:
1. Plaunsimonlar sinfi - Lycopodiopsida
2. Polushniksimonlar sinfi – Isoetopsida
1. Plaunsimonlar sinfi. Bu sinfga mansub o`simliklarning hammasi o`tsimon bo`lib, ularni rivojlangan va keng tarqalgan davri Devonga to`g`ri keladi. Ularning qoldiqlari toshko`mir konlarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Sinfning o`ziga xos hususiyatlaridan biri, bu teng sporalilikdir. Gametofit ikki jinsli bo`lib tuproq ostida rivojlanadi. Sinf quyidagi qabilalarga bo`linadi :
1. Asteroksilonnamalar qabilasi – Asteroxylonales.
Bular plaunlar orasida eng qadimgi va soddasi hisoblanadi. Asteroksilonlar dastlab riniyatoifalar bo`limiga taalluqli deb qarab kelingan. Ammo ularni mayda bigizsimon barglarini bo`lishi, poyaning ichki tuzilishi sifonostel tipdaligi, ildizga o`xshash o`simtalarni hosil bo`lishi Plaunsimonlarga yaqinligidan darak beradi. Ular bitta oila, ikkita turkumdan iborat. Har ikkala turkum ham bundan 400 mln. yil ilgari ko`rib yo`kolib ketgan. Faqat ularni qoldiqlari devon davrining o`rta qatlamlaridan Shotlandiya, FRG, Xitoy, Avstraliya va boshqa joylardan topilgan.
2.Protolepidodendronamolar qabilasi – Protolepidodendrales.
Bular ham qazilma holda uchraydigan o`simliklardir. Ularning qoldiklari devon va silur davrlaridan topilgan. Bu o`simliklarning bo`yi 25-40 smga etadigan o`tlar bo`lib, barglari poyada ketma-ket joylashgan. Barglari to`kilganda poyada izlar qoldirgan.
3. Likopodiumnamolar qabilasi – Lycopodiales.
Bu qabila vakillari o`rmonlarda zax va soya joylarda uchraydi. Hozirgi vaqtda ular keng tarqalgan, tanasi to`liq qismlarga ajralgan, ko`p yillik o`t o`simliklardir. Sporalari bir xil, gametofiti tuganaksimon, er ostida yashaydi. Likopodiumlarni 400 ga yaqin turi bo`lib, ular ko`prok tropik mintaqalarda tarqalgan. O`rta Osiyoda uchramaydi. Ularning keng tarqalganlaridan biri likopodium klavatum (Lycopodium clavatum). U erda yotib o`sadi, uzunligi 1-3 m. ga etadi. Yuqoriga qarab o`sgan shoxlarining bo`yi 30 sm. ga etib boradi. Shoxlari dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari bigizsimon tuzilishga ega. Poyaning ichki tuzilishi kslema, floema, peretsikl, entoderma va epidermadan iborat.
2. Polushniksimonlar sinfi –Isoetopsida. Bu sinfga mansub o`simliklarning poyasi ikkilamchi yo`g`onlashish hususiyatiga ega bo`lgan daraxt va o`t o`simliklardir. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, har xil sporalar hosil qiladigan o`simliklar. Sinf 3 ta qabilaga bo`linadi:
1. Selaginellanamolar qabilasi- Selaginellales. Bu qabilani 700 ga yaqin turi mavjud. Ularning muhim belgisi har-xil sporalilik ya`ni mego va mikrosporalar hosil qiladi. Megasporangiyda 4 tagacha, mikrosporangida bir nechtagacha sporalar hosil bo`ladi. Etilgan sporalardan ayrim jinsli gametofit vujudga keladi. Selagnnelalar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan.
2. Polushniknamolar qabilasi- Isoetales.
Bu qabilaga qazilma holda uchrovchi va hozirda yashayotgan polushniklar kiradi. Qabilaning bitta oila va unga bitta turkum kiradi. Turkum ( Isoetes ) 70 ga yaqin turni o`z ichiga olib, ularning ko`pchiligi Shimoliy Amerikada tarqalgan. Vakil: Isoetes lacustris hisoblanadi. Bu o`simlik uncha chuqurmas suv xavzalarining tubida o`sadigan ko`p yillik o`simlik. Bularning ham sporalari har xil. Bo`yi 8-25 sm. Barglari qisqargan poyaga asosi bilan birikkan, asos qismi kengroq bo`lib, yuqoriga borgan sari torayib ingichkalashib begizsimon tuzilishiga ega bo`lgan. Sporangiyalari bargning asos qismini ichki tomonida joylashgan. Polushniklar Mezozoy erasida paydo bo`lgan bir muncha sodda tuzilgan o`simliklar hisoblanadi.
3. Lepidodendronnamolar qabilasi-Lepidodendrales. Bular faqat qazilma holda uchraydigan Devon davrida yashagan, bo`yi 30-40 m ga etadigan daraxt o`simliklardir. Tana va ildizlarida kambiyni bo`lishi, ularning yo`g`onlashiga olib kelgan. Tanasi to`g`ri bo`lib, dixotolik shoxlangan. Shoxlari mayda barglar bilan qoplangan. Bularga Lepidondron va Sigillariyalar misol bo`la oladi.
3. Kelib chiqishi: Plaunlar kelib chiqishi bo`yicha Riniyasimonlarga borib taqaladi. Ular Poliozoy erasidan boshlab taraqqiy etgan, mikrofiliya yo`nalishidagi (mayda bargli) o`simliklardir. Plaunlar evolyutsiyasi bo`yicha tupik hisoblanadi.
4. Ahamiyati: Plaunlar chorva mollari uchun ozuqa hususiyati unchalik emas, lekin ularning boshoqlaridagi etilgan sporalaridan yosh go`daklar uchun, presipkalar tayyorlanadi, metallurgiyada qoliplarni qumlash uchun ishltiladi .
Psilottoifalar bo`limi - Psilophyta
Bu bo`lim birgina Psilotsimonlar sinfidan tarkib topgan. Bular bizning davrgacha etib kelgan «Relikt» o`simliklar hisoblanadi. Sinf bitta oila, ikkita turkumdan iborat:
1.Tmezipteris – Tmesipteris tannenis
2. Psilotum - Psilotum triquetrum
Tmezipteris turkumini 10 ga yaqin turi ma`lum. Ular Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa joylarda tarqalgan. Bu o`simliklarni bo`yi 5–40 (100) sm. Ildizi rivojlanmagan, ildiz poyali epifit holda yashaydigan o`simlik, ya`ni boshqa o`simlik tanasida substrat sifatida foydalaniladi. Ildizpoyalaridan novdalar o`sib chiqib, ular daraxt tanasida osilib turadi. Novdalar oddiy ba`zan dixotomik tarzida shakllanadi. Barglari lantsetsimon tuzilishiga ega. Poyaning ustki qismlaridagi vegetativ barglar orasida sporofillar bor. Ular ikkiga ajralgan bo`lib, o`rtasida ikkita sporangiy hosil buladi. Har ikkala qo`shilib sinangiyni hosil qiladi. Sporalari bir xil. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, tuproq ostida rivojlanadi.
Psilotum 2 turdan iborat bo`lib, ular Er Sharining tropik va subtropik hududlarida tarqalgan. Bu o`simlik ham erda yoki daraxt tanasida epifit holda hayot kechiradi. Ildizpoyasidan dixototik shoxlangan er usti novdalari chiqadi. Ular mayda barglar bilan qoplangan. Novdalarda sporangiylar uchtadan bo`lib, joylashgan.
Ular o`zaro qo`shilib, sinangiylarni hosil qiladi. Gametofiti yuqoridagi o`simlikka o`xshaydi.
Lycopodium clavatum.
Plaunovye oilasi Lycopodiaceae.
Plaunlarning barcha xarakterli xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan vakili cho‘qmoqli plaun (Licopodium clavatum) hisoblanadi. Bu o‘simlik Rossiyada, xususan, uning o‘rmon zonasida keng tarqalgan. Cho‘qmoqli plaun dixatomik shoxlangan, yer bag‘irlab o‘sadigan o‘simlik bo‘lib, ayrim hollarda uning uzunligi 3 m ga qadar boradi. Poyasi bigizsimon barglar bilan qoplangan, uning gorizontal holda yer bag‘irlab o‘sadigan qismida ancha murakkab tuzilishli, shoxlangan ildizlari bor.
Poyasining ichki tuzilishi nisbatan murakkab, uning sirt tomonida og‘izchali epidermis joylashgan, epidermis ostida ich tomonidan endodermaga o‘xshash po‘st bo‘ladi. Endodermadan so‘ng peritsikl boshlanadi, markazda esa traxeidlardan iborat ksilema joylashgan bo‘lib, uni elaksimon naylar va parenxima hujayralaridan shakllangan floema o‘rab turadi. Barglari uzun, ensiz, poyada navbatlashib, qarama-qarshi va halqa shaklida joylashgan.
Poyaning uchida dixatomik shoxlangan cho‘qmoq shaklidagi boshoqlar bo‘ladi. Boshoqchaning markazidan o‘q o‘tadi. Boshoqcha o‘qiga qorin qismi kengaygan, qisqa bandli, o‘tkir uchli spora saqlovchi barglari o‘zining tub qismi bilan birlashgan. Spora barglarning markazida buyraksimon sporangiy joylashgan. Sporangiyning ichi juda ko‘plab bir xil kattalikdagi sporalar bilan to‘la bo‘ladi.
Pishib yetilgan sporangiy yorilib, sporalar qulay sharoitga tushishi bilan ulardan plaunning gametofit nasli — o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtaning ostki qismida rizoidlar, ustki qismida jinsiy organlar anteridiy va arxegoniy taraqqiy etadi. Odatda anteridiy o‘simtaning markazida, arxegoniy esa uning tashqi qismida joylashgan bo‘ladi. Cho‘qmoq plaunning gametofiti 15-20 yilga qadar umr ko‘radi. Jinsiy organlarning rivojlanishi va urug‘lanishi gametofit hayotining ikkinchi yarmida kuzatiladi. Urug‘lanishdan so‘ng vujudga kelgan zigotadan darhol sporofit murtagi shakllanadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng sporofit murtagidan cho‘qmoq plaunning sporofit nasli hosil bo‘ladi.
Xalq nomlari: likopodius( Rossiya), yadroli, dereza (Ukraina).
Tavsif. Ko'p yillik otsu doimiy yashil spora o'simlik, uzoq vaqt cho'zilib ketgan shingil-dallanma ildiz bilan. Barglar kichik, chiziqli-shiloiddir. Filiallarning yuqori qismida ikkita tik (vilkalar shaklida) spora-spikelet bor. Sporlar ochiq sariq kukunga ega. Avgust oyi oxirida pishib. 50 santimetrgacha bo'lgan balandlik (uzunlik).
Tarqatish. U Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkazda, Sibir va uzoq Sharqdagi Shimoliy va o'rta hududlarning o'rmon hududlarida joylashgan.
Yashash joyi. Ignabargli qarag'ay va qoraqarag'ali o'rmonlarda va soyali aralash o'rmonlarda o'sadi
Amaldagi qism. Sporlar va o'tlar.
Yig'ish vaqti. Munozara iyul — avgust oylarida, maydan kuzgacha bo'lgan o'tlarda yig'iladi.
Kimyoviy tarkibi. Sporlar yog'li yog ' (50% gacha), fitosterol, glitserin (3-8 %), shakar, oqsil va boshqa azotli moddalarni o'z ichiga oladi. O'tda likopodin, klavatin, klavatoksin va nikotin alkaloidlari mavjud. Havoda püskürtülmüş plauna sporu, olov bo'lsa, darhol yonib ketadi. O'simlik zaharli hisoblanadi.
Dastur. Plaun sportlari diuretik, xoleretik, gemostatik, yallig'lanishga qarshi va antikonvülzan ta'sirga ega.
Suv o't infuzion va suv infuzion sport buyrak tosh va siydik pufagi, turli sanchig'i, talvasa va nafas olish organlari kasalliklari bilan oshqozon-ichak trakti, jigar, qovuq kasalliklarida ishlatiladi.
Tashqi tomondan, turli xil teri kasalliklari uchun vannalar, yuvish va losonlar uchun ishlatiladigan sport turlari — qichiydigan toshmalar, shilimshiq toshlar, soat, qaynoq, xo'ppozlar — va kichik yaralar, ko'karishlar va teri lezyonlari bilan. Sporlar tayyorlash, shuningdek, kramplar bilan mahalliy hammom uchun ham ishlatiladi.
Ilmiy tibbiyotda plaun sportlari samarali qurituvchi, yallig'lanishga qarshi va adsorbsion vosita sifatida chaqaloq kukuni va kattalardagi bosim yaralarini changlash uchun ishlatiladi.
Plaunani zaharli o'simlik sifatida ichki ishlatish ehtiyot bo'lishni talab qiladi.
Qo'llash usuli:
1) 15 g o'tlar 2 l suvda qaynatiladi, 2 soat talab qiladi, drenaj qilinadi. Kuniga 1 osh qoshiq 3-4 marta oling.
2) 2 choy qoshig'i 4-6 soatda 2 stakan sovuq qaynatilgan suvda turib turibdi. Kuniga 1/4 stakan 3— 4 marta oling, yutib oling.
3) 1 osh qoshiq spora plauna 15 daqiqa (qoshiq bilan aralashtirib) 1 stakan suvda qaynatiladi, 1-2 soat talab qiladi, drenaj qilinadi. 1 osh qoshiqni kuniga 4 marta oling va yuvish uchun foydalaning.
4) 1 choy qoshiq sporalari 8 soatda 1da bir stakan sovuq qaynatilgan suvda turibdi. Kuniga bir marta 1 / 4 shisha 4ni oling, yutib oling.
Xulosa
Mazkur qabila bitta selaginelladoshlar (Selaginelaceae) oilasi va bitga selaginella (Selaginella) turkumiga mansub 700 ga yaqin to`rni o`z ichiga oladi. Turkum turlari asosan tropik va subtropik zonalarida tarqalgan. Ularning ayrim turlari Yevraziyaning mu`tadil iqlimli tog`lik xududlarida, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Turkum vakillarining ko`pchiligi yotib o`suvchi yoki lianalar bo`lib, 50 yaqin turlari tik o`sadi. Ayrim lianalar poyasining uzunligi 18-20 m ga yetadi. Poyasi tikka o`suvchi vakillarining barglari kichchik, bir xil kattalikka va shaklga ega, poyada spiral holda o`rnashgan. Poyasi yotib o`suvchi turlarining ustki barglari kichchik, poyaning ostki qismida (yon tomonlarida) gi barglari yirikrok. Ildizi dixotomik shoxlangan. Selaginellar har xil sporali o`simliklarga kiradi. Spora boshoqlari shoxlarining uchila xosil bo`lib, ularda sporafillar (spora bargi) o`rnashgan. Sporangiyalari buyraksimon yoki teskari tuxumsimon, qisqa bandlari yordamida sporafillda joylashgan.
Ko`pchilik turlarida makro va mikro sporangiyalar bitta boshoqda joylashadi. Mikrosporalar yetilgandan so`ng ulardan erkaklik gametofit, makrosporadan esa urg`ochi gametofit taraqqiy etadi. Urg`ochi gametofitning ustki qismida bir nechta arxegoniy xosil bo`lib, spermatozoidlar unga suv yordamida so`zib kiradi va uning korincha qismidagi tuxum xujayrani urug`lantiradi. Urug`langan tuxum xujayradan murtak taraqqiy etadi. Murtakda poyacha, bargcha,bandcha va rizoforalar xosil buyardi. Murtakdan qo`lay sharoitda yangi yosh sellaginella xosil bo`ladi.
Bu qabilaga bitga polushnikdoshlar (Isoetaceae) oilasi va bitta turkum (Isoetes) mansub bo`lib, ular 70 ga yaqin to`rni o`z ichiga oladi. Ularga ko`p yillik ut o`simliklar kiradi. qabila turlari Markaziy Yevropada va Amerikada tarqalgan.
Polushniklarning poyasi piyozsimon, balandligi 8-25 sm. Pastki qismida ildizlari yuqori qismida esa barglari joylashgan. Eng tashqi barglarida megosporofill, undan so`ng mikrosporofill o`rnashgan. Poyaning eng uchida vegetativ barglar joylashgan. Sporafilli barglari kishda kuriydi, vegetativ barglari esa saqlanib keladi.
Ular yezda yana sporofillarga aylanib, poyaning uchki qismida yana yangi vetativ barglar taraqqiy etadi. Sporofillda qisqa bandchalar yordamida mikro va makro sperangiyalar joylashgan. Bo`larda ham mikrosporadan erkaklik gametofit,makrosporadan urg`ochi gametofit taraqqiy etadi. Urug`langan tuxum xujayradan murtak taraqqiy etadi. U tuproqka yopishib ildiz otib yangi o`simlikka aylanadi.
Polushniklarning poyasi kambiy qavati xisobiga yoniga yug`onlashadi. Kambiydan tashqarida pustlok parenximasi, ichkari tomonga esa floema va ksilema elementlari taraqqiy etadi.
Mazkur bo`limga 12 taga yaqin tur kiradi. Ular bo`limning nomi bilan ataluvchi bitta sinf, bitta qabila, bitta oila va 2 ta turkum psilot (Psilota) hamda tmezipterisdan (Tmesipteris) iborat.
Psilot turkumiga 2 ta tur kiradi. Ular tropik va subtropik iqlimga ega bo`lgan xududlarda - Janubiy Ispaniya, Janubiy Koreya, Janubiy Yaponiya, Gavaya orollarida, Janubiy Amerikada, Bermud orollarida va yangi Zelandiyagacha tarqalib borgan. Tmezipteris turkumining vakillari (10 ta ) esa Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Zelandiyadan Fillipin orollarigacha tarqalgan, qisman Xindistonda ham uchraydi. Ular epifit holda ba`zan tosh yoriklarida hamda chirindiga boy tuproqlarda o`sadi.
Bo`limning vakillari juda sodda to`zilishga ega bo`lgan yuksak o`simliklarning eng qadimgi turlaridandir. Ular deyarli amaliy ahamiyatga ega emas. Faqat oddiy psilot turi Yaponiyada manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi. Birok ular o`simliklarning evolyusion taraqqiyotini urganishda ilmiy ahamiyatiga ega. Psilotsimonlar turlarida ham haqikiy ildiz bo`lmaydi. Ularning yer osti organi ildiz poyasiga uxshash dixotomik shoxlangan rizomoidlardan iborat. Ular juda ko`p rizoidlar bilan qoplangan. Bu jihatdan ular riniyafitlarga uxshash. Oddiy psilota to`rining ayrim rizoidlari uchida ajraluvchi ko`rtaklar xosil bo`lib, ulardan yangi rizoidlar o`sib chiqadi. Psilotsimonlarning rizomoidlaridan dixotomik shoxlangan yer usti organlari o`sadi.
Psilotlarning poyasi 10-100 sm, tmezipterslarda esa 5-25 sm (ba`zan 40 sm) gacha uzunlikda bo`ladi. Ayrimlarida poya tikka o`sadi yoki pastga qarab osilgan epifit poyali bo`ladi. Bo`lim vakillari ko`pincha daraxtsimon qirqqo`loqlarning poyasida epifit holda uchraydi.
Psilotlarning barglari kichchik tangachalar shaklida. Ularda barg tomirlari bo`lmaydi. Assimilyasiya vazifasini poyasi bajaradi. Tmezipterisning barglari kengrok, nashtarsimon, tukimalari yaxshirok rivojlangan. Bunday tipdagi barglarning xosil bulishini plaunlarda va qadimgi psilofitlarda kuzatish mumkin. Ayrisimon shoxlangan sporofitlarining uchida sinangiylar (sporangiyalarning qo`shilib o`sishiga sinangiy deyiladi) xosil bo`ladi.
Sporalari bir xil kattalikka ega. Sporalardan chuvalchangsimon shakldagi gametofit o`sadi. Psilotlarda 1,8-3 sm uzunlikdagi dixotomik shoxlar bo`ladi. Gametofitida rizoidlari bor, ular yer ostida joylashgan, xlorofilsiz, saprofit oziklanadi. Yosh gametofitlari tashqi ko`rinishi jihatidan sporafitga uxshaydi, 2 jinsli. Anteridiysi sharsimon shaklga ega, unda spiral bo`ralgan bir kancha ko`p xivchinli spermatazoidlar xosil bo`ladi. Ular gametofitdagi arxegoniyning tuxum xujayrasini otalantirgandan keyin murtak xosil bo`ladi. Keyinchalik murtakdan dixotomik shoxlangan yosh sporofit o`sadi. Yer osti qismidan esa rizonoidlar taraqqiy etadi. Psilotasimonlarning qazilma vakillari topilmagan. Psilota - ularga riniyafitlardan kelib chiqkan deb karaladi. Psilotlarda sporangiylar yon shoxchalarda, riniofitlarda esa shoxchalarning uchida xosil bo`ladi.

Adabiyotlar:






  1. Download 1,46 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish